O`zbekiston respublikasi xalq talimi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/43
Sana03.12.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1798679
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43
Bog'liq
Qodirova M. Sanoat va qishloq xo\'jaligi asoslari

ashyo 
Yoqilg’i
-
energeti
ka 
Ishchi 
kuchi 
Suv Transp
ort 
Ekologi
ya 
Iqtisodi

geografi
k o’rin 
Iste’
mol 
Alyuminiy 

+ + 
Misni tozalash 
+ + 
Cho’yan 

+ + 
Temir 
qotishmalari 

+ + 

Po’lat 


Kaliy o’g’iti 
+ + 

Fosfor o’g’iti 



Azot o’g’iti 


+ + 
Sintetik tola 
+ +

Qishloq xo’jalik 
mashinalari 
+ + 
Radio, 
priborsozlik, 
aniq 
mashinasozlik 

+ + 
Selyuloza-
qog’oz sanoati 




Sement 

Paxta tolasi 
+ + 



To’qimachilik 
sanoati 



Paxta yog’i 
+ + 
Go’sht



Sut 


Izoh: + + hal qiluvchi ta’sir, + kuchli ta’sir 
Mineral o’g’itlar ichida kaliy o’g’itini ishlab chiqarish geografiyasi 
batamom xom ashyo omili bilan belgilanadi, chunki uni olish uchun ko’p 
miqdorda kaliy tuzi sarflanadi. Ayni paytda azot o’g’itini ishlab chiqaruvchi 
korxonalar ancha ”erkin” joylashadi. Bunday korxonalar qora metallurgiya 
markazlariga, suv manbalariga yaqin, neft va gaz sanoati rivojlangan rayonlarda 
joylashtirilishi mumkin.Fosfor o’g’iti ishlab chiqaruvchi korxonalar xom ashyo va 
iste’mol rayonlarida joylashtiriladi. Xom ashyo sifatida appatit, fosforitlar xizmat 
qiladi. Shuningdek, bu o’g’itni ishlab chiqarishda oltingugurt kislotasi ham talab 
etiladi. O’zbekistonda azot yoki selitra -Chirchiq, Navoiy, Farg’onada, superfosfat- 
Qo’qon va Samarqandda, ammofos yoki azot va fosfor o’g’itlarining birikmasi- 
Olmaliqda ishlab chiqariladi. 
Xom ashyoga asoslangan sanoat tarmoqlarining joylashuvini o’ragnish eng 
avvalo mamlakat tabiiy sharoiti va boyliklarini bilishni talab etadi. Turli xil 
qazilma boyliklarning ma’lum hududdagi birligi bu yerda ishlab chiqarishni 


21 
kompleks tashkil qilishga, hududiy majmualarni shakllantirishga, ishlab 
chiqarishni hududiy tashkil qilishning samaradorligini oshirishga sabab bo’ladi. 
Yoqilg’i- issiqlik elektr stansiyalari uchun hamda qora metallurgiya 
sanoatining dastlabki-cho’yan eritish bosqichini joylashtirishda xom ashyo asosiy 
rol o’ynaydi. Ammo uning ta’siri hamma vaqt ham yetakchi kuchga emas; issiqlik 
elektr stansiyalari yoki metallurgiya zavodlari ayrim hollarda iste’mol rayonlarida 
ham joylashtirilishi mumkin. Bu masala ayniqsa, neft va uning mahsuloti mazut
tabiiy gaz asosida ishlovchi issiqlik stansiyalarini qurishga tegishlidir. Biroq qora 
metallurgiya zavodlarini joylashtirish qonuniyatlari bir xil bo’lmaydi. Ma’lumki, 
qazib olinadigan temir rudasining taxminan 48-50 foizi foydalidir, ya’ni ulardan 
deyarli shuncha cho’yan olish mumkin. 1 tonna cho’yan ishlab chiqishda taxminan 
2 tonna temir rudasi va 1,2 tonna kokslanuvchi ko’mir sarflanadi. Ammo bu 
“o’rtacha” raqam hamma joyda ham bir xil emas: ayrim konlarda temirning qazib 
olinadigan rudadagi ulushi atigi 17-19 foizni tashkil etadi xolos. Bunday konlarga 
Uraldagi Qo’shqanorni yoki Qoraqalpog’iston Respublikasidagi Tebinbuloqni 
misol qilib ko’rsatish mumkin. Bu yerda qazib olinadigan rudani bevosita domna 
pechlarida eritib bo’lmaydi, chunki kerakli mineraldan ko’ra keraksiz jinslar 
ko’proq. Shuning uchun bu ruda albatta dastlab boyitilishi va uning tarkibidagi 
foydali mineralning hissasi oshirilishi lozim. Boyitilgandan so’ng ruda tarkibidagi 
metall miqdori bir necha barobar ko’payadi. Ammo bundan keyin ham uning 
hissasi yetarlicha bo’lmaydi. Shuning uchun metallurgiya korxonalari ko’proq xom 
ashyo rayoniga ko’proq joylashtiriladi.
Qozog’iston Respublikasidagi Qarag’anda to’liq siklli metallurgiya 
kombinati bevosita ko’mir havzasi rayonida joylashtirilgan. Novokuznesk, Lipesk, 
Tula, Krivoy Rog kombinatlari esa xom ashyo, ya’ni temir rudasi konlariga yaqin 
qurilgan. Ayrim hollarda metallurgiya zavodlari xomashyo va yoqilg’i rayonlari 
o’rtasida joylashgan, zero, mazkur sanoat tarmog’i uchun bu ikki omilning 
ahamiyati bir xil.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling