O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


SHaxsning alkogollashuvi-aroqxo’rga aylanishi


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

SHaxsning alkogollashuvi-aroqxo’rga aylanishi. 
ijtimoiy pedagogikaning ichimlik iste’mol qilishga mayli bor bolalar bilan faoliyat olib 
borishning asosiy yo’nalishlari: 
1. Adaptatsion-bolaning shaxsiy ijobiy xislatlar rivojlantirish orqali bolaning adaptativ 
xususiyatlarini to’g’irlash. 
2. Oilaviy- ota-onalarning ______________________ 
3. Profilaktik-bolalarda spirtli ichimlik iste’mol qilishga salbiy munosabat shakllantirish. 
4. Vositachilik-bola va jamiyat o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solish.
5. Reabilitatsion-alkogol tobe holatidagi bolani ijtimoiy reabilitatsiya qilish. 
O’z faoliyatida ijtimoiypedagog quyidagi vazifalarni amalga oshiradi. 
ijtimoiy pedagog faoliyatining birinchi vazifasi tashhiz qo’yish bo’lib, bolaning spirtli 
ichimlik ichishga ruju qo’yishini oldini olishga qaratilgan. Bu vazifa spirtli ichimlik 
iste’mol qilishga mayli bor bola haqida axborot to’plash, uning real shaxsiy 
xususiyatlarini o’rganish, bola oilasi to’g’risida ma’lumotlar to’plash, bolaga salbiy ta’sir 
ko’rsatayotgan manbalarni o’rganish, ichkilikbozlikning yetakchilarini aniqlash, bolani 
alkogollashuvga undayotgan salbiy omillarni o’rganish, bolaga mikromuhit ta’sirini 
o’rganish orqali amalga oshiriladi. 
Ikkinchi vazifasi-bashorat qilish. Uning mohiyati shuki, qo’yilgan tashhiz asosida 
ichkilikbozlikka mayli bor bola bilan ish olib borishning aniq ijtimoiy pedagogik dasturi 
ishlab chiqiladi. Bu dastur bosqichma-bosqich amalga oshib, ijtimoiy adaptatsiya
korreksiya yoki reabilitatsiyani keltirib chiqaradi. 
Uchinchi vazifasi ta’lim-tarbiya bo’lib, bolada uning ijtimoiy pedagogik 
reabilitatsiyasi davomida shakllanishi lozim bo’lgan xislatlarni, bolalar va kattalar xulq-
atvori va faoliyatiga pedagogik ta’sirni oshirish, bola tarbiyasidagi bo’shliqlarni 
to’ldirish, ichkilikbozlik muammosini yengib o’tish uchun lozim bo’lgan malaka va 
ko’nikmalarni shakllantirishni ko’zda tutadi. 
Ijtimoiypedagogning to’rtinchi vazifasi-huquqiy himoya bo’lib, uning mohiyati 
shuki ijtimoiypedagog faoliyati huquqiy asosda ko’riladi. 


259 
Beshinchi vazifasi-tashkiliy funksiya. U ichkilikbozlikka mayli bor bola bilan
ijtimoiy pedagogik faoliyat yuritish turli mutaxassislarning ishtirokini talab qiladi, bo’sh 
vaqtini mazmunli o’tkazish uchun sharoitlar yaratadi, bolalar, kattalar uchun ijtimoiy 
foydali faoliyatni tashkil qiladi. 
Oltinchi vazifasi-kommunikativ. Bunda ko’zga ijtimoiy pedagogik faoliyatni 
amalga oshirish jarayonida uning ishtirokchilari orasida ko’pgina aloqalar o’rnatiladi. 
Ettinchi vazifa-profilaktik funkyiya bo’lib, u erishilgan ijobiy natijalarni 
mustahkamlashni ko’zda tutadi va ichkilikbozlik alomatlarining paydo bo’lishini bartaraf 
etadi. Bu vazifalar ijtimoiy patronaj o’tkazish orqali amalga oshiriladi. 
Ijtimoiypedagogning bolalar hayotining alkogollashuvga qarshi qaratish 
tarbiyalanuvchilarning yoshiga qarab o’z xususiyatlariga ega. 
Maktabgacha va kichik maktab yoshi. 
Bir yoshdan yetti yoshgacha bolada odatlar shakllanishida hal qiluvchi ta’sirni ota-
onalar ko’rsatishadi. SHuning uchun bu yoshda ijtimoiypedagogning oila bilan ishlashi 
muhim ahamiyatga ega. U quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 
1. Oila a’zolari o’rtasidagi munosabatlarning madaniyatini shakllantirish, chunki 
faqatgina uyg’un oilaviy munosabatlar sharoitlarida axloqiy antialkogol odatlar paydo 
bo’lishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bu odatlarning paydo bo’lishi uchun 
ota-onalarda optimal xulq-atvorni shakllantirish lozim. 
2. Bola hayotiy faoliyatining sog’lom muhitini shakllantirish. 
Ijtimoiypedagog faoliyati ota-onalarda sog’lom ijtimoiypsixologik yo’l-yo’riqlarni 
shakllantirishga va bolalarning spirtli ichimlik iste’mol qilgani uchun ota-onalarning 
shaxsiy javobgarligi haqidagi fikrni ilgari surishga qaratilishi lozim. Ota-onalar bilan 
ichkilikbozliklikka qarshi kurash bola yoshiga qarab amalga oshirilishi lozim. Biroq bu 
faoliyatning natijasi ota-onalarni bolalarning ichkilikka qarshi tarbiyasiga qo’shilishlari 
____ kerak. Ota-onalarning ichkilikbozlikka qarshi tarbiyasi haqida bilimlar targ’iboti 
quyidagi masalalarni o’z ichiga oladi: 
1. Alkogolning inson organizmiga, bolaning to’liq shakllanmagan organizmiga zarari, 
bolalarning spirtli ichimlik iste’mol qilishlarining yomon oqibatlari, voyaga 
yetmaganlarni spirtli ichimliklar iste’mol qilishga o’rgatishning axloqiy va huquqiy 
javobgarligi haqida. 
2. Kichik maktab yoshining spetsifik xususiyatlari anotolik, marfologik, psixofiziologik 
xususiyatlari bilan tanishtirish. Maktabda ta’lim olishning birinchi bosqichiga bola 
hayotidagi eng inqorozli bosqich sifatida ta’rif berish, boshlang’ich bosqichga ko’nikish 
qiyinchiliklari haqida, yosh shaxsning faol ijtimoiylashuvining boshlanishi haqida, ta’lim 
muhitining ijtimoiy va psixologik sharoitlari haqida ma’lumot berish. 
3. Kichik maktab yoshidan bolalarda sog’lom hayot tarziga intilishni shakllantirish uchun 
ota-onalarning optimal xulq-atvorlariga erishish. Bu oilaning ichkibozlik an’analarini 
kichik maktab yoshiga xos bo’lgan taqlidiy xulq-atvorni inobatga olgan holda ko’rib 
chiqish, bolaning maktabdagi yutuqlariga e’tiborli bo’lish, bolalarning bo’sh vaqtlarini 
o’tkazishlariga yordam berish, uni noxush oilaviy0maishiy nizolardan holiroq qilish. 
SHuningdek, ijtimoiypedagog ota-onalar bilan hamkorlikda bo’sh vaqt, 
bayramlarni spirtli ichimliksiz o’tkazish rejasini ham ishlab chiqish lozim. 
Faoliyatning asosiy metodi suhbat, maslahat, trening shaklida o’tkaziladigan 
oilaviy profilaktika hisoblanadi. Ijtimoiypedagog ota-onalar harakatlariga axloqiy 
xarakter berishi lozim. Oilaviy profilaktika tanbeh, tahdidlarga asoslanmasligi lozim. U 
bolaning tengdoshlari bilan aloqalarini to’g’irlashga, ularni ijobiy faoliyatga jalb etishga, 
oilada o’z maqomini tiklashga qaratilishi lozim. 


260 
O’spirinlar (11-14 yosh). Bu davr inson faoliyatining eng murakkab davrlaridan 
biridir. Bu davrda uyg’un faoliyatning faollashuvi fanida organizmning barcha 
organlarining jadal rivojlanishi kuzatiladi. Bu jarayon jinsiy yetuklikning kelishi bilan 
yakun topadi. Organ va tizimlarning bunday qayta qurilishi bilan davom etadi. Bola u 
uchun obro’li bo’lgan kattalarning ko’rsatmalariga amal qilgan kichik maktab yoshidan 
farqli ravishda o’spirin o’z xulq-atvor tamoyillariga, o’z qarashlariga amal qilishga 
harakat qiladi, mustaqillikka ehtiyoj tug’iladi, kattalar nasihatlari tanqid ostiga olinadi, 
ularga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi. 
Aynan o’spirinlik davrida ichkilikka ruju qo’yishning ilk bosqichining shakllanishi 
boshlanishi mumkin. CHunki u o’spirin guruhlari sharoitida namoyon bo’ladi va shuning 
uchun “jamoaviy ichkilik tobeligi” xarakteriga ega bo’ladi. Bu yoshdagi bola katta 
bo’lishga yoki kattalardek ko’rinishga harakat qiladi. Bu ham ijobiy ham salbiy ma’noda 
namoyon bo’lishi mumkin.
Katta bo’lish tendensiyasi agar axloqiy va ijtimoiy qadriyatlarga asoslanmasa 
ijtimoiy salbiy ma’noda: chekish, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, jinsiy 
mas’uliyatsizlik, huquqbuzarliklarda namoyon bo’ladi. 
O’spirinlik davrida 11 yoshdan boshlab kattalar bolaga avvalgidek ta’sirlarini 
o’tkaza olmaydilar va bola uchun tengdoshlari bilan muloqatda bo’lish katta ahamiyat 
kasb eta boshlaydi. O’spirinning ijtimoiy maqomi qancha past bo’lsa, uning guruhga 
ta’siri shuncha kam bo’ladi. 
SHuning uchun bu yoshda ijtimoiypedagog faoliyatida asosiy urg’u guruh bilan 
ishlashga qaratiladi. Bu quyidagi faoliyat yo’nalishlari orqali amalga oshiriladi: 
1. Ichkilikbozlik sabablari va oqibatlari profilaktikasi. Buni ichkilikbozlik bilan bog’liq 
mavzularda baxs-munozaralar o’tkazish orqali amalga oshirsa bo’ladi. Bu mashg’ulotlar 
natijasi guruhning barcha ishtirokchilari amal qiladigan guruh qarashining shakllanishi 
bo’lishi lozim. 
Baxs-munozaradan tashqari rasmli o’yinlar ham o’tkazish mumkin. Ichkilikbozlik 
profilaktikasiga qaratilgan bunday o’yinlarda bolaning shaxsiy rivojlanish, jamoaviy 
muomala malakalariga o’rganishga erishsa bo’ladi. Ijtimoiypedagog o’spirinlar guruhida 
shakllantirish mumkin bo’lgan asosiy ijtimoiy malakalar bu ichkilikka qarshi dalillarni 
aniq ilgari surish va tengdoshlari bosimiga qarshi tura olishdir. 
Ish shakllari: bahs, ekskursiya, suhbat. Bolalarni qo’rqitadigan usullardan 
foydalanish maqsadga muvofiq emas.
2. O’spirinlarning bo’sh vaqtini tashkillashtirish, chunki bo’sh vaqtni mazmunsiz 
o’tkazish o’spirin tomonidan spirtli ichimlik iste’mol qilish xavfini oshiradi. To’garak, 
seksiya, klub, bolalar va o’smirlar tashkilotlari faoliyatini yorqin reklama qilish zarur. 
Ijtimoiypedagog o’spirinning qiziqishlarini bilishi va uning bo’sh vaqtini mazmunli 
o’tkazishga yordam berishi lozim.
Bu yoshning psixologik xususiyatlari tufayli bo’sh vaqtni o’tkazishning jamoaviy 
shakllarini rivojlantirish lozim. SHuni inobatga olish lozimki, deviant xulq-atvorli bolalar 
asosan intelektual faoliyat bilan emas, balki sport bilan shug’ullanishga qiziqishadi. 
SHuning uchun ularning sport seksiyalariga qatnashishlariga yanada ko’proq sharoitlar 
yaratib berish lozim. 
3. Ijtimoiypedagog tomonidan o’tkazilayotgan ichkilikka qarshi tarbiya bolada 
mustahkam antialkogol qarashlarni: sog’lom hayot tarzining zarurligi, organizm 
shakllanayotgan paytda spirtli ichimlik iste’mol qilish mumkin emasligi, 
ichkilikbozlikning axloqsiz omil ekanligini-shakllantirishga qaratiladi.


261 
4. Maktab pedagog jamoasini ichkilikka qarshi yo’naltirish ham ijtimoiypedagog vazifasi 
hisoblanadi. O’spirin yoshidagi o’quvchilarning ta’lim dasturi bilan tanishish asosida 
ijtimoiypedagog ichkilikka qarshi tarbiya elementlarini maktab darslari tarkibiga 
kiritishni ilgari surishi mumkin. 
O’smirlik davri. 
O’spirinlikdan farqli o’laroq 17-18 yoshli o’quvchilarda tengdoshlari jamoasiga 
emotsional tobelik kuchli bo’lmay, birinchi o’ringa individuallik ko’tariladi. Hayotda o’z 
o’rnini qidirish, o’zini biror-bir kasbiy faoliyatda anglab olish bilan birgalikda o’z
ijtimoiy qiyofasini ham shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijtimoiypedagog o’z e’tiborini ichimlik iste’mol qilishga mayli bor o’smirlar bilan 
individual ish olib borishga qaratadi. Bu faoliyat quyidagilar orqali amalga oshiriladi: 
1. Bola hayotiy faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarni bartaraf etish maqsadida 
individual konsultatsiyalar o’tkazish. 
2. SHaxsni ijtimoiy tarbiyalash. ijtimoiy pedagogik mashqlar orqali o’smirga ijtimoiy 
ijobiy xulq-atvor normalarini o’zlashtirishga yordam beradi. 
O’smirlarning ichkilikka qarshi metodlar asosiy va yordamchi metodlarga 
ajratiladi. 
Asosiylari-suhbat jarayonida ijtimoiypedagog tomonidan o’z nuqtai nazari, dalillari, 
faktlarni monologik bayon etish, ma’ruzalar o’qish. 
YOrdamchilar-kitob yordamida mustaqil ish olib borish, tajribalar o’tkazish va boshqalar. 
Bu metodlar turli ish shakllari-jamoaviy, individual shaklda va turli mikromuhitlarda-
oila, maktab jamoasi, do’stlar davrasida amalga oshiriladi. 

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling