O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Demokrit (mil. avv. 460-370 y) o’z ta’limotida tarbiyada bola tabiatini hisobga 
olish tamoyilini asoslab bergan. Bundan tashqari uning fikricha, bola tarbiyasini 
yoshligidan boshlamoq kerak. 
Aflotun (mil. avv. 423-347 y) ilk marotaba davlat va tarbiyaning o’zaro munosabati 
g’oyasini ilgari surgan. Uningcha tarbiya davlatning eng muhim vazifasi bo’lgan.
Arastu (mil.avv. 384-322 y) faylasuf, qomusiy olim. U antik duyoda tarbiyaning 
eng to’liq nazariyasini ishlab chiqqan. Aflotundan farqli o’laroq u inson tarbiyasida 
asosiy urg’uni davlatga to’liq bo’ysundirishga emas, balki insonning o’zini manfaatlariga 
qaratadi. SHaxsning jamoat bilan uyg’un rivojlanishi to’g’risidagi g’oya ham unga 
tegishlidir. 
Mark Fabiy Kvintilian (mil. avv. 42-118 y) notiqlik san’atining qadimgi yunon 
nazariyotchisi, pedagog. Ilk pedagogik asar bo’lmish “Notiqning tarbiyasi haqida” unga
tegishli bo’lib, unda tarbiyaning muhim g’oyalari, ta’lim metodikasi bayon 
etilgan.Kvintilianning asosiy g’oyalari –o’z “men”nini saqlab qolish, “o’z ustidan” 
hukmronlikka erishish kabilarni tashkil etadi. 
Feodalizm davri tarbiyasining o’ziga xos xususiyatlari asketizm, dunyo dinlari 
qoidalariga qattiq amal qilish bo’lgan. O’sha davrning (VI-XII asrlar) ijtimoiy-pedagogik 
g’oyasini yaratuvchilari o’sib kelayotgan avlodga singdirmoqchi bo’lgan axloqiy 
qadriyatlar orasida hamdardlik, yaqinlarga yordam, xususan kasallar va nochorlarga 
yordam kabilar paydo bo’ldi. 
XV-XVI asrda avval Italiyada, so’ngra yevropaning boshqa davlatlarida 
kapitalistik munosabatlar rivojlana boshladi. Paydo bo’layotgan yangi toifa vakillariga, 
aksariyat ziyolilarga asketizmning tamoyillari begona edi. YAngi burjua madaniyati 


146 
shakllana boshlaydi va uni xarakterlashtirish uchun odatda insoniylashtirish va qayta 
tiklash tushunchalar qo’llanilgan. Gumanizm (insoniylik) tushunchasi yangi madaniyat 
markazida ilohiylik emas, inson turishi guvohlik berardi. Uning o’zi ham qalban, ham 
jisman go’zal bo’lishi lozim. Faqatgina inson ongi, kuchi, muvaffaqiyatiga ishonchi, 
faolligi, irodasi tufayli barcha qadriyatlar va o’z baxtining yaratuvchisiga aylana oladi.
Asketizm(yunoncha)- tuyg’u va istaklarnicheklash yokibostirish, azob tortish, hayot 
ne’matlaridan voz kechish. Bu yerda gap uning shaxsiy hislatlari, shaxsiyati, 
mashhurligida emasligi hisobga olingan.. SHu bilan birga gumanistlar cherkovga qarshi 
ochiq qarshi chiqmaganlar. Ular xudoni, olamni harakatga keltirgan va o’shandan beri 
unga aralashmagan yaratuvchi deb bilishgan. 
XIV-XVI asrlar gumanistlarining aksariyati yoki o’zlari pedagog bo’lishgan yoki 
pedagogik nazariyaga murojaat qilishgan. Gumanizm g’oyasi pedagogikada xuddi ana 
shu davrlardan boshlab o’rnasha boshlagan. 
Asl tarbiya o’z mohiyatiga ko’ra doim go’zallik haqida, uning kelajagi haqidagi 
g’amxo’rlikni bildirgan. Uyg’onish davrida ijtimoiy gumanizm g’oyalarini amalga 
oshirila boshlanishi mashhur italiyalik pedagog-gumanist Vittorino de Genotre (1378-
1446) tomonidan ilk marta “Quvonch uyi” nomli internat maktabning yaratilishi bilan 
bog’liq. SHuni ta’kidlash joizki, ta’riflanayotgan davrda din, pedagogika va ijtimoiy-
pedagogika bir-biriga uzviy ravishda rivojlangan. 
Diniy qarashlarda asosiy e’tibor umuminsoniy qadriyatlarga qaratilgan. Diniy 
rivoyatlarda, muqaddas kitoblarda oyatlarda axloqiy o’gitlar, insonlararo munosabatla, 
qavm-qarindoshlarga,, bolalarga g’amxo’rlik haqida ko’p gapirilgan. Bu asosda ko’pgina 
avlodlar tarbiya topishgan va bu borada yevropada cherkov uzoq vaqt mobaynida 
“nogiron bolalar” rahnamosi bo’lgan. Unga nafaqat ruhiy yordam so’rab, balki tibbiy, 
moddiy yordam so’rab, adolatsizlikdan himoya so’rab murojaat qilishgan. Butun 
dunyoda diniy tashkilotlarning boy ana’nalari mavjud. Masalan, yevropada antik 
davrlardan buyon ota-onasiz qolgan bolalarni ibodatxonalar eshigi oldiga qo’yib 
ketishgan. Manbalarga ko’ra ota-onasiz qolgan bolalar uchun ilk tarbiya uylari IV asrda 
Kesariya (Kichik Osiyo) shahrida yepiskop Vasiliy Kesariyning tashabbusi bilan paydo 
bo’lgan. 787 yilda bunday muassasa Milandagi soborda ham paydo bo’lgan. Uzoq vaqt u 
yevropada yagona bo’lib tashkilot qolaverdi va faqat XIV asrga kelib tarbiya uylari soni 
30 tagacha ko’paydi. Qizig’i, endi unda faqat tarbiya bilan shug’ullanishmagan, ularda 
amaliy ishlar ham olib borilgan: onalarga yordam berilgan, bolalarni oilalarga berishgan, 
ularning tarbiyasini nazorat qilishgan. Keyinchalik ham bolalar uylari ruhoniylar 
tomonidan boshqarilgan. Parijda 1640 yil ruhoniy Vinsentom Depolen tomonidan asos 
solingan tarbiya uyi juda mashhur bo’lgan. U uyni qirol Lyudovik XIV tomonidan 
moliyalashtirishga erishgan. Mehribonlik bilan shug’ullanuvchi organlar- yirik cherkov 
tashkilotlari ham tuzila boshlagan.
Ijtimoiy pedagogika rivojining ikkinchi davri- XVII-XIX asrlar- ijtimoiy-
pedagogika eng ilg’or g’oyalar va ilmiy konsepslar bilan boyitilgan davr bo’ldi desak, 
xato bo’lmaydi. 
XVIII-XIX asrlar (burjua-demokratik inqiloblar davri) olimlarining (pedagog, 
faylasuf, sotsiolog, psixologlar) davlat va jamoat institutlari bilan biri ijtimoiy-pedagogik 
muammolarni hal qilish g’oyalarining paydo bo’lishi davridir. Tarbiya masalalari jamiyat 
islohotlari, inson huquqlari tengligi bilan bog’lana boshlandi. Aynan shu davrda ijtimoiy-
pedagogikaning asosiy yo’nalishlarining aniq faoliyatda amalga oshishi sodir bo’ladi.
Ijtimoiy pedagogik g’oyalarning rivojlanishiga fransuz faylasufi, yozuvchi, 
ma’rifatparvar J.J.Russo (1712-1778 y) ulkan hissa qo’shgan. U tabiiy huquq, din va 


147 
tabiiy rivojlanish asosiga qurilgan tabiatan shakllangan tarbiya g’oyalarini ilgari suradi. 
Rus qomusiy olimi va pedagog M.V.Lomonosov (1711-1765 y) o’z “reglamentlari”da 
tarbiyaning xalqparvar g’oyalarini, insonga faol shaxsga bo’lganidek yondashuvni, bolani 
axloqiy sifatlarini shakllantirish muhimligini bayon etgan. 
YAngi ijtimoiy pedagogik g’oyalar fransuz faylasufi va ma’rifatparvari Klod 

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling