V. «Kreativ pedagoglar» to‘garakda ishtirok etish
1. Mazkur Nizom qoida va talablari hamda to‘garakning ish faoliyatini ma’qullagan iqtidorli, iste’dodli talaba yoshlari jamoaga qabul qilinadi.
2. « Kreativ pedagoglar» to‘garagi universitet va uzluksiz ta’lim tizimi tarkibiy qismi, AL va KHK bilan universitet kafedralarining umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalaridagi filiallarining o‘quvchilarini ham jamoaga jalb etiladi.
VI. « Kreativ pedagoglar » to‘garak tashkil etish va unga raxbarlik qilish
To‘garak fakul’tet dekani tavsiyasi asosida rektorning buyrug’i bilan tashkil etiladi. Unga tajribali professor - o‘qituvchilar rahbarlik qiladi va yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ul prorektor nazorati ostida fakultet dekani tomonidan boshqariladi hamda fakultet ilmiy kengashiga muntazam hisobot beradi.
To‘garak raxbarining vakolatlari:
– To‘garak nizomiga o‘zgartirishlar va to‘ldirishlar kiritish tashubbusi bilan chiqadi;
– to‘garak ishtirokchilari sonini belgilaydi.
– to‘garak vakolatlarini va uning asosiy faoliyat yo‘nalishlarini belgilaydi.
to‘garak a’zolari tomonidan taqdim etilgan dasturiy xujjat, loyixa va kontseptsiyalarni muxokama qiladi va ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qiladi;
– to‘garak faoliyatini takomillashtirishga doir turli taklif va tashabbuslar bilan chiqadi;
to‘garak rahbarida quyidagi meyoriy–xuquqiy xujjatlar bo‘lishi lozim;
– Oliy ta’lim muassasalarida to‘garaklarni tashkil qilish nizomi;
– to‘garak dasturini tuzish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar fakultet ilmiy kengash tomonidan tasdiqlangan to‘garakning yillik ish rejasi;
– ishtirokchilarning davomatini qayd qilish jurnali to‘garak ish jadvali;
– to‘garak ishtirokchilarining ro‘yxati.
to‘garak yig’ilishlarini o‘tkazish uning hususiyatidan kelib chiqib belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |