O`zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi Navoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Nurota tumani Xalq ta’limi bo’limiga qarashli


Download 1.2 Mb.
bet3/11
Sana19.01.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1101635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Meodika.Matematika o\'qitish samaradorligi

Bu metodning afzallik tomonlari :
* Modul dasturi talablari asosida olib boriladi.
* Vaqtdan samarali foydalaniladi
* O’quvchilar tomonidan o’quv materiali yuqori darajada o’zlashtirilishiga, o’z ustida mustaqil ishlashiga imkon yaratiladi
* O’quvchilar yakka, juft holda kichik guruhlarda ishlaydi, ular o’rtasida do’stona muloqot, o’zaro yordam, hamkorlik vujudga keladi, nutqi rivojlantiriladi
* Har bir o’quvchi o’z qiziqishi, iqtidoriga asoslanib bilimini oshirish maqsadida mustaqil va ijodiy ishlab yangi bilimlarni o’zlashtiradi
* O’z-o’zini nazorat, o’zaro nazorat va o’qituvchi nazorati amalga oshiriladi
* Pedagogik munosabatlar o’zaro hamkorlikka asoslanadi
Muammoli darslarda « Fikrlar to’qnashuvi », « Aqliy hujum », Tafakkur bo’roni », Sharhlovchilar oroli » foydalanadi. Muammoli dars quyidagi bosqichda tashkil etiladi :
I-bosqich. Psixologik jihatdan bir-biriga yaqin bo’lgan o’quvchilardan teng sonli kichik guruhlarni shakllantirish.
II-bosqich. Kichik guruhlarga muammoli savollardan iborat bo’lgan o’quv topshiriqlarini tarqatish va ularni topshiriqning didaktik maqsadi bilan tanishtirish.
III-bosqich. O’quvchilarning bilish faoliyatini o’quv muammolarini hal etishga yo’naltirish.
IV-bosqich. O’quvchilarning muammoli vaziyatlarni hal etish bo’yicha axborotlarni tinglash.
VI-bosqich. Umumiy xulosa yasash.
« VARQ » metodi. Bu o’quv uslublarini turkumlash uchun tez-tez ishlatiladigan usul. O’quvchilar orasida dars jarayonida mavzuni o’qish, yozish, esihitish orqali shunga nisbatan javob qaytaruvchi kinestetik faol o’quvchilarni aniqlaydi. Bu metod yordamida qaysi o’quvchilarda yangi mavzu yuzasidan qay darajada yangi bilim, ko’nikma hosil qilinganligi tezda aniqlanadi.
Kaizen” metodi. Yangilanish , ishlab chiqarish, muhandislik kabifaoliyatlar falsafasi va amaliyotning surunkali yaxshilanishni tadbiq etuvchi turiga aytiladi. “Kaizen”da muammolarni bartaraf etishda ularga « Xush keldingiz muammolar » shaklida yaqinlashiladi. Chunki, muammosiz yerda rivojlanish ham kuzatilmaydi. Bunda nimani boshqacha qilish kerak edi ? Nima uchun bu xatoga yo’l qo’yildi ? Xatoni takrorlamaslik yoki bartaraf etish uchun nima qilish lozim ? kabi savollarga javob izlanadi. Eng asosiysi ushbu mavzuda bu metodni qo’llash hozirgi kundagi eng dolzarb – zamonaviy ekologik muammolar va ularning yechimlari haqida fikr yuritishni taqozo etadi.
Learning station” metodi. “Bilim stansiyasi” Bu metodda o’quvchilar 4ta guruhda ishlaydi. 4ta stansiya har bir stansiyaning o’z maqsadi bor. Har bir stansiya topshirig’i uchun 4 daqiqadan vaqt beiladi, jami 16 daqiqa. Har bir stansiya topshiriqlarni ketma-ketlikda barcha guruh o’quvchilari bajaradilar.
Jigsaw” metodi.Guruhli boshqotirma, jumboq texnikasi, guruh ishining didaktik usuli hisoblanadi.Bu usuldan foydalanganda o’quvchilar bir-biriga ijobiy bog’liq bo’ladilar, mas’uliyatni o’rganadilar, jamoada ishlaydilar.
Dars jarayonlarida innovatsion ta’lim metodlarini qo’llash orqali o’quvchilarni erkin fikrlashga va ularning bilimlarini rivojlantirishga erishish mumkin.



Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling