O`zbekiston respublikasi xalq talimi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/43
Sana03.12.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1798679
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43
Bog'liq
Qodirova M. Sanoat va qishloq xo\'jaligi asoslari

Ixtisoslashuv ham ishlab chiqarishni tashkil etishning muhim shakli bo’lib, 
u mehnat taqsimoti va iqtisodiy rayonlarni tarkib topishi bilan chambarchas 
bog’liq. Uning uch bosqichi va uch turi mavjud. Ixtisoslashuvning uch bosqichi 
deganda korxona, shahar yoki rayon miqyosidagi ixtisoslashuv tushuniladi. 
Ularning har biriga hududiy yoki ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida ma’lum bir 
mahsulotni ishlab chiqarilishi biriktiriladi. O’z navbatida ixtisoslashuv shu 
korxona va rayonlarning mehnat taqsimotida tutgan o’rnini belgilab beradi. 
Ixtisoslashuvning uch turi-bu qism, texnologik yoki yarim mahsulot va 
tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuvidir. Ixtisoslashuvning bunday 
ko’rinishlari bir-biri bilan uzviy bog’liq va ular turli hududiy bosqichda o’zgacha 
xususiyatga ega bo’ladi. Ixtisoslashuv oqibatida xalq xo’jaligining tarmoqlari 
vujudga keladi, iqtisodiy rayonlar, shaharlarning funksional turlari shakllanadi. 
Shu bilan birga u tashqi transport iqtisodiy aloqalarini taqozo etadi, chunki ishlab 
chiqarilgan va mahalliy iste’moldan ortib qolgan mahsulot chetga chiqariladi, 
mazkur rayonda yetishmaydigan mahsulot esa boshqa joydan keltiriladi.


27 
Ixtisoslashuvni aniqlash uchun bir necha shart va sharoitlar zarur. Muhimi-
mahsulot faqat shu joy talabini qondiribgina qolmay, balki ortiqchasi boshqa 
rayonlarga chiqarilishi yoki tovar xususiyatiga ega bo’lishi kerak. Aks holda bu 
tarmoq mazkur joy uchun ixtisoslashgan soha bo’lmasligi mumkin. Masalan, 
Respublikamiz paxta tolasi, pilla, tog’-kon, tabiiy gaz sanoati, qishloq xo’jaligi 
mashinasozligi va boshqa sohalarga ixtisoslashgan. Uni ip yoki ipak gazlamasi
neft sanoatiga ixtisoslashgan deyish biroz mushkulroq, sababi bu mahsulotlar 
O’zbekistonda hozircha yetarli ishlab chiqarilmaydi va ular mahalliy talabni to’la 
qondirganicha yo’q. Rayon yoki viloyat, jamoa xo’jaligida, respublikada ishlab 
chiqilgan mahsulot shu yerning o’zida batamom iste’mol qilinsa yoki aksincha
ushbu mahsulot mahalliy sharoit ehtiyojini qondirmay, balki chetga chiqarilsa, har 
ikkala holda ham to’laqonli ixtisoslashuv bo’lishi mumkin emas. Masalan, Rossiya 
Federatsiyasining Markaziy iqtisodiy rayonida Belorussiyadan ko’proq kartoshka 
yoki Boltiqbo’yi respublikalariga ko’ra ko’proq sut ishlab chiqariladi. Ammo na 
kartoshka va na sut Rossiyaning markaziy rayoni uchun ixtisoslashgan tarmoq 
hisoblanmaydi, zero bu mahsulotlarning hammasi o’z joyida iste’mol qilinadi, 
chunki rayonning o’zida 30 mln dan ziyod aholi yashaydi. Ayni paytda kartoshka 
Belorussiya Respublikasi uchun, sut Boltiqbo’yi mamlakatlariga ixtisoslashgan 
tarmoq bo’lib xizmat qiladi. 
Ixtisoslashuv albatta, faqat moddiy ishlab chiqarishga tegishli emas, u 
barcha ijtimoiy jabhalarga ham molik xususiyatdir. Qolaversa, ayrim oliygohlar 
o’qituvchi, boshqalari agronom, muhandis, tabobatchi kabi mutaxassislarni 
tayyorlaydi. Chunki bu oliygohlar shunday xodimlarni tayyorlashga ixtisoslashgan. 
Mintaqa va mamlakatlarning u yoki va bu mahsulot ishlab chiqarishga 
ixtisoslashuvi, 
eng 
avvalo 
ulardagi 
mutloq 
va 
nisbiy 
afzalliklarga 
bog’liq,(A.Smidt, D.Rikkardo) bu yerda yaratilgan mahsulot uni boshqa joyda 
yetishtirishga ko’ra arzonroq, kam xarajatliroq bo’lishi kerak. Odatda, har bir 
mamlakat yoki uning alohida qismlari o’zidagi qulay va arzon omillardan 
foydalanib, qiyin va qimmat omil nahsulotlarini chetdan olib keladi. Bunday 
qonuniyatni dastlab shved iqtisodchilari XX asrning 30-yillarida E. Xeksher va 
B.Olinlar asoslab berishgan. 
Hozirgi fan-texnika taraqqiyotidan foydalanib yangi mahsulot turlari paydo 
bo’lmoqda yoki ular zamonaviy texnologiyalar asosida arzon va oson yo’llar bilan 
ishlab chiqarilmoqda. Bunday innovatsiyalarning ‘hayot sikli”-vujudga kelishi va 
‘so’nishi” bilan belgilanadi. Shunga o’xshash yangiliklarning tarqalishi yoki 
diffuziya qonuni iqtisodiyot nazariyasida Yozef Shumpeter va sved T. Xagerstrand 
tomonlaridan asoslangan. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling