O`zbekiston respublikasi xalq talimi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/43
Sana03.12.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1798679
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43
Bog'liq
Qodirova M. Sanoat va qishloq xo\'jaligi asoslari

Qoramolchilik respublika chorvachiligida asosiy o’rinda yetishtirilgan jami 
go’shtning 74% ini, sutning 99,9 % ini beradi. O’zbekiston iqlim sharoitida sut
sut-go’sht, va go’sht yo’nalishidagi qoramol zotlari boqiladi. Go’sht yo’nalishidagi 
qoramolchilik tog’ va tog’ oldi mintaqalarida rivojlangan. Qoramol zotlarini 
takomillashtirish bo’yicha respublika “Plemelita” ilmiy ishlab chiqarish 
birlashmasi, 6 ta naslchilik zavodi –Andijon viloyatida “Poytug’”, “Savay”, 
Sirdaryo viloyatida “Yangiobod”, “Malik”, Toshkent viloyatida “Qizil shalola” va 
“Do’stlik”, 15 ta naslchilik xo’jaligi hamda 180 ta naslchilik fermalarida ilmiy-
amaliy ishlar olib borilmoqda.
Qo’ychilik. Respublikada qo’ychilikning qorako’l teri, go’sht-yog’ va jun 
boqiladigan tarmoqlari rivojlangan. Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo
Samarqand, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasi bu borada asosiy 
hududlar hisoblanadi. “Yumshoq oltin” deb nom olgan qorako’l terilariga jahon 
bozorida talab katta. Respublikada 120 ta qorako’lchilikka ixtisoslashgan 
xo’jalikning 18 tasi naslchilik zavodlari va 9 tasi naslchilik xo’jaliklaridir. 
Respublikada go’sht va jun yo’nalishidagi qo’ychilikda dag’al jun va go’sht-
yog’ beruvchi hisori va jaydari qo’y zotlari boqiladi. Hisori qo’ylar asosan tog’ va 
tog’ oldi mintaqalarida- Surxondaryo, Qashqadaryo, va Jizzax viloyatlarida 
boqiladi. Hisori qo’chqorlarning eng yirik tirik vazni 190 kg gacha yetib, sof 140-
150 kg go’sht –yog’ beradi. Jun mahsuldorligi yiliga o’rtacha 1,0-1,2 kg. Hisori 
zotli qo’ychilik bilan Sariosiyodagi Oxunboboyev nomli va Boysun tumanidagi 
”Boysun” davlat naslchilik zavodi, “Surxon” va Bobur nomidagi naslchilik 
xo’jaligi va 6 ta naslchilik fermalari shug’ullanadi. Respublikada jaydari qo’yning 
salmog’i jami boshga nisbatan 43%. Bu zotlar Qoraqalpog’iston Respublikasi, 
Buxoro va Navoiy viloyatlaridan boshqa barcha viloyatlarda boqiladi. 
Qo’chqorlarining o’rtacha tirik vazni 55-60 kg, sovliqlarniki- 45-50 kg. Jun 
mahsuldorligi yiliga 2,0-2,5 kg. Yarim dag’al jun olinadigan sarajja, Oloy va 
Tojikiston zotli qo’ylar asosan Farg’ona va Toshkent viloyatlaridagi tog’, tog’ oldi 
yaylovlarida boqiladi. 
8-jadval 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling