O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Giyovanlik bolalar deviant xulq-atvorining shakllaridan biri sifatida


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Giyovanlik bolalar deviant xulq-atvorining shakllaridan biri sifatida 
Giyovandlik deganda eyforiya holatini keltirib chiqaruvchi moddalarga ishtiyoq 
tushuniladi. Eyforiya-haqiqiyahvolga mos kelmagan holda kayfiyatning ko’tarinki 
bo’lishi holatidir. Giyovand moddalarni iste’mol qilish nafaqat alohida shaxsga balki 
jamiyatga ham zarar keltiradi. 
Ijtimoiytibbiy sohada giyovand moddalarni iste’mol qilishning ikki turi mavjud: 1) 
giyovand giyovand moddalarni iste’mol qilishni o’z ixtiyori bilan chek qo’yishi mumkin 
bo’lgan holat, 2) u bu ishni qilishga qurbi yetmaydigan holat. Giyovandlikning ijtimoiy 
pedagogik yo’nalishda o’rganish uni giyovandlikka jismoniy yoki ruhiy tobelik bilan 
xarakterlanadigan deviant xulq-atvor shakli ekanligini aniqlasa bo’ladi. Bu tobelik bolani 
jismoniy yoki ruhiy ishdan chiqishiga, shaxsning ijtimoiy adaptatsiyasiga olib keladi. 
Giyovandlikning turlaridan biri taksikomaniya hisoblanadi. Taksikomaniyada 
giyovand modda o’rniga organizmga benzin kabi maishiy kimyo vositalar kiritiladi. 
Taksikomanlar odatda 13-14 yoshli o’smirlar bo’lib, ular o’z organizlarining 
zaharlanishi oqibatlarini tushuna olishmaydi. Taksikomaniyaning xavfi shundaki bolalar 
organizm zaharlanishi natijasida yo nobud bo’lishadi yoki shunga olib boruvchi 
harakatlar sodir etishadi. Taksikoman tirik qolgan taqdirda ham bola organizmiga zaharli 
moddalarning ta’siri juda yomon oqibatlar-nogironlik, aqlinorasolikka olib keladi. 
Giyovandlik hozirgi kunda quyidagi sabablarga ko’ra jiddiy muammo hisoblanadi: 
-o’smir yoshidagi giyovandlarning ommaviy ko’payishi. 
-qimmat turuvchi va kuchli ta’sir ko’rsatuvchi narkotik moddalarni iste’mol 
qilishning keng tarqalishi. 
-giyovand bolalar va o’smirlar ijtimoiy maqomining o’zgarishi. 
Agar 5 yil avval bular asosan noxush oilalarda voyaga yetgan farzandlar bo’lsa, 
hozirgi kunda giyovand bolalar va o’smirlar safi yuqori daromadli oilalar farzandlari 
bilan to’lib bormoqda. Bu oilalardagi o’smirning moliyaviy erkinligi, yuqori bo’lmagan 


262 
axloqiy normalar alohida yoshlar submadaniyatini shakllantirishga olib keldi. U 
submadaniyatlarda yetakchi qadriyat vazifasini erkin vaqt o’tkazish bajaradi. Giyovand 
moddalar esa muayyan hayot tarzining xususiyati hisoblanadi. Mashhur dikotekalar, rok-
yulduzlar konsertlari giyovand moddalar iste’mol qilinadigan xavfli joylarga aylangan. 
Bugungi kunda garchi bir dozasi uchun narxi 50-150$ bo’lsa ham kokoin, geroin, 
“ekstozi” tabletkalari kabi giyovand moddalarni iste’mol qilish katta xavf tug’dirmoqda. 
birinchi iste’mol qilish bosqichi “yarim giyovandlik” bosqichiga aylanib unda o’smir 
turli narkotik vositalarni qayta-qayta iste’mol qila boshlaydi. Turli narkotiklarni iste’mol 
qilgan o’smir ularning ichidan birini tanlab oladi. Bu yerda chetga chiquvchi xulq-
atvorning kasallikka aylanishi haqida gapirish mumkin. CHunki kerakli narkotik turi 
tanlangach giyovandning avval ruhiy, so’ngra jismoniy tobeligi boshlanadi. 
O’smirlik davrining qiyinchiliklari haqida yuqorida to’xtalib o’tilgan edi. O’smir 
guruhlar o’z xususiyatlariga ega bo’lib, ular: 
-kattalarning g’amxo’rligiga qarshi chiqish 
-tengdoshlar bilan guruhlarga birlashish kabi o’smir xulq-atvor reaksiyalari bilan 
bog’liq. 
O’smirning giyovandlik xulq-atvori asosida ma’lum sabablar yotadi: 
1. shaxsning xarakteri ko’rsatkichlari 
2. ruhiy va jismoniy og’ishlar 
3. uning shaxsiyatiga turli omillar ta’siri: 
a) biologik omillar-narkotik vositalarga nisbatan bag’rikenglik, kasallik, charchoq 
munosabati bilan giyovand moddalar qabul qilish; 
b) ruhiy-eyforiya holatini boshdan kechirishga qiziqish, o’zini namoyon qilishga 
intilish, ijobiy ijtimoiy qiziqishlarning yo’qligi, ruhiyatning buzilishi; 
v) ijtimoiytengdoshlar guruhlari, moddaning ta’siri; 
d) ijtimoiymadaniy va submadaniyatning ta’siri-ba’zi yoshlar guruhlari 
narkotiklarni hayotning ajralmas bo’lagi deb hisoblashadi; 
e) yoshlarning givandlashuv muammolarini uzoq vaqt oshkor qilmasliklari; 
j) sobiq mafkuraviy va ijtimoiy institutlarning barham topishi, o’smirlarning g’arb 
madaniyati bilan qiziqib qolishlari; 
z) narkotiklarga yetishish mumkinligi. 
YOshlar giyovandigi bilan shug’ullanayotgan pedagoglar va olimlar o’smirlarning 
giyovand moddalarni iste’mol qilishlari sabablari haqida o’z nazariyalarini ilgari 
surmoqdalar. Bu nazariyalarning mazmuni va nomlanishi ular qaysi omillarni eng muhim 
deb hisoblashlariga ko’ra aniqlanadi. 
Programmalashtirish nazariyasining tarafdorlari (G.A.SHichko, E.I.Bextel, 
A.N.Mayurov, S.N.SHeverdin, F.G.Uglov, A.A.Gabiani, A.I.Durandina, Dj.di Djennaro
va boshqalar) ijtimoiymadaniy omilni yaqqol ajratib, o’smir spirtli ichimlik, giyovand 
moddalarni iste’mol qilishi jamiyatda keng tarqalgan ichish-chekish an’analari, spirtli 
ichimliklar reklamasi, atrofdagilarning yomon namunasi oqibati deb hisoblashadi. 
Demak, o’quvchilarni informatsion va psixologikantialkogol himoya bilan qurollantirish 
lozim. 
Ijtimoiy pedagogik qarovsizlik nazariyasi tarafdorlari (D.V.Kolesov, V.Guldman, 
M.Raytenberg, A.F.Boyko, B.S.Bratus va P.I.Sidirov) bolalar va o’smirlarning giyovand 
xulq-atvorini mikro ijtimoiy muhitning noxush sharoitlari va o’smirning psixologik 
xususiyatlari keltirib chiqaradi deb hisoblashadi. Muammoning yechimini bu nazariya 
tarafdorlari o’quvchilarning ijtimoiy pedagogik qarovsizliklarini oldini olishda deb 
ko’rsatishadi. 


263 
Bulardan kelib chiqqan holda shunday savol tug’iladi-voyaga yetmaganlarning 
giyovand bo’lib qolishlariga nima sabab bo’lmoqda? Bunda hammasi muayyan bir 
shaxsga bog’liq. 
Giyovandlikning nafaqat o’zi, balki ashxs rivojlanishi, uning ijtimoiy hayotda 
ishtirok etishi uchun yomon oqibatlarni keltirib chiqarishi ham salbiy hodisadir. 
Giyovandlik oqibatlari 3 turga ajratiladi: biologik, ijtimoiypsixologik va jinoiy. 
Biologik oqibatlarga faollik, shaxsning quvvat zahirasining tushishi, biologik 
ehtiyojlarning kamayishi (ovqat, uyqu), qarshilik ko’rsatishning pasayishi, bola 
organizmining barbod bo’lishi kiradi. 
Ijtimoiy psixologik oqibatlarni bolaning axloqiy degradatsiyasi deb xarakterlasak 
bo’ladi. Avval unda giyovand modda iste’mol qilishdan boshqa qiziqishlari va ehtiyojlari 
pasayadi, so’ngra umuman yo’q bo’lib ketadi. Giyovand moddaga qiziqish butun 
hayotning o’rnini bosadi. Atrof-muhit giyovand tomonidan giyovand moddalarni topishni 
va iste’mol qilishni og’irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi nuqtai nazardan baholanadi. 
Jamiyat bilan foydali ijtimoiy aloqalar uziladi (giyovand do’stlaridan ajraladi, o’qishni 
xohlamaydi). Ruhiy qulay holat faqatgina giyovand moddaning kerakli me’yori iste’mol 
qilinganda yuzaga kelishi mumkin. 
Giyovandlikning jinoiy oqibatlari biologik va ijtimoiypsixologik oqibatlar bilan 
izohlanadi. Bu o’zaro aloqaning mexanizmi quyidagi ko’rinishga ega. Giyovand o’z 
qiziqishi, ehtiyojlarini qondirish uchun o’qishni yoki ishini tashlashi kerak. CHunki 
uning vaqti faqat giyovand moddalar izlash bilan o’tadi. Ularni doimiy xarid qilishga 
mablag’ yetishmaganligidan giyovand ularninoqonuniy yo’l bilan qo’lga kiritish 
yo’llarini izlaydi (o’g’irlik, talon-taroj orqali). Pul yo’q bo’lgan hollarda narkoman o’z 
maqsadiga yetishish uchun har nimaga xatto qotillikka ham tayyor bo’ladi.
Narkotik vositalarni noqonuniy ishlab chiqarish, qo’lga kiritish, saqlash yoki 
sotish, bolalarni narkotik moddalar iste’mol qilishga undash, tarkibida narkotik moddalar 
bo’lgan o’simliklarni yetishtirish, narkotik iste’mol qilish uchun maxsus joylarni tashkil 
qilish bilan bog’liq jinoyatlar boshqa guruhga mansubdir. 
Giyovand moddalarni iste’mol qiluvchi o’smirlarni aniqlash muayyan qiyinchilik 
tug’diradi, ularni bevosita davolash bilan tibbiy-narkologik xizmat ko’rsatuvchilar 
shug’ullanishadi, ijtimoiypedagogning maktabdagi asosiy faoliyati narkomaniya 
profilaktikasidir. 
Milliy va xorij pedagogik adabiyotlarida zararli odatlar profilaktikasi masalalarini 
o’rganish shuni ko’rsatadiki, yosh avlodning giyovandlikka qarshi tarbiyasi masalasida 
ikki asosiy tendensiya kuzatiladi: axborot-faoliyat yondoshuvi (milliy adabiyotlarda) va 
axborot-faoliyat yondoshuvi (xorij amaliyotida). 
Axborot-faoliyat yondoshuvi tarbiyalanuvchining o’zini giyovandlikka qarshi 
faoliyatga jalb qilish orqali giyovandlikka qarshi kurash yuritishni nazarda tutadi 
(A..N.YAkushev, K.R.Ismagilov). 
Informatsion-emotsianal yondoshuvda axborot bilan bir qatorda ijtimoiypsixologik 
treningga ham katta e’tibor qaratiladi. 
Xorij giyovandlikka qarshi tarbiyasida faol metodlarga yetakchi rol topshirilib 
ularning o’ziga xos xususiyati faoliyat, malaka va ko’nikmalarini shakllantirishga 
qaratilganlikdir. Bundan kelib chiqadiki, ijtimoiypedagog maktab o’quvchilari bilan 
birgalikda giyovandlikka qarshi dasturni ishlab chiqayotganida faol metodlardan 
foydalanishi lozim. Bunday zamonaviymetodlarga giyovandlikka qarshi treninglar, 
o’yinlar kiradi. 


264 
Falsafa, sotsiologiya va pedagogikada o’yin shaxs ijtimoiy individligini 
shakllantirish ususli hisoblanadi. O’yin nazariyachilari bolalar va o’smirlar yoshidagi 
o’yin hayotga tayyorgarlik usullaridan biri hisoblanishini tan olishgan. Uning faoliyati 
boshqalar tajribasini o’zida sinab ko’rishning tayyor modeli hisoblanib, shaxsning aqli va 
xissiyotiga ta’sir qiladi (A.S.Makarenko, A.N.Leontev, S.L.Rubinshteyn, D.N.Uznadze 
va boshqalar).
Uzoq muddatli o’yinlar rolli o’yinlarning maxsus turi hisoblanib, uning asosiy 
xususiyatlari ommaviylik, muddatining uzunligi, o’yinning real haqiqatlar bilan 
bog’lanib ketishidir. Uzoq muddatli o’yin darsdan tashqari tadbir sifatida o’tkazilib, 
giyovandlikka qarshi xulq-atvor, munosabat shakllantirishga qaratilgan. Bu o’yinni 
o’tkazishda ijtimoiypedagogning vazifasi rollarni tarbiyaviy effekti maksimal 
ta’minlaydigan qilib taqsimlashdir. Xususan pedagog yoki pedagoglar guruhi o’yinda 
qatnashishadi, yuqori sinf o’quvchilari pedagoglar va o’smirlar o’rtasida vositachi 
bo’lishadi.
Ijtimoiypedagog maktab ta’lim tarbiyasining turli yo’nalishlariga moslab o’yinni 
tashkillashtiradi. 
Ona-tili va adabiyoti, tarix, davlat huquq asoslari, kimyo, biologiya darslariga 
o’quvchilar insho, bayon, diktant yozishadi, giyovandlikka qarshi kurash mavzusida nutq 
va referatlar bilan chiqish qilishadi. 
Sinfdan tashqari faoliyatlarida ular giyovandlikka qarshi qaratilgan devoriy 
gazetalar, rasmlar tayyorlashadi. SHuningdek, intervyu metodi ham qo’llanilib, u nafaqat 
giyovand shaxslardan, balki ularning oila a’zolari, qo’shnilaridan ham olinadi. Sinfdan 
tashqari faoliyatda ijtimoiypedagog o’smirlarga mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi,
ijtimoiy, tibbiy-narkologik muassasalar bilan aloqalar o’rnatishga yordam beradi. 
O’quvchilar militsiya va narkologik statistikani, tumandagi giyovandlik vaziyatni 
o’rganishadi, bolalar uylariga borishadi. 
Barcha to’plangan materiallar pedagog-tashkilotchi qo’llariga to’planadi va uzoq 
muddatli o’yinni yakunlaydigan teatli sahna ko’o’rinishi uchun ishlatiladi. Uzoq muddatli 
o’yin o’quvchilarning giyovandlikka qarshi faoliyati bilan ham bog’liq. Unda o’quvchilar 
mustaqil ravishda giyovandlikka qarshi adabiyotlarni o’rganishadi, referat va dokladlar 
tayyorlashadi, giyovandlikka qarshi reydlarda ishtirok etishadi, mahalliy giyovandlik 
holatini o’rganish bo’yicha mustaqil tadqiqotlar olib borishadi. 

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling