O`zbekiston respublikasi xalq talimi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/43
Sana03.12.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1798679
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43
Bog'liq
Qodirova M. Sanoat va qishloq xo\'jaligi asoslari

Iste’mol omili faqat xalq ehtiyoji bilan belgilanmaydi. Ishlab chiqarishning 
o’zini talabi, boshqa xil mahsulotlarning keng miqdorda sarflanishi, ularning 
transportda keltirishning noqulayligi ham bunday korxonalarning iste’mol 


23 
rayonlarida qurilishini taqozo etadi. Masalan, qishloq xo’jaligi mashinasozligi 
o’sha mintaqaning ishlab chiqarish ixtisoslashuviga muvofiq shu yerning o’zida 
rivojlantirilishi zarur. O’zbekistonda paxta teruvchi, Belorussiyada kartoshka, 
Ukrainada qand-lavlagi, Shimoly Kavkazda va Bolgabo’yida g’alla yig’uvchi, 
Qirg’zistonda pichan taxlovchi, Gruziyada choy teruvchi mashinalarni ishlab 
chiqarish bunga yaqqol misol bo’la oladi.
Ayrim boshqa sanoat va qishloq xo’jaligi tarmoqlarini ham aholi yashab 
turgan jaoylarda o’rinlashtirish maqsadga muvofiq.
Transport omili. Bu omil juda muhim, chunki u ishlab chiqarishning 
bevosita davom ettiruvchi tarmog’i hisoblanadi. Transport infrastrukturasi 
bo’lmasa xom ashyo ham keltirilmaydi, mahsulot ham iste’molchilarga 
yetkazilmaydi, hududiy mehnat taqsimoti rivojlanmaydi. Shuning uchun 
transportning ahamiyati barcha boshqa omillar ta’siri bilan qo’shilib, uyg’unlashib 
ketadi va uni sof holda ajratib olish qiyin. Shu bilan birga transport masalasi 
iqtisodiy geografik o’rin omili bilan ham chambarchas bog’liq. Zero, bu o’rin 
ob’yektning eng avvalo tashqi iqtisodiy munosabatlarini anglatadi.
Ishlab chiqarishni joylashtirishning “qulayligi” ko’p jihatdan uning arzonligi 
esa asosan transport xarajatlarining kamaytirilishi demakdir. Shuning uchun ham 
ishlab chiqarishni joylashtirishdagi klassik g’oyalar: I.Tyunenning qishloq xo’jalik 
shtandorti, A.Veberning sanoat shtandorti, V.Kristallerning “markaziy o’rinlari”, 
A.Lyoshning “iqtisodiy landshaftlarini” transport omilisiz tasavvur qilib 
bo’lmaydi. Transport iqtisodiyot tizimining qon tomiri, harakatlantiruvchi 
kuchidir. U pirovard natijada ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning 
samaradorligini ta’minlaydi. Ayni vaqtda transport tarmog’ining o’zini ham 
joylashtirish qonuniyatlari va omillari mavjud. Ular tabiiy geografik, iqtisodiy va 
siyosiy mazmunga ega. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling