O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

3. Bevosita ijtimoiy ish-kuzatuv, g’amxo’rlik, maslahat berish, bola huquqlarini 
himoya qilishga yordam berish, murakkab vaziyatlarning tahlili. 
Ish shakllari: 
1. Tarbiyalanuvchisi uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish; 
2. Bola ijtimoiylashuvi dinamikasini kuzatuv xaritasi orqali kuzatish. 
Vositalar-predmetlar, hodisalar, jarayonlar. 
Bolalar uyi sharoitlarida ijtimoiy adaptatsiya quyidagilarda namoyon bo’ladi: 
-jamoa hayoti normalarini ongli ravishda qabul qilish va bajarish, 
-xulq-atvorini o’zi nazorat qilish, salbiy hodisalarga qarshilik ko’rsatish, 
-pedagogik ta’sirlarga adekvant munosabatda bo’lish. 
ijtimoiy pedagog faoliyatining bu umumiy qoidalari bolalar uyi turi, bolalarning 
yoshi, ularning tabiiy-ijtimoiypsixologik-pedagogik muammolariga qarab konkretlashadi. 
Psixologlar bilan birgalikda ijtimoiy pedagog bitiruvchilarning o’z-o’zini belgilab 
olishlari (kasb-hunar to’g’risida suhbatlar, korxonalarga ekskursiyalar, professional 
ta’lim olish to’g’risida suhbatlar), insonning jamiyatdagi turli ijtimoiy rollarini 
o’zlashtirishlari (vatanparvar, oila a’zosi, jamiyat a’zosi, iste’molchi, professional va 
boshqa), oila funksiyalari va tuzilishi bilan tanishishlari, adaptiv mexanizmlarning 
shakllanishi muammolari bilan shug’ullanishadi. Bolalar uyidagi murakkab tarbiyaviy 
jarayon tarbiyachilardan nafaqat bugungi vazifalarni, balki ham bolaning ham jamoaning 
rivojlanish tendensiyalarini o’zlashtirishni talab qiladi. 
 ijtimoiy pedagogning internatdagi faoliyatining asosiy funksional vazifalari: 


245 
1. Tarbiyalanuvchilarga nisbatan insoniylik munosabatlarini shakllantirish, pedagogik 
jarayonda bolalarning huquqlari, manfaatlari, sog’liqlarini himoya qilish va saqlash; 
2. Bola shaxsining xavfsizligini ta’minlash va psixologik qulay sharoit yaratish; 
3. Tarbiyalanuvchilarning shaxsiy xususiyatlari, ularning hayotiy faoliyatlari, 
sharoitlarini o’rganish; 
4. Bolalar va o’smirlarning qiziqish va ehtiyojlari, muammo va qiyinchiliklari, ularning
ijtimoiy xulq-atvori va ijtimoiy adaptatsiyalarida chetga chiqishlarni aniqlash: 
5. Ijtimoiylashuv jarayonida tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy pedagogik reabilitatsiyasini 
o’tkazish; 
6. Tarbiyalanuvchilar uchun ijtimoiy qadrli faoliyat turlarini tashkil qilish va tartibga 
solish; 
7. ijtimoiy va pedagogik qarovsiz tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy pedagogik 
reabilitatsiyasini o’tkazish; 
8. Tarbiyalanuvchi va muassasa, oila a’zolari, ijtimoiy institutlar o’rtasida vositachi 
bo’lish; 
9. Tarbiyalanuvchilarga yordam ko’rsatishda pedagoglar, psixologlar, vasiylar, ota-onalar 
bilan hamkorlik qilish; 
10. ijtimoiy xizmatlar xodimlari bilan birgalikda bitiruvchilarni ishga joylashtirish, 
ularni yashash joyi, imtiyozlar, nafaqalar bilan ta’minlash yuzasidan hamkorlik qilish. 
ijtimoiy pedagog faoliyatining vazifalari: 
1. Tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy qarovsiz ahvolga tushishlari sabablarini tahlil qilish; 
2. Bolalar va o’smirlarga ko’nika olishlari uchun ijtimoiy pedagogik yordam ko’rsatish; 
3. Barcha tarbiyalanuvchilarni ularga qiziqishlarini ijtimoiy foydali faoliyatga jalb qilish; 
4. Tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy maqomini tiklashi uchun pedagogik kollektiv 
xarakterlarini tartibga solish; 
5. Turli soyial institutlar vakillari bilan o’zaro munosabatga kirishganda bolalar 
huquqlarini himoya qilish. 
ijtimoiy pedagog faoliyatining mazmuni. 
1. Tarbiyachilarning tavakkal guruhini aniqlash; 
2. Bolalarning ruhiy-tibbiy-pedagogik xususiyatlarini o’rganish; 
3. Olingan natijalarni tahlil qilish. Bola rivojlanishi dinamikasini kuzatish; 
4. Ijtimoiylashuv bilan bog’liq muammolarni yechish uchun individual-korreksion 
dasturlarni ishlab chiqish; 
5. Nazorat tashxisi o’tkazish; 
6. Deviant bolalar va o’smirlar bilan ishlash; 
7. Nogiron bolalar bilan ishlash; 
8. Oilada bolaga konsultatsion yordam ko’rsatish; 
9. Bolalar huquqlarini himoya qilish. 
ijtimoiy pedagogning bolalarning ijtimoiy adaptatsiyasi 

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling