«Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonunning 15-moddasiga muvofiq, turmush qurmoqchi bo‘lgan yoshlar OIV infeksiyasi bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkaziladi, agar ularda kasallik aniqlansa, dispanser nazoratiga olinadi.
Yer yuzida ushbu kasallik bilan yashayotgan odamlar soni 34 milliondan allaqachon oshdi. Bir kunda taxminan 7 ming 400 nafar odam bu kasallikni yuqtirib olmoqda. Kasallik turli yoshdagi aholi orasida, ayniqsa, navqiron 20-49 yoshlilar o‘rtasida ko‘plab qayd etilishi xatarlidir.
OIV infeksiyasi – odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan surunkali yuqumli kasallik hisoblanib, virus bemor odam organizmida butun hayoti davomida saqlanib qoladi
Amaliy qism
“Ha. Yo‘q. Bilmadim” mashqi (20 daqiqa)
Maqsad:
OIVning yuqish yo‘llarini guruhlarda ishlash orqali ko‘rib chiqish
va ishtirokchilar orasida noto‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lganlarga to‘g‘ri ma’lumot yetkazish.
Jarayon.
Ishtirokchilarni o‘rtaga olib, ularga jarayonni tushuntiring.
Hozir men OIV ning yuqish yo‘llarini birma bir aytib o‘tganim sari, shu yo‘l orqali yuqishi mumkin deb hisoblagan ishtirokchilar - o‘ng tomonga bir qadam tashlab o‘tadilar, “Yo‘q” deb hisoblaganlar - chap tomonga bir qadam qo‘yib o‘tadilar, bilmaydiganlar o‘rtada qolib turadilar. Shunda har bir to‘g‘ri tomonga o‘tgan ishtirokchini rag‘batlantirib aynan to‘g‘ri bo‘lganini talqin qilib berish kerak, noto‘g‘ri turib qolgan ishtirokchilarga esa nima uchun bu yo‘l bilan yuqmasligini tushuntirib o‘tish kerak.
Savollar:
Qon orqali -
|
yuqishi mumkin
|
Sochiq orqali –
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |