O`zbekiston respublikasi xalq talimi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/43
Sana03.12.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1798679
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43
Bog'liq
Qodirova M. Sanoat va qishloq xo\'jaligi asoslari

Ilmiy texnika taraqqiyoti Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda 
ilmiy-texnika taraqqiyotining ahamiyati ham juda yuqori. Ushbu omilning ta’siri 
bir qator tarmoqlarni hududiy tashkil etilishida aniq va ravshan ko’rinadi. Masalan, 
“ilmtalab” mashinasozlik zavodlari yuksak darajada fan-texnika salohiyatiga ega 
bo’lgan yirik shaharlarda joylashtiriladi. Yuqorida ko’rilgan omillarning ishlab 
chiqarishni hududiy tashkil qilishga ta’siri ularning barchasi ”ekologik omil” bilan 
muvofiqlashtirilishi kerak.
Ekologik omil. Ekologik jihatdan eng avvalo kimyo, sellyuloza-qog’oz, 
go’sht, vino, konserva, charm zavodlari, issiqlik elektr stansiyalari “nomaqbul” 
hisoblanadi. Binobarin, ular aholi joylashgan markazlardan uzoqroqda bo’lgani 
yaxshiroq. Ekologik omilning ishlab chiqarishning hududiy tashkil etishiga 
ta’sirini kimyo sanoati misolida ko’rish ayniqsa namunaviydir, chunki bu sanoat 
korxonalarini joylashtirilshi juda erkin xususiyatga ega. Sababi-ular o’simlik, 
hayvonot, mineral xom ashyosi, suv, havo asosida, boshqa sanoat chiqindilari 
negizida ham rivojlanishi mumkin. Shunday qilib, kimyo sanoati korxonalarini 
istagan joyda qurish imkoniyati bor. Ammo, bu masalaning bitta nozik tomoni bor-
bu ham bo’lsa ekologik omildir va u bilan ayniqsa hozirgi kunda hisoblashmasdan 
iloji yo’q. 


24 
Bozor iqtisodiyoti omili. Bozor iqtisodiyoti- bu ishlab chiqarish erkinligi, 
raqobat va ochiq iqtisodiyot yurgizishdir. Bunday sharoitda ko’p ukladli 
iqtisodiyot, mulkchilikning turli shakllari va raqobat, qulay investitsiya makonini 
vujudga keltirish, monopoliyaga qarshi kurash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu 
bois bozoq iqtisodiyoti omilini ishlab chiqarish tarmoqlarini hududiy tashkil 
etishga nisbatan tahlil etar ekanmiz, unda bu boradagi ilgarigi an’anaviy fikr 
yuritishlar tamomila o’zgarib ketishi kerak. Chunki, bu sharoitda aksariyat narsani, 
shu jumladan nimaga ixtisoslashuvni va qayerda joylashtirishni pirovard natijada 
bozor, raqobat, talab belgilaydi. 
Hozirgi sharoitda infrastruktura tizimining mavjudligi ishlab chiqarishni 
hududiy tashkil qilishda katta rol o’ynaydi. Yo’l, yer osti va yer usti qurilmalari, 
elektr uzatuvchi shaxobchalar, turar joy, maishiy xizmat ko’rsatish ob’yektlari 
muhayyo bo’lgan joylar yangi ishlab chiqarishni, qo’shma korxonalarni o’ziga jalb 
qiladi. Xorijda bunday joylarni sanoat parki deb atashadi. Hozirgi vaqtda qulay 
investitsiya makonini yaratish ham katta mazmun kasb etadi. Infrastruktura va 
boshqa sharoitlarning mavjudligi, huquqiy va tashkiliy masalalarning hal 
etilganligi, kafolatlanganligi xorijiy sarmoyadorlarning kirib kelishiga qulaylik 
yaratadi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling