O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi


Malaka talabining maqsad va vazifalari


Download 75.71 Kb.
bet3/13
Sana14.12.2022
Hajmi75.71 Kb.
#1003985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Kompyuer operatori-kotiba

3.Malaka talabining maqsad va vazifalari
3.1. Malaka talabining asosiy maqsadlari quyidagilardir:
Kompyuter operatori-kotib(a) kasbi bo‘yicha sifatli kasb o‘rgatishning mazmuni va yakuniy maqsadi talablariga to‘g‘ri kelishini ta’minlash;
3.2. Malaka talabining asosiy vazifalari quyidagilardir:
– Kompyuter operatori-kotib(a) kasbi bo‘yicha kasbga o‘rgatish sifatiga qo‘yiladigan zaruriy talablarni belgilash;

  • o‘quv reja va o‘quv dasturlar, bitiruvchilarga egallagan bilim va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajalarini nazorat qilish usullari va baholash mezonlari to‘g‘risidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish uchun zamin yaratish.

4. Ta’riflar
Mazkur malaka talabida quyidagi atamalar va ta’riflardan foydalanilgan:
kasb – maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida ma’lum bir sohada kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun lozim bo‘lgan nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikma va malakalar majmuasini egallagan, jismoniy imkoniyat, aqliy qobiliyat va yuridik huquqlari ta’minlangan mehnat faoliyati (mashg‘uloti)ning turidir.
ko‘nikma - muayyan vazifani bajarish uchun egallangan qobiliyat
malaka talabi – uzluksiz ta’lim tegishli bosqichi bitiruvchisining umumiy bilim va kasb tayyorgarligi darajasiga qo‘yiladigan talablar;
kasbiy faoliyat sohasi – ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ishlab chiqarishda namoyon bo‘ladigan kasbiy faoliyat ob’ektlarining majmui;
kasbiy faoliyat ob’ekti – predmetlar, voqeliklar, jarayonlar va faoliyat doirasida harakatga yo‘naltirilgan tizimlar;
kasbiy faoliyat turi – kasbiy faoliyat ob’ektiga ta’sir qilishning usullari, uslublari va tavsifi;
o‘quv rejasi – o‘quv faoliyati turlari, o‘quv amaliyotlari (modullari) va ishlab chiqarish amaliyotlari tarkibi, ularni o‘rganish izchilligi, soha va tarmoqlarda ish turlarining mavsumiyligini hamda soatlardagi hajmini belgilaydigan hujjat;
o‘quv amaliyoti – nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini integratsiyalashga qaratilgan o‘quv jarayonining elementi.

Download 75.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling