O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH VA PSIXOLOGIK -PEDAGOGIK RESPUBLIKA TASHXIS MARKAZI
“Fanlarni past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ishlash” mavzusida trening mashg‘uloti ishlanmasi
Toshkent-2021-yil
“Fanlarni past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ishlash” mavzusida trening mashg‘uloti ishlanmasi.
Maqsad:
o‘quvchilarda fanlarni o‘zlashtirishda psixologik ko‘nikmalarini va darslarga bo‘lgan qiziqishlarini shakllantirish;
o‘quvchilarda o‘qishga bo‘lgan ijobiy motivatsiyani shakllantirish;
o‘quvchilarga bilim olishning asosiy sabablarini tushunishga yordam berish.
Vazifa:
Idrok va kuzatuvchanlik, ziyraklikni rivojlantirish.
O‘quvchining tafakkurini rivojlantirish.
Diqqat, xotira va harakat koordinatsiyasini rivojlantirish;
Ijobiy o‘quv motivlarini rivojlantirish.
Mashg‘ulotning davomiyligi - 45 daqiqa.
I. Kirish
Kichik ma’ruza: ( 5 daqiqa)
Inson hayotda erishadigan natijalarning faqat 20-30%ga aql bilan va 70-80%ga motiv bilan erishadi. O‘quv faoliyati ichki va tashqi motivga bo‘linadi.
Ichki motivlarga quyidagilar kiradi:
aqliy qobiliyatlarni rivojlantirish;
o‘zini takomillashtirish;
bilish;
muvaffaqiyatga bo‘lgan ehtiyoj.
Ichki motivlar eng samarali hisoblanadi, chunki ular inson uchun muhim va zarur qiziqishiga asoslanadi.
Tashqi motivlar quyidagilar:
mulolqot;
bajargan vazifasi uchun taqdirlanishi.
Aqliy xujum:
Trener o‘quvchilarga savol beradi:
Fanlarni o‘zlashtirishda sizga qanday sabablar to‘g‘anoqlik qiladi?, o‘quvchilar o‘z mustaqil fikrlarini bildiradilar.
Trener: Ba’zida o‘qishga diqqatni jalb qilish juda qiyin bo‘lib qoladi, ayniqsa atrofingizda juda ko‘p qiziqarli narsalar sodir bo‘layotganda: telefonda siz bilan muloqotga mushtoq do‘stlar bilan "aloqada" bo‘lish istagi, do‘stingizning qiziqarli hikoyasi, yaqin do‘stingiz bilan kechki sayrga chiqishni rejalashtirish, o‘qituvchining zerikarli ovozi va shunchaki hech narsa qilishni xohlamaslik. Bekorchilikning sabablari juda ko‘p.
Do'stlaringiz bilan baham: |