O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


Download 301 Kb.
bet2/4
Sana04.11.2023
Hajmi301 Kb.
#1748175
1   2   3   4
Bog'liq
ПАСТ ЎЗЛАШТИРУВЧИ ЎҚУВЧИЛАР билан ишлаш

II. Asosiy qism.

Ideal o‘quvchi





1 -mashq. "Ideal o‘quvchi" mashg‘uloti. ( 10 daqiqa)
Maqsad: o‘quvchilarda maqsad va orzularni to‘g‘ri tanlashni, ularni amalga oshirishda uchraydigan to‘siqlarni yengish yo‘llarini rivojlantirish.
Ishtirokchilarlar soni: 2 ta teng guruhga bo‘linadilar.
Mashg‘ulot uchun vaqt: 10 daqiqa.
Kerakli jihozlar: 2 ta vatman qog‘oz, rangli qalamlar, bo‘yoqlar.
Mashg‘ulotning borishi:
Keling bugun biz ideal o‘quvchining qiyofasini tuzamiz. Hayotda ideal o‘quvchi o‘z oldiga qanday maqsadlar qo‘ya oladi, yaxshi o‘qishi uchun nima undashini yozamiz, keyin esa biz maqsadlarini amalga oshirishda u nimalarga qodirligini aniqlaymiz. Avval siz shu o‘quvchini chizing va unga ism bering. Rasm ichida chiroyli tarzda uning kelajakdagi barcha maqsadlarini, hayotda erishmoqchi bo‘lgan orzularini, bir so‘z bilan aytganda, hamma narsani yozamiz.
Ishning boshida ikki guruhga bo‘linamiz. Har bir jamoaga qog‘oz va markerlar beriladi. Sizning vazifangiz - o‘quvchini chizish va unga ism berish. U o‘g‘il bola yoki qiz bola bo‘lishi mumkin. Har bir jamoa mustaqil ishlaydi. Birinchi navbatda har bir ishtirokchi hayotda nimaga erishmoqchi, shaxsan u uchun nima muhimligi haqida o‘ylaydi. Keyin har bir jamoa olingan natijalarni muhokama qiladi va eng ko‘p uchraydigan ijobiy javoblarni chizgan rasmingizni ichiga yozing.
Endi ana shu maqsadlarga erishish uchun nima to‘sqinlik qilishi mumkin? Ana shu to‘sqinliklarni qora marker bilan yoy (strelka) yordamida yozib chiqing.
Biz siz bilan chizgan ideal o‘quvchingizni nimalarga erishmoqchi ekanligini, orzularini, bu orzulari yo‘lidagi to‘siqlarni ko‘rib chiqdik. Endi esa shu o‘quvchi, ya’ni siz nomlagan Alisher (majoziy nom), yaxshi o‘quvchi bo‘lish uchun nima qila oladi?
Muhokama uchun savol variantlari:

  • O‘zaro hurmat deganda nimani tushunasiz?

  • O‘qishda, hayotda o‘zaro xurmat muhimmi?

  • Bu esa inson hayotida ahamiyatga egami?




Download 301 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling