O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Bolaning rivojlanishi haqida umumiy tushuncha


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Bolaning rivojlanishi haqida umumiy tushuncha 
Insonning rivojlanishi juda murakkab va qarama-qarshiliklardan iborat jarayondir. 
Bola o`z rivojlanishi jarayonida turli xil faoliyat (o`yin, o`qish, sport turlariga qamda 
muloqatga kirishadi. Bu esa ularning ijtimoiy tajribalarining oshishiga yordam beradi. 
Bolaning dunyoga kelishidan tortib uning butun umri jarayonida yuqoridagi faktorlar 
(faoliyat va muloqat) bir-birini to`ldirib bola shaxsining rivojlanishini ta'minlaydi. Bola 
rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi-bu qarama qarshilikdir. U tashqi va ichki 
ta'sirlar orqali amalga oshiriladi. Tashqi ta'sirlarga insonni shakllantirishga qaratilgan 
maxsus faoliyat kirsa, ichki ta'sirlarga biologik va irsiy faktorlar kiradi. 
Shaxs deganda ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o`z xususiyatlari va sifatlari bilan 
boshqalardan farq qiluvchi muayyan jamiyatning a'zosi tushuniladi. Odamning ijtimoiy 
mavjudod sifatida shaxs nomini olishi uchun unga ijtimoiy-iqtisodiy hayot va tarbiya 
kerak.
Shuning uchun pedagogika fani bolaning shaxs sifatida rivojlanishi va unga ta'sir 
etuvchi omillarni ham o`rganadi. 
Inson hayoti davomida o`zgarib, shakllanib, rivojlanib boradi. Bolalik, o`smirlik 
va o`spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo`ladi. Rivojlanish deb bola 
vaznining oshishi , suyak va muskul tizimining, tanosil a'zolarining, nerv-funktsional 
faoliyatining kamol topishi, aql zakovatining shakllanishiga aytiladi.
Shaxs rivojlanishi va kamolga yetishi murakkab va ziddiyatli jarayon bqlib, 
bunda nasl-irsiyat (biologik omil), ijtimoiy muhit ham, maqsadga muvofiq amalga 
oshiriladigan ta'lim-tarbiya va nihoyat o`zining mustaqil faoliyati ham muhim 
ahamiyatga ega.
“Ijtimoiylashuv” so’zi dastlab siyosiy-iqtisodiyotdan kelib chiqqan. U siyosiy-
iqtisodiyotda yer, ishlab chiqarish vositalarining umumiylashuvi ma’nosini anglatgan. 
“Ijtimoiylashuv” atamasining muammoli deb bu atamani “Ijt__ nazariyasi” (1987) 
kitobida hozirgiga yaqin ma’noda qo’llagan amerikalik sotsiolog F.G.Keddings 
hisoblanadi. Uning zamonaviy ma’nosi-“ ijtimoiy tabiat yoki individ xarakterini 
rivojlantirish, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlashdir. 
XX asr o’rtalarida ijtimoiylashuv inson rivojlanishini uning butun umri mobaynida 
o’rganuvchi mustaqil ilmiy sohaga aylandi. Ijtimoiylashuvning turli konsepsiyalarining 
tahlili uni shartli raivshda ikki asosiy yondoshuvga ajratish imkonini beradi: 
-sub’ektiv-ob’ektiv. Unda insonga jamiyat ta’sirining passiv iste’molchisi sifatida 
qaraladi (E.Dyurkgeym, T.Parsons) 
-sub’ektiv-sub’ektiv. Bunda ijtimoiylashuv jarayonida insonning faol o’rni, uning 
hayotiy holatlarga ta’sir etish qobiliyati nazarda tutiladi. 
Jamiyat va ijtimoiy moslashuv jarayonlarini tushunishning hozirgi talablariga 
ikkinchi yondashuv ko’proq mos tushadi, chunki zamonaviy fanda ijtimoiylashuv 
insonning madaniyatni o’zlashtirish jarayonidagi rivojlanish va o’zgarishi bilan 
aniqlanadi. 

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling