O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasi navoiy shahar xalq ta`limi muassasalari faoliyatini metodik ta`minlash va tashkil etish bo`limi


Download 1.15 Mb.
bet2/2
Sana27.08.2020
Hajmi1.15 Mb.
#127822
1   2
Bog'liq
6-sinf uruglanish



DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI

MAVZU: URUG’LANISH

BOTANIKA



  1. Darsning maqsad va vazifalari

(metodikada darsning maqsadi vazifaga aylanadi)

Urug’lanish mavzusi asosida o’quvchilarga bilim va ko’nikmalar hosil qilish. Gulning asosiy organlari bo’lmish – changchi va urug’chining tuzilishini o’rganish.

O’quvchilarga qo’sh urug’lanish jarayonining mohiyatini ochib berish



  1. Darsning mazmuni

Qo’sh urug’lanish haqida tushuncha berish. O’quvchilarning tabiatga bo’lgan mehrini oshirish.

  1. O’quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi. Texnologiya – o’quv jarayonini to’liqligicha egollovchi tizimli ketma-ketlik natijasi.

Shakl – savol javob, suhbat

Metod – klaster, kichik guruhlarda ishlash

Vosita – rangli plakatlar, urug’lanish sxemasi aks ettirilgan jadval, prezentatsiyalar, krossvordlar plakati, marker.


  1. Kutiladigan natija

O’qituvchi :

Urug’lanish mavzusi haqida bilim berish hamda ko’nikma hosil qilish, yangi ma’lumotlar bilan darsni boyitish.

O’simliklarda qo’sh urug’lanishning mohiyati haqida ma’lumot berish


O’quvchi:

O’quvchilar o’simliklarda urug’lanish haqida ma’lumotga ega bo’ladilar. O’quvchilarning tabiatga bo’lgan qiziqishi ortadi va ularning darsga bo’lgan faolligi ortadi.



  1. Kelgusi rejalar

O’qituvchi:

Mavzuni yangi ma’lumotlar bilan boyitish. Mavzuni o’tishda samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan holda dars tashkil etish.



O’quvchi:

Tabiatga va darsga bo’lgan qiziqishi ortadi. O’quvchilar mustaqil fikrlashga o’rganadilar. O’quvchilar fanga oid qiziqarli ma’lumotlarni o’rganadilar.








Sana : 6. 10. 12



Fan :

Botanika




Sinf : 6 “M”



Kalendar tematik rejaga ko’ra dars mavzusi

Urug’lanish






Darsning maqsadi:

  1. Ta’limiy: o’quvchilarga o’simliklarda qo’sh urug’lanish jarayonining mohiyatini tushuntirish, Gulning asosiy organlari bo’lmish – changchi va urug’chining tuzilishini o’rganish.

  2. Tarbiyaviy : o’quvchilarni ilmiy – dunyoqarashini rivojlantirish, ularning tabiatga bo’lgan mehrini oshirish

  3. Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni dunyoqarashini kengaytirish.






Davlat ta’lim standarti yoki maktab direktori tasdiqlagan kalendar tematik rejaga mosligi (bo’limni, bo’limga kiruvchi mavzularni va tanlovga taqdim etilgan darsning tartib raqamini ko’rsating)

Gul bo’limi, 5-mavzu, 20 –bet.






Dars tipi: yangi bilim berish

Dars uslubi: aralash

Dars usuli: klaster, kichik guruhlarda ishlash





Dars uchun zarur bo’lgan manbalar tavsifi: plakatlar; prezentatsiyalar; krossvordlar tablitsasi. Darslik mavsuga doir plakat va rasmlar, urug’lanish sxemasi aks ettirilgan tablitsa, qog’oz , markerlar.



Bosqichlar va vaqt ko’rsatilgan holda dars sxemasi. Dars sxemasi quyidagi bandlarni o’z ichiga olishi mumkin: kirish, mavzuni o’rganish (o’qituvchining bergan ma’lumoti va o’quvchilarning mustaqil ishlashi),

1. Tashkiliy qism. 1 minut

2. Kirish: O`quvchilarni guruhlarga bo`lish. 2 minut

3. Mavzuni o’rganish. 34 minut

(Mavzuga kirish qismi, terminlar, internetdan olingan yangi ma`lumotlar va darsning faol interaktiv qismi)

4. Baholash. 2 minut

5 Xulosa. 4 minut

6. Uy vazifasi. 2 minut





Dars yangi materialini va uning interfaol qismini bayon qilgan dars konspekti (Texnologik xarita shaklida berish zarur)

1 Tashkiy qism : salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilar va sinfxonaning darsga tayyorgarligi.

2. Kirish qismi ;o’quvchilarni guruhlarga ajratish va mavzuni e’lon qilish.

3. Mavzuni o’rganish ( o’qituvchining bergan ma’lumoti va o’quvchilarning mustaqil ishlashi).



Yangi mavzu bayoni:

Changchi va ururg’chidagi jinsiy hujayralarning qo’shilish jarayoni urug’lanish deyiladi. Bu yangi organism demakdir.

Chang o’simliklarning turiga qarab, har xil shaklda va kattalikda bo’ladi. Har bir chaang donachasi mayda-yirik ikkita hujayradan iborat. Ana shu hujayralarning yirigi – vegetativ, maydasi – generativ (jinsiy) hujayra deb ataladi. Ularning har birida sitoplazma va mag’iz bo’ladi. Urug’chi tumshuqchasiga tushgan chang asta sekin o’sa boshlaydi. Uning vegetativ hujayrasi o’sib, uzun va ingichka nay hosil qialdi. Ikkinchisi bo’linib, ikkita sperma hosil qiladi. Chang naychasi tez o’sib tuguncha tomon boradi. Hosil bo’lgan ikkita sperma chang naychasi orgqali urug’kurtakka borib, ichkari kiradi. Shu vaqtning o’zida urug’kurtak ichida tuxum hujayra va markaziy hujayralar yetilgan bo’ladi. Spermalardan biri tuxum hujayra bilan, ikkinchisi markaziy hujayra bilan qo’shiladi. Bu jarayon gulli o’simliklarda qo’sh urug’lanish deb nomlanadi.

Urug’kurtakning urug’langan hujayralri ko’p marta bo’lina boshlaydi. Urug’langan tuxum hujayradan murtak, urug’langan markaziy hujayradan endosperm rivojlanadi. Murtak bilan endosperm birgalikda urug’ hosil qiladi.shunday qilib qo’sh urug’lanishdan so’ng urug’kurtak urug’ga ayalandi. Uning po’stidan shu urug’ni o’rab turadigan po’st, tuguncha va gulning boshqa qismlaridan meva hosil bo’ladi.




Dars yangi materialini va uning interfaol qismini bayon qilgan dars konspekti .

Dars jarayonida albatta internetdan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi. Shu bilan birgalikda darsning faol interaktiv usulida, musobaqa tarzida o`tkaziladi. O`quvchilarni guruhlarga quyidagicha bo`lamiz:


Birinchi guruh – “Chang” guruhi.

Ikkinchi guruh “Urug’kurtak” guruhi

Uchinchi guruh “Endosperma” guruhi
I-shart:

Guruhlarga bo;lingan o’quvchilar guruhlarining nomini izohlaydilar.


Chang guruhi : biz “chang” guruhi – shubhasizki, chang nima ? u qanday tuzilgan degan savol tug’iladi. Chang o’simliklarning turiga qarab har xil shaklda bo’ladi. Uni zamonaviy mikroskoplarda ko’rish mumkin. Har bir chang donachasi mayda-yirik ikkita hujayradan iborat. Ana shu hujayralarning yirigi – vegetativ, maydasi – generativ (jinsiy) hujayra deb ataladi. Ularning har birida sitoplazma va mag’iz bo’ladi.


II guruh: Urug’kurtak guruhi.

Urug’kurtak tushunchasini izohlashimizdan oldin biz gulning urug’chisi haqida tasavvurga ega bo’lishimiz kerak. Urug’chi uch qismdan iborat: tumshuqcha (yuqori), ustuncha (o’rta), va tuguncha (pastki) qismi. Urug’kurtak tugunchaning ichida joylashgan bo’lib, unda markaziy va tuxum hujayarlar yetiladi.


III guruh. Endosperma guruhi.

Qo’sh urug’lanish jarayonida rug’langan tuxum hujayradan murtak, urug’langan markaziy hujayradan endosperm rivojlanadi. Murtak bilan endosperm birgalikda urug’ hosil qiladi. Demak endosperm urug’ning tarkibiy qismi ekan.


II shart:

O’quvchilarga “to’g’risini Tanla” nomli o’yin o’tkazilish buyuriladi. Bunda maxsus (o’qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo’yilgan) plakatlarga urug’lanish mavzusiga oid tushunchalarning to’grilarini belgilaydilar.


Birinchi guruh “Chang guruhi” ga:

  • Changdonda yetilgan chang donachalarining urug’chi tumshuqchasiga tushishiga urug’lanish deyiladi

  • Bitta changdonda o’nta chang donachalari bo’ladi

  • Chang donachalarini lupada ham ko’rish mumkin

  • Har bir chang donachasi mayda yirik ikkita hujayradan iborat

  • Urug’chi tumshuqchasiga tushgan chang yopishqoq shira orqali ushlanib qoladi

  • Ushlanib qolgan changning generativ hujayrasi o’sib, uzun va ingichka nay hosil qiladi

  • Chang naychalari turlicha tezlikda o’sadi

  • Ikkita sperma urug’kurtak ichiga kirib u yerdagi hujayralarni urug’lantiradi

  • Urug’langan tuxum hujayradan endosperm hosil bo’ladi

  • Qo’sh urug’lanishdan so’ng urug’kurtak urug’ga aylanadi

Ikkinchi guruh “urug’kurtak guruhi” ga:




  • Changchi va urug’chi jinsiy hujayralarining qo’shilish jarayoniga urug’lanish deyiladi

  • Bitta changdonda yuzlab va minglab chang donachalari bo’ladi

  • Chang donachalarini lupada ham ko’rish mumkin

  • Har bir chang donachasi mayda yirik ikkita hujayradan iborat

  • Agar tugunchada faqat bitta urug’kurtak bo’lsa, u urug’langandan so’ng bir urug’li meva hosil qiladi

  • Urug’chi tumshuqchasiga tushgan chang yopishqoq shira orqali ushlanib qoladi

  • Ushlanib qolgan changning generativ hujayrasi o’sib, uzun va ingichka nay hosil qiladi

  • Chang naychalari bir xil tezlikda o’sadi

  • Lola bir nechta urug’li meva hosil qiladi

  • Urug’langan markaziy hujayradan endosperm hosil bo’ladi

  • Qo’sh urug’lanishdan so’ng tuguncha va uning boshqa qismidan meva hosil bo’ladi

Uchinchi guruh “Endosperm”ga:




  • Changchi va urug’chi jinsiy hujayralarining qo’shilish jarayoniga changlanish deyiladi

  • Chang donachasining yirik hujayrasi generative hujayradir

  • Chang donachasining mayda hujayrasidan uzun va ingichka nay hosil bo’ladi

  • G’o’za bir nechta urug’li meva hosil qiladi

  • Urug’chi tumshuqchasiga tushgan chang tumshuqcha yuzasining notekisligi orqali ushlanib qoladi

  • Murtak bilan endosperm birgalikda urug’ni hosil qiladi

  • Chang naychalari turlicha tezlikda o’sadi

  • Ikkita sperma urug’kurtak ichiga kirib u yerdagi hujayralarni urug’lantiradi

  • Urug’langan tuxum hujayradan murtak hosil bo’ladi

  • Olcha bir uurg’li meva hosil qiladi

Bu topshiriqni o’quvchilar qiziqib va kim tez bajarar tarzida yozdilar: birinchi bo’lib “endosperm”guruhi yozib bo’ldi.



Qolgan ikkala guruh baravariga bajarishdi.
II shart “Aqlni charxlaymiz” deya nomlanib, bunda har bir guruhga alohida alohida krossvordlar aks ettirilgan plakatlar topshiriladi:
Birinchi guruh “Chang” guruhining krossvordi:









U




























R



















U































G’







L



















A




























N

























I







Sh

























  1. Urug’kurtakdagi yetilgan hujayralardan biri

  2. Chang donachasining huajyralaridan biri

  3. Gulning muhim organi

  4. Urug’lanishdan so’ng urugkurtak nimaga aylanadi

  5. Bir nechta urugli meva hosil qiladigan gulning nomi

  6. Urugkurtakdagi yetilgan hujayralardan biri

  7. Urug’langan markaziy hujayradan nima rivojlanadi

  8. Bir urugli meva hosil qiladigan o’simlik

Ikkinchi guruh “Urug’kurtak” guruhining krossvordi:



  1. Urug’langan tuxum hujayradan nima hosil bo’ladi?

  2. Chang donachasining huajyralaridan biri

  3. Gulning muhim organi

  4. Urug’lanishdan so’ng urugkurtak nimaga aylanadi

  5. Urug’kurtakdagi yetilgan huayralardan biri

  6. Urugchining qismi

  7. Urug’langan markaziy hujayradan nima rivojlanadi

  8. Changdonda nima yetishadi?

Uchinchi guruh “Endosperm” guruhing krossvordi










U































R



















U































G’
















K






















U


































R













T










A










K












E




























N






















D













O







S






















P










E



















R






















M





















  1. Chang donachasining hujayrasidan biri

  2. Generative hujayra qanday hujayra?

  3. Chang qayerda yetiladi

  4. Generative hujayradan nima hosil bo’ladi

  5. Tugunchadan nima hosil bo’ladi

  6. Urugkurtakdagi yetilgan hujayralardan biri

  7. Uruglangan tuxum hujayrdan nima hosil bo’ladi?

Bu shartni esa birinchi bo’lib urug’kurtak guruhi to’gri va tez bajardi, ikkinchi bo’lib “endosperm” va uchinchi bo’lib “chang” guruhi bajardi
Mavzuni mustahkamlsh uchun savollar:

  1. Urug’lanish deb nimaga aytiladi?

  2. Chang qanday hujayralardan iborat?

  3. Qay vaqtda bir urug’li meva hsoil bo’ladi? Misollar keltiring.

  4. Ko’p urug’li meva hosil qiladigan o’simliklarni ayting.

  5. Qo’sh urug’lanish jarayonini kim aniqlagan?

Baholash: Men o’quvchilarni baholash uchun ballar jamg’armasini tayyorladim va foydalandim.



Buning uchun chang, endosperm va urugkurtak so’zlarini ballar jamg’armasiga yopishtirib har bir guruh olgan ballarni jamg’armaga soldim va ballarni olib jamlab guruhlarning to’plagan ballarini e’lon qildim “chang”guruhi bugungi darsimizda g’olib topildi. Yaxshi qatnashgan o’quvchilarning kundaliklariga baholarini qo’ydim. Dars so’nggida mavzuga qo’shimcha qilib mavzuni mustahkamladim. O’quvchilarning qiziqtirgan savollariga javob berdim va men ularga uyga vazifa sifatida urug’lanish sxemasining rasmlarini chizishni, o’tilgan mavzularlarni mustahkamlashni va darsda olgan bilimlariga doimo amal qilishi lozimligini aytdim.

Uyga vazifa : mavzuni mustahkamlash, 20-betdagi 20 va 21-rasmlarni chizib kelish
Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling