O`zbekiston respublikasi xalq talimi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/43
Sana03.12.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1798679
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43
Bog'liq
Qodirova M. Sanoat va qishloq xo\'jaligi asoslari

Birinchi guruhga - eski tarmoqlar deb ataluvchi toshko’mir, temir, ruda 
qazib chiqarish, metallurgiya, vagonsozlik, parovozsozlik, teplovozsizlik, 
kemasozlik, to’qimachilik tarmoqlari kiradi. Hozirgi vaqtda bu tarmoqlar odatda 
sekin o’smoqda. Lekin ular jahon sanoati geografiyasiga ilgarigiday ancha katta 
ta’sir ko’rsatadi. 
Ikkinchi guruhga - yangi tarmoqlar deb ataluvchi avtomobilsozlik
alyuminiy eritish, kimyoviy tolalar ishlab chiqarish kiradi. Hozirgi vaqtda bu 
tarmoqlar ilgarigidek jadal bo’lmasa ham ancha tez sur’atlar bilan o’smoqda. 
Butun dunyoda har kuni konveyerlardan taxminan ming avtomobil tushadi. Asosan 
iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda to’plangan ammo endilikda rivojlanayotgan 
mamlakatlarda ham ancha keng tarqalgan bu sanoat tarmoqlari jahon sanoati 
geografiyalariga katta ta’sir ko’rsatib kelmoqda. 
Uchinchi guruhga - eng yangi tarmoqlar kiradi. Ularning ko’pchiligi 
fantalab tarmoqlarga kiradi, yana ularni ko’pincha “yuqori texnologiya” tarmoqlari 
deb ham ataladi. Bularga mikroelektronika, hisoblash texnikasi, robotsozlik, 
informatika sanoati, atom va aerokosmik ishlab chiqarish organik sintez kimyosi, 
mikrobiologiya sanoati – FTI ning haqiqiy “katalizatorlari” ni ishlab chiqarish 
kiradi. Hozirgi vaqtda bu tarmoqlar hammadan ham tez va barqaror rivojlanmoqda. 
AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiyada butun ishlov beruvchi 
sanoat yalpi mahsulotning 35-40 foiziga to’g’ri keladi. 
Jahon sanoat ishlab chiqarishda kon-qazish sanoati salmog’ining ishlab 
chiqarishda energiya va materialga talab qilayotgani hamda asl xomashoyolarning
sintetik materiallar bilan tobora ko’proq almashinayotgani sabab bo’lmoqda. 
Shunga qaramasdan FTI davrida kon qazilov sanoati tarmoqlarda foydali 
qazilmalarni ochiq usulda va dengiz ostidan qazib olishning yer ostida saralashning 
kengayishi va boshqalar. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling