O`zbekiston respublikasi xalq talimi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/43
Sana03.12.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1798679
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43
Bog'liq
Qodirova M. Sanoat va qishloq xo\'jaligi asoslari

Savol va topshiriqlar: 
1. Qishloq xo’jaligini intensivlashtirishning mohiyatini tushuntiring. 
2. Agrosanoat majmui va uning tarkibiy qismlarini ta’riflang. 
3. O’zbekistonda qanday agrosanoat majmualari shakllangan? 
 
Mavzu: Qishloq xo’jaligining tarmoq va hududiy tarkibi. Dehqonchilik 
Reja:
1. Respublika qishloq xo’jaligining tarmoqlari tavsifi. 
2. Dehqonchilik. 
3. Paxtachilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati. 
4. Kartoshkachilik, sabzavotchilik va polizchilik. 
5. Bog’dorchilik va uzumchilik. 
Tayanch tushunchalar: Qishloq xo’jaligi, dehqonchilik, paxtachilik, texnik 
ekinlar, donli va dukkakli ekinlar, poliz ekinlari, meva sabzavot yetishtirish. 
Zaminning biror- bir burchagida qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanmaydigan 
mamlakat bo’lmasa kerak. Respublikamiz uchun qishloq xo’jaligi milliy 
iqtisodiyotning ustivor yo’nalishlaridan biridir. U mamlakatda ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotning deyarli 1/3 qismini beradi. Qishloq xo’jaligi aholini 
turli-tuman noz-ne’matlar, sanoat tarmoqlarini esa xom ashyo bilan ta’minlab 


52 
turadi. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tufayli 
qishloq xo’jaligida foydalanib kelinayotgan yer va mulklar qayta taqsimlandi
ijtimoiy va tarkibiy o’zgarishlar ro’y berdi. Qishloq joylarda amalga oshirilayotgan 
iqtisodiy islohotlar, bu sohada tadbiq qilinayotgan agrotexnologiya va texnika
seleksiya va urug’chilik sohasida jahon miqyosida qo’lga kiritilgan tajriba, 
dehqonchilik madaniyatidan unumli foydalanish asosida arzigulik yutuqlarga 
erishilmoqda. 
O’zbekistonda ish bilan band bo’lgan aholining 36 % idan ortiqrog’i qishloq 
xo’jaligi sohasiga to’g’ri keladi. Tabiiy sharoiti, iqlimi o’ziga xos xususiyatlarga 
ega bo’lgan O’zbekiston sharoitida qishloq xo’jalik tarmoqlari va eng avvalo, 
uning yetakchi tarmog’i paxtachilik sun’iy sug’rishga asoslangan. 
Quyidagi jadvaldan O’zbekiston ekin maydonlarining tarkibi to’g’risida 
tushuncha hosil qilish mumkin. 
5-jadval 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling