O`zbekiston respublikasi xalq talimi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Mavzu: Sanoat va qishloq xo’jaligi asoslari fanining maqsadi va


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/43
Sana03.12.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1798679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
Qodirova M. Sanoat va qishloq xo\'jaligi asoslari

Mavzu: Sanoat va qishloq xo’jaligi asoslari fanining maqsadi va 
vazifalari, tadqiqot metodlari 
Reja: 
1. Iqtisodiy-ijtimoiy geografiya fanlarining o’rganish ob’yekti va predmeti. 
2. Sanoat va qishloq xo’jaligi asoslari fanining maqsadi va vazifalari. 
3. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning tadqiqot metodlari. 
Tayanch tushunchalar: Ob’yekt, predmet, hududiylik, komplekslik, 
demosentrizm, antroposentrizm, ekologik yondoshuv, tamoyil, metodlar, 
iqtisodiy geografiya, majmua, ijtimoiy geografiya. 
Jamiyat taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar faqat vaqt davomida 
kechmaydi, ular ayni paytda muayyan joyda- makonda sodir bo’ladi. Ijtimoiy 
rivojlanishning ana shu hududiy jihatlari geografiya fanining tadqiqot doirasiga 
kiradi. 
Biroq jamiyat rivoji bilan, uni o’rganuvchi fanlarning tadqiqot ob’yekti ham 
murakkablashib va takomillashib boradi. Jumladan iqtisodiy geografiyaning 
ob’yekti avvallari ma’lum bir mamlakat yoki rayonning xo’jalik aholisi, ishlab 
chiqarish kuchlarining joylanishidan iborat bo’lsa, keyinchalik u xo’jalik va 
aholining hududiy tarkibi yoki tizimi, hududiy va ijtimoiy iqtisodiy majmualar 
shaklini oladi. Shunga ko’ra ushbu fanning vazifasi ham o’zgarib bordi. 
Chunonchi, ilgari asosiy e’tibor qayerda nima borligini o’rganishga qaratilgan 
bo’lsa, hozirgi kunda esa nima uchun u yoki bu voqelik aynan shu joyda vujudga 
kelganligini ilmiy asosda izohlab va baholab berilishi talab etiladi. Bunday 
qonuniyatlarni chuqur anglash fanning amaliy ahamiyatini yanada oshiradi. 
Chunki, u endi turli yiriklikdagi hududiy ijtimiy-iqtisodiy tizimlarning tahlilidan 
ularning tashhisiga, undan esa bashorat va boshqarish darajasiga ko’tarilmoqda. 
Demak, jamiyat taraqqiyoti, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish va 
joylanishidagi jarayonlar iqtisodiy geografiya ob’yektining o’zgarishiga sabab 
bo’ladi. Shunga mos ravishda bu fanning tadqiqot predmeti va vazifalari ham 
takomillashib boradi. Iqtisodiy geografiya ta’riflarining ko’pchiligida ishlab 
chiqarish kuchlari, ularning joylashish xususiyatlari ta’kidlanadi. Ckunki 
iqtisodiyotning asosini ishlab chiqarish kuchlari, iqtisodiy geografiyaning 
mohiyatini esa ularning joylashuv xususiyatlari belgilab beradi. Qolaversa, 
rivojlanish faqat aniq bir joyda, makonda amalga oshadi, shu bois joylanish 
rivojlanishning hududiy in’ikosidir. 
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya mustaqil fan sifatida turli mamlakat va 
rayonlarda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish va joylanish xususiyatlari 
hamda inson hayot faoliyati va yashash tarzining hududiy jihatlarini o’rganadi. 
Ijtimoiy geografiya jamiyat hayoti va faoliyatini hududiy tashkil etish to’g’risidagi
fan deb ta’riflash mumkin.
Albatta har qanday fanning predmeti, ta’rifi uning asosiy tamoyillarini 
o’zida aks ettirishi shart. Chunki, o’zining metodologiyasi va metodi, tadqiqot 
predmeti va prinsiplariga ega bo’lmagan fan mustaqil fan hisoblanmaydi. 



Geografiya fanining eng birinchi tamoyili uning hududiyligidir. Ijtimoiy 
geografiyada an’anaviy tarzda “hududiy tashkil etish “ iborasi qo’llanilib, odatda u 
mazmun va shakllari bo’yicha ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishga yaqinroq 
turadi. Ijtimoiy geografiyaning tadqiqot ob’yektiga kiruvchi barcha predmetlar turli 
hududiy majmua shaklini tashkil etadi. Chunonchi, qishloq xo’jaligi tarmoqlari-
ekinzorlar yoki chorvachilik yaylovlari, rekreatsiya manzilgohlari, o’rmonzorlar va 
boshqalar areal ko’rinishiga ega. Sanoat markazlari va aholi punktlari nuqta yoki 
tugun, transport yo’llari, gidrografik shaxobchalar esa tasmasimon shaklda ko’zga 
tashlanadi va xuddi shu tarzda xaritada tasvirlanadi. 
Geografiya fanining ikkinchi muhim tamoyili komplekslikdir. Komplekslik 
o’rganilayotgan ob’yektga atroflicha yondashuv, uni aloqadorlikda ko’rishni 
taqozo etadi. Shu ma’noda u tizimli qarashga ham yaqinlashadi. Komplekslik 
hamma vaqt ma’lum maqsad va vazifa doirasida, barcha hodisa va voqelikni faqat 
o’rganilayotgan masala atrofida va u bilan bevosita aloqador bo’lsagina tahlil 
etishni ko’zda tutadi. 
Geografiyaning ikki asosiy tamoyili- hududiylik va komplekslilikdan so’ng 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling