O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


-mashq. "Kamalak" mashg‘uloti. (10 daqiqa)


Download 301 Kb.
bet3/4
Sana04.11.2023
Hajmi301 Kb.
#1748175
1   2   3   4
Bog'liq
ПАСТ ЎЗЛАШТИРУВЧИ ЎҚУВЧИЛАР билан ишлаш

2 -mashq. "Kamalak" mashg‘uloti. (10 daqiqa)





Maqsad:

  • o‘quvchilarni fanlarni o‘rganishga undash;

  • fanlarni o‘rganishda asosiy maqsadni aniqlash;

  • o‘quvchilarda o‘quv faoliyatini to‘g‘ri rejalashtirish qobiliyatini rivojlantirish.

Ishtirokchilar soni: ishtirokchilar juft bo‘lib olishi maqsadga muvofiqdir.
Mashg‘ulot uchun vaqt: 10 daqiqa.
Kerakli jihozlar: har bir ishtirokchi uchun A4 varaqli qog‘oz, rangli qalamlar, bo‘yoqlar.
Mashg‘ulotning borishi:
Mashg‘ulot boshida trener har bir o‘quvchiga qog‘oz va quyidagi ko‘rsatmalarni beradi: "Tasavvur qiling, aynan siz uchun yomg‘ir va quyoshdan kamalak to‘qildi. Kamalakning yer bilan kesishgan bir uchi hozirgi vaqtingiz va bir uchi kelajagingizdir, hamda bu fanlarni o‘zlashtirishda va uni o‘rganish jarayonida haqiqiy oladigan bilimlaringizdir. Kamalak ranglariga e’tibor qarating. Har bir rangga kelajakda erishmoqchi bo‘lgan rejalaringizni ketma ketlikda yozib chiqing".
Trener o‘quvchilar kamalak chizib bo‘lgandan so‘ng, ularga bilim olishdan maqsadni iloji boricha aniqroq ko‘rsatishni va uni kamalak ostiga chizishni so‘raydi. So‘ng o‘quvchilar bilan munozara o‘tkaziladi, unda fanlarni o‘rganish zarurligini muhokama qilishadi, shuningdek savollarga javob berishadi:
1. Fanlarni o‘zlashtirishimda mendan nimalar talab qilinadi?
2. Fanlarni o‘zlashtirishda atrofdagilarni qanday ta’siri bor?
3. Fanlarni o‘zlashtirish uchun nimalardan voz kechishim kerak?
4. Mening maqsadlarga munosibatim?
Munozaradan so‘ng, xar bir o‘quvchi o‘zi chizgan rasmini yana bir bor ko‘zdan kechirib, hayotda erishmoqchi bo‘lgan masadlariga erishishda olgan bilimlari qay darajada yordam bera olishining ketma ketligini ko‘rib chiqadi.

3-mashq. “Botqoqdagi timsoh” mashg‘uloti. ( 10 daqiqa)



Maqsad:
Maqsadga muvofiq harakat faolligini, idrokning ko‘lamini kengaytirish, diqqat va harakat idrokini rivojlantirish.

Download 301 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling