O„zbekiston respublikasi xalq ta‟limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/21
Sana19.11.2021
Hajmi0.62 Mb.
#175752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
chingiz aytmatov asarlarida rivoyatlarning qollanilishi

MAVZUNING  O„RGANILISH  DARAJASI.  Badiiy  adabiyot  va  xalq 

og‟zaki  ijodi  munosabatlari  jahon  adabiyotshunosligida  atroflicha  tadqiq  etilgan. 

Muayyan  yozuvchi  ijodini  folklor  va  yozma  adabiyot  munosabatida  tekshirish  

tadqiqotchi  va  olimlar  tomonidan  yetarli  darajada  o„rganilgan  bo„lib,  o„zbek 

adabiyotshunosligida ham  bu borada  qator  tadqiqotlar amalga oshirilgan. Yozma 

adabiyot  bilan  xalq  og‟zaki  ijodi  orasidagi  badiiy-estetik  aloqadorlikning  o„ziga 

xos  xususiyatlari    va  tasnifi  masalalari  B.Sarimsoqov,  I.Yormatov  kabi  olimlar 

tomonidan tadqiq etilgan. Shuningdek, G‟Mo„minov, T.Abdurahimov, G‟.Jalolov, 

D.Holiqova, A.Ergashev,  M.Imomkarimovalarning tadqiqotlarida XX asr o„zbek 

adabiyoti va folklor munosabati masalasi o„rganilgan

1

.  


O„zbek  adabiyotshunosligida  aytmatovshunoslik  o„z  o„rni  va  o„z  ovoziga 

ega.  Chingiz  Aytmatov  ijodi  va  asarlari  tahlili,  ularning  badiiy  qimmati, 

yozuvchining  qardosh  xalqlar  bilan  adabiy    munosabatlari  masalasini    G‟aybulla 

Salomov,  Asil  Rashidov,  Ilhom  G‟aniyev  va  Rustam  Ibragimov  singari 

olimlarimiz  o„z    tadqiqotlarida  batafsil  yoritib  berganlar.  Lekin  Chingiz 

Aytmatovning 

xalq 

og‟zaki 


ijodiga 

munosabati 

haqida 

o„zbek  


adabiyotshunosligida  yetarli  darajada  tadqiqotlar  olib  borilmagan.    Folklor 

an‟analari  syujet  va  motivlaridan  foydalanib,  yirik  asarlarni  dunyo  ahliga  taqdim 

etgan  yozuvchining  o„ziga  xos  mahorati  va  milliy  epos    an‟analari  bilan 

uyg‟unlashgan  asarlari  tadqiqi  olima  Pariza  Mirzaahmedova  tomonidan  tahlil 

qilingan

2

.  Shuningdek,  yozuvchi  asarlari  tarjimoni  olim  Asil  Rashidov  o„z 



monografiyasida yozuvchining badiiy asarlari tahlili bilan bir qatorda  uning xalq 

og‟zaki  ijodiga  bo„lgan  alohida  mehr-muhabbati  haqida  ham  fikr  bildiradi. 

Shuningdek,    ishimizda  yozuvchi  haqida  bitilgan  bir  qancha  ilmiy  maqolalardan 

                                                           

1

 Mo‟minov G‟. Hozirgi o‟zbek adabiyotida foklorizm: Filologiya fanlari d-ri.diss. – Toshkent, 1994;  



Imomkarimova M. O‟tkir Hoshimov asarlarida milliy qadriyatlar. Fil. fanl.nomz. dissert. – Toshkent, 2004; 

Holiqova D. Hozirgi o‟zbek she‟riyatida folklor an‟analari va badiiy mahorat. .Fil. fanl.nomz. dissert. – Toshkent, 

2011; Ergashev A. Rivoyat va uning badiiy asar syujetining kompozitsion qurilishidagi o‟rni. Fil. fanl.nomz. dissert. 

– Samarqand, 1994; 

2

 Мирза-ахмедова П. Национальная эпическая традиция в творчестве Ч.Айтматова. Дисс.канд.фил.наук. М., 



1981 г. 


 

ham  keng  foydalandik.  Jumladan,    S.Qorayev,  D.Aliyeva,  O.Fayzullayev, 



S.Meliyev,  P.Mirzaahmedova,  N.Sizdiqboyev,  N.Jbanova  maqolalarida  yozuvchi 

poetic  olamining  qirralari,  xalq  og‟zaki  ijodidan  samarali  foydalanish  uslubi  va 

mahorati haqida to„xtalib o„tilgan.  Mazkur ishlar adib hayoti va ijodini yoritishda 

alohida  ahamiyatga  ega.  Ularda  adib  asarlari  poetikasiga  doir  qimmatli  ilmiy-

nazariy fikrlar bildirilgan.  


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling