O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


Amaliy qism “Skrepka” mashqi (5 daqiqa)


Download 490.5 Kb.
bet30/62
Sana12.11.2023
Hajmi490.5 Kb.
#1768706
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62
Bog'liq
Sog\'lom avlod dasturi

Amaliy qism
Skrepka” mashqi (5 daqiqa)
Maqsad: Sog‘liqni yo‘qotib qo‘yish oson va tiklash qiyinligi haqida tasavvurni shakllantirish.
Jihozlar. Har bir ishtirokchi uchun skrepka donasi.
Jarayon. Trener har bir ishtirokchiga skrepka beradi va uni to‘g‘irlashni so‘raydi. Keyin ishtirokchilar o‘zlarida paydo bo‘lgan narsani namoyish qiladilar. Shundan so‘ng trener skrepkani o‘z shakliga qaytarishni va natijalarni namoyish qilishni so‘raydi.
Xulosa.

  • Tasavvur qiling, skrepka – bizning sog‘lig‘imiz ramzi. O‘z sog‘lig‘imizga zarar yetkazgach, uni tiklash uchun ancha harakatlar qilishimiz kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, uni asli holatiga qaytarish mushkul. Shu sabab sog‘liqni saqlab qolishga harakat qilish darkor.

Kichik guruhlarda ishlash (5 daqiqa)
Har bir guruh Kashandalik bo‘yicha infografika yoki plakat tayyorlashlari kerak.
Trener uchun izoh: Agar plakatlar tayyorlash uchun zarur narsalar bo‘lmasa, ishtirokchilarga ushbu mavzu bo‘yicha rolli o‘yin tayyorlashlarini taklif qiling. Muhimi, ularning rolli o‘yinlari bo‘yicha munozaralarini to‘g‘ri tashkillashtirish kerak.(Rolli o‘yin bo‘yicha munozara bo‘limini ko‘ring).
Infografika – (Lotincha informatio – xabar berish, tushuntirish, bayon qilish) – axborot, ma’lumot va bilimlarni grafik usulda taqdimot etish bo‘lib, asosiy maqsadi murakkab axborotni tez va aniq bayon qilishdir.
1 guruh: Ayollar(qizlar) salomatligiga ta’siri
2 guruh: Erkaklar (ug‘il bolalar) salomatligiga ta’siri
Guruhlar taqdimoti va uning muhokamasi (20 daqiqa)
Muhokama paytida barcha ishtirokchilarni jalb qilishga harakat qiling.

Yo‘q deb ayting” o‘yini.


Ishtirokchilar aylana bo‘lib o‘tirishadi. Ularning har biriga zararli odatlardan voz kechishning uch xil variantini o‘ylab topish topshirig‘i beriladi. Trener sigaret shaklini beradigan markerni oladi va ishtirokchilardan birining uni olishini so‘raydi, ishtirokchi olishdan voz kechadi. Voz kechish ehtiyotkorlik bilan, biroq qat’iy bo‘lmog‘i lozim. Shundan so‘ng, marker ishtirokchining qo‘liga o‘tadi va u endi o‘z qo‘shnisini markerni olishga ko‘ndiradi. O‘yin to hamma yutqizguncha aylana bo‘ylab davom etadi.
Muhokama. Trener guruhga savol beradi:
Arzigulik voz kechishlarni tanlash oson kechdimi?
Voz kechishning qaysi varianti eng samarali bo‘ldi? Nima uchun?
Ishtirokchilar ko‘ndiruvchi va voz kechuvchi rollarida o‘zlarini qanday his etdilar?
Voz kechishning yana qanday shakllari bor?

Download 490.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling