« Konteks metodi » barcha aniq fanlarda qo’llash mumkin bo’lgan samarali metod hisoblanadi. Konteks metodini darsning o’tilgan mavzuni takrorlash yoki yangi mavzuni mustahkamlash qismlarida qo’llash mumkin.Ushbu metod oltita bosqichda amalga oshiriladi.
*Mustaqil fikr.
*Ilmiy savodxonlik.
*Real hayotiy vaziyatlar.
*Hodisani ilmiy tushuntirish.
*Matematik savodxonlik.
*Faraz.
Topshiriq monokonteks, dikonteks va polikonteks ko’rinishlarda tashkil qilinishi mumkin.
« Monokonteks » – har bir o’quvchi bilan individual ishlash, ya’ni topshiriq har bir o’quvchiga alohida tayyorlanishi mumkin.
« Dikonteks » - bitta yaxshi o’zlashtiruvchi va bitta past o’zlashtiruvchi o’quvchilarda juftliklar hosil qilish va topshiriq berish.
« Polikonteks » – sinf ichida kichik guruhlarda ishlash.
O’quvchilarda berilayotgan topshiriq kichik matn ko’rinishida tayyorlanadi. Ushbu matnda o’tilgan mavzu yoki yangi mavzu yuzasidan muammoli vaziyat hosil qilinishi kerak. Tuzilayotgan savol faqat bitta mavzu yuzasidan emas, balki oldin o’tilgan mavzular bilan bog’langan bo’lishi shart. Bundan tashqari savollarni matematika va barcha tabiiy fanlarga bog’langan holda tuzish mumkin. O’quvchilarga berilayotgan har bir topshiriq bir necha variantda beriladi. O’quvchi variantlar ichidan noto’g’ri variantni izlab topishi kerak.
Konteks metodi afzalligi
*O’quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi.
* O’quvchilarning ilmiy va matematik savodxonligini rivojlantiradi.
* Real hayotiy vaziyatlarda qo’llay olish uchun ko’nikma hosil qiladi.
* O’quvchi o’tilgan mavzularni yangi mavzu bilan bog’liq holda o’rganadi.
* Dars jarayonida kam vaqt sarflanadi.
« Muammoli metod »muammoli vaziyatlarni vujudga keltirib, o’quvchilarning muammoni hal etish, murakkab savollarga javob topish jarayonida alohida ob’yekt, hodisa va qonuniyatlarni tahlil qilish ko’nikmalari va bilimlarni faollashtirishga asoslangan faol bilish faoliyatini taqozo etadi. Shu sababli, biologiyani o’qitishda o’qitishning reproduktiv metodlari bo’lgan og’zaki bayon, ko’rgazmali va amaliy metodlar bilan birgalikda muammoli izlanish va mantiqiy metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |