O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi


Download 106.25 Kb.
Pdf просмотр
Sana21.11.2017
Hajmi106.25 Kb.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI

O‘zbekiston Respublikasi Xalq

ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta

maxsus ta’lim vazirligining 2010-yil

1-iyuldagi qo‘shma hay’at majlisi

qarori bilan tasdiqlangan.



F I Z I K A

  

UZVIYLASHTIRILGAN O‘QUV DASTURINI

JORIY ETISH BO‘YICHA TAVSIYA VA

TAQVIM-MAVZU REJALAR

(6

−−−−−9-sinflar)

TOSHKENT−2010


Tuzuvchi

Z.SANGIROVA



Nashr uchun mas’ullar:

Y.ASADOV, I.ZOKIROV, N.TURDIYEV,

A.ASQAROV

Muvofiqlashtiruvchilar:

G.USMONOVA, M.VAHOBOV



ISBN 978-9943-00-486-3

© «Sharq» NMAK Bosh tahririyati, 2010.

ÁÁÊ 74.262.22

         F 58



3

KIRISH

O‘zbekiston

 

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining



 

1999-yil


 

16-avgust-

dagi 390-sonli qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’limning Davlat

ta’lim standartlariga berilgan sharhlar «2004–2009-yillarda Maktab ta’limini

rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi» doirasida qayta ko‘rib chiqildi.

Tahlillar asosida Davlat ta’lim standartlari bo‘yicha o‘quvchilar

o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar bir-biridan

ajratildi hamda sinflar kesimida alohida-alohida belgilab berildi.

«Barkamol avlod yili» Davlat dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti Davlat maslahatchisi xizmati va Vazirlar Mahkamasi Ta’lim,

sog‘liqni saqlash, ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekom-

munikatsiyalar kompleksining 2010-yil 17-martdagi qo‘shma yig‘ilishi

bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, yuqori

kasb mahoratiga ega o‘qituvchilar, yetakchi olim va mutaxassislarni jalb

etgan holda, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ishchi guruhlari tuzildi.

Mazkur ishchi guruhlar tomonidan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus,

kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va

darsliklari uzviyligi, uzluksizligi hamda o‘quvchilarning yosh va

psixofiziologik xususiyatlariga mosligi ikki bosqichda tahlil qilindi.

Birinchi bosqichda umumiy o‘rta ta’limda o‘qitiladigan 24 ta o‘quv

fani bo‘yicha DTS, o‘quv dasturi va darslik mazmuni sinflar kesimida

tahlil qilinib, tegishli xulosa va takliflar tayyorlandi.

Ikkinchi bosqichda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida

o‘rganilishi davom etadigan 17 ta umumta’lim fanlari, jumladan, fizika

fani bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limning Davlat ta’lim

standartlari, o‘quv dasturlari uzviylik va uzluksizlik jihatidan tahlil qilinib,

o‘quvchilarning ta’lim bosqichlarida egallashlari lozim bo‘lgan bilimlarining

hajmi optimallashtirildi.

Ishchi guruhlar xulosalari va tahlillari, Ilmiy-metodik kengash

tavsiyalari asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika fanidan jami 39

soat hajmdagi 33 ta mavzu optimallashtirildi.

Shundan 37 soat hajmdagi 31 ta (yillik yuklamaning 18,1%) mavzu

akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari yoshiga xosligi sababli

umumiy o‘rta ta’limdan chiqarilib, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga

o‘tkazildi. 6-sinf o‘quv dasturidagi 2 soat hajmdagi  2 ta (yillik yuklamaning

3%)  mavzu  esa 9-sinfga o‘tkazildi.

Ushbu risolada fizika fanidan uzviylashtirilgan o‘quv dasturini amalga

joriy etish bo‘yicha tavsiyalar hamda taqvim-mavzu rejalar keltirilgan.



4

6-SINF O‘QUV DASTURIGA KIRITILGAN

O‘ZGARTIRISHLAR BO‘YICHA DARSLARNI

TASHKIL ETISH YUZASIDAN TAVSIYALAR

6-sinf o‘quv dasturining «Yorug‘lik hodisalari» bobidan 2 soat hajmdagi

2 ta mavzu  9-sinfga o‘tkazildi. Shu soat hisobidan 6-sinf o‘quv dasturining

«Yorug‘lik hodisalari»  bobiga 2 soatlik amaliy mashg‘ulot kiritildi.



I. Darslikdagi (86-bet) «Foydali ish koeffitsienti» mavzusi «Richagning

muvozanatda bo‘lish shartini o‘rganish» laboratoriya ishi bilan almashtirildi.

Taqvim-mavzu rejadagi 35-darsda quyidagi laboratoriya ishidan foydalanish

tavsiya etiladi.

35-dars. Richagning muvozanatda bo‘lish shartini o‘rganish

(Laboratoriya ishi)



Kerakli asboblar: Chizg‘ich, dinamometr, yuklar jamlamasi, shtativ

(muftalari bilan), richag (1-rasm).

1-rasm


5

Ishni  bajarish tartibi

1. Shtativ muftasiga mahkamlangan o‘qqa richag o‘rnatiladi va

uchlaridagi gaykalarni siljitish yo‘li bilan muvozanatga keltiriladi.

Richagning chap yarmiga (masalan, o‘qdan 18 sm masofada) sim  ilgaklar

yordamida ikkita bir xil yuk osiladi va richagni muvozanatlash uchun

shunday 3 ta yukni qayerga osish kerakligini sinab ko‘rish yo‘li bilan

topiladi.

2. Richagning chap tomoniga o‘qdan 10 sm masofada to‘rtta yuk

osiladi. Richagni muvozanatga keltirish uchun uning o‘ng tomonida o‘qdan

20 sm masofada nechta yuk osish lozimligini topish masalasi amalda

yechiladi.

3. O‘ng tomonga o‘qdan 12 sm masofada uchta yuk osiladi. Richagni

muvozanatda ushlash uchun yuklarni osish nuqtasidan 8 sm o‘ngdagi

nuqtaga qanday kuch qo‘yilishi kerakligi dinamometr bilan aniqlanadi.

Bu uchta masalaning yechilishi tajribada olingan natijalariga ko‘ra tegishli

xulosalar chiqarishga yetarlidir; lekin agar vaqt yetarli bo‘lsa, tajriba soni

ko‘paytirilishi mumkin.

Tajriba  natijalari quyidagi jadvalga yoziladi:

Tajriba t/r    F

1

, N     l



1

, sm     F

2

, N    l



2

, sm    F

1

 : F



2

    l

1

 : l



2

1

2



3

Tajriba natijalarini muhokama qilish natijasida richag uchun kuchlarning

muvozanat sharti aniqlanadi va xulosa yoziladi.

Nazorat uchun savollar.

1. Richag qanday mexanizmlarda ishlatiladi?

2. O‘qdan 7 sm masofada osilgan uchta yukni muvozanatlash uchun

bitta shunday yukni richagning qaysi nuqtasiga osish lozim? Hisoblab

topilgan javob tajribada tekshirilsin.

II. 6-sinf o‘quv dasturidagi «Yorug‘lik hodisalari» bobida 53-darsda

o‘rganiladigan  «Fotoapparat» va «Lupa» mavzulari (darslikda 129-bet)

9-sinfga o‘tkazildi. Mazkur mavzularga ajratilgan soatlar «Yorug‘lik

hodisalari» bobidagi mavzularga doir masalalar yechishga berildi. Taqvim-

mavzu rejadagi 51- va 58- darslarda quyidagi materiallardan foydalanish

mumkin.


6

  

  51-dars.  «Yorug‘lik hodisalari» bobiga doir



masalalar yechish

8

A

-mashq.

1.  Soya nima?

2. Nima uchun sinf derazalari o‘tirish o‘rindig‘ining chap tomonida

bo‘ladi?


3. Yorug‘likning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqalishini qanday hodisalar

tasdiqlaydi?

4. Yorug‘lik qanday sirtdan tekis qaytadi, qanday sirtdan sochilib qaytadi?

5. Yorug‘lik nuri havodan suv sirtiga tushib, 40° burchak ostida qaytadi.

Yorug‘likning tushish burchagini aniqlang.

6. Necha xil ko‘zguni bilasiz va ular bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?

7. Kishi ko‘zguga 0,8 m/s tezlik bilan yaqinlashmoqda. U o‘zining tasviriga

qanday tezlik bilan yaqinlashadi?

8. Agar botiq ko‘zguga yorug‘lik manba 2F  masofadan nariga qo‘yilsa,

tasvir qanday bo‘ladi?

9. Buyum botiq ko‘zgudan 200 sm masofada turibdi. Ko‘zguning fokus

masofasi 185 sm. Ko‘zgudan tasvirgacha bo‘lgan masofani toping.

10. Optik kuchi 10 dptr bo‘lgan yig‘uvchi linzadan 12,5 sm masofada

sham turibdi. Uning tasviri linzadan qanday d masofada hosil bo‘ladi

va u qanday?

Uyga vazifa:

1. Avtomobil, trolleybus, tramvay va mototsiklda haydovchi o‘tiradigan

joy yaqiniga uncha katta bo‘lmagan ko‘zgu o‘rnatilgan bo‘ladi. Bu

qanday ko‘zgu? U nima uchun xizmat qiladi?

2. Botiq ko‘zgu buyumni uch marta kattalashtirilgan tasvirini berdi.

Buyum bilan tasvir orasidagi masofa 28 sm. Ko‘zguning bosh

fokus masofasi qancha?

58-dars. «Yorug‘lik hodisalari» bobiga doir



masalalar yechish

9

A

-mashq.

1. Qaysi rangli nur uchburchakli prizmadan o‘tganda eng katta burchakka

og‘adi?

2. Qanday rangdagi nurlar ma’lum nisbatda qo‘shilsa, oq rang hosil



bo‘ladi?

3. Fokus masofasi 20 sm bo‘lgan linzaning optik kuchi qancha bo‘ladi?

4.  Bir  ko‘zingiz bilan i pni ignadan o‘tkazishga  harakat qilib ko‘ring.


7

Nima uchun bunday qilish qiyin?

5. Nima uchun tish shifokorlari botiq sferik ko‘zgudan foydalanadilar?

6. Buyum  yassi ko‘zguga 0,5 m ga yaqinlashtirilsa, tasvir va buyum

oralig‘i qanday o‘zgaradi?

7. Buyum linzadan 4F masofada joylashtirilgan. Shu buyumning ekrandagi

tasviri uning o‘zidan necha marta kichik?

8. Optik kuchi 10  dptr bo‘lgan linzaning fokus masofasini aniqlang.

9. Fokus masofalari F

= 5 sm  va   F



= 5 mm bo‘lgan lupalarning

normal ko‘rish masofasi L

= 25 sm ga akkomodatsiyalangan ko‘z



uchun kattalashtirishlari K

1

 va K



2

 ni toping .

10. Uzoqdan ko‘ruvchi odam kitobni ko‘zdan d = 80 sm dan kam

bo‘lmagan masofada ko‘zni zo‘riqtirmay o‘qiy oladi. Odam normal

ko‘rish masofasi L

= 25 sm da kitobni o‘qiy olish uchun taqishi



zarur bo‘lgan ko‘zoynakning optik kuchi D ni toping.

Shu bilan birga darslikning 128-betida berilgan 9-mashqdan foydalanish

tavsiya etiladi.

Uyga vazifa:

1. 9-mashqdan 4-masala.

2. Optik kuchi 4 dptr bo‘lgan linzaning fokus masofasini aniqlang.


8

7-SINF  O‘QUV DASTURIGA KIRITILGAN

O‘ZGARTIRISHLAR BO‘YICHA DARSLARNI

TASHKIL ETISH YUZASIDAN TAVSIYALAR

7-sinf o‘quv dasturidan jami   akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga

o‘tkazildi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari yoshiga xos bo‘lmaganligi

hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 1-kursida kengaytirilgan

holda takroran o‘rganilayotganligi sababli quyidagi 14 soatlik 12 ta mavzu

7-sinf o‘quv dasturidan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga o‘tkazildi:

1.  Galileyning nisbiylik prinsi pi.

2. Tebranma harakat. Erkin tebranishlar.

3. Tebranishlar amplitudasi, davri va chastotasi.

4. Matematik mayatnikning tebranish davri.

5. Prujinaga osilgan yukning tebranishi.

6. Tebranma harakatda energiyaning aylanishi.

7. Majburiy tebranishlar. Rezonans.

8. Mexanik to‘lqinlar. Ko‘ndalang va bo‘ylama to‘lqinlar.

9. To‘lqin uzunligi, uning tarqalish tezligiga va davri (chastotasi)ga

bog‘liqligi. Tovush to‘lqinlari.

10. Suyuqlik va gazlarda harakatlanuvchi jismga ta’sir etuvchi kuchlar.

11. Harakatlanuvchi suyuqlik va gazlarning bosimi.

12. Quvurda oqayotgan suyuqlikning bosimi bilan tezligi orasidagi

bog‘lanishdan texnikada foydalanish.

Mazkur soatlar hisobidan 7-sinf o‘quv dasturining «Kinematika

asoslari» bobiga (6 soat), «Dinamika asoslari» bobiga (2 soat), «Saqlanish

qonunlari» bobiga (6 soat) amaliy mashg‘ulotlar (laboratoriya ishlari va

masalalar yechishlar) uchun soatlar ajratildi.

I. 7-sinf «Kinematika asoslari» bobiga 6 soatlik masalalar yechishlar

kiritilgan. Taqvim-mavzu rejadagi 5-, 8-, 12-, 15-, 17-, 21-darslarda

quyidagi materiallardan foydalanish mumkin.

5-dars. «To‘g‘ri chiziqli harakat tezligi. Harakatning grafik



tasviri» mavzusiga doir  masalalar yechish

1

A

-mashq.

1.  Tezliklarni m/s ga aylantiring. 36 km/h, 72 km/h,144 km/h,

288 km/h.


9

2.  Harakatlanayotgan passajir poyezdi vagonidagi stolda kitob yotibdi:

Kitob: a) stolga, b) vagon poliga, d) relslarga, e) telegraf ustunlariga

nisbatan tinch holatda  turibdimi yoki harakatlanayaptimi?

3.   O‘rtacha tezligi 100 km/h bo‘lgan poyezd 30 minutda qancha yo‘lni

bosib o‘tadi?

4.  25 m/s tezlik bilan tekis harakat qilayotgan jism 5 km masofani necha

minutda bosib o‘tadi?

5. Elektr poyezdi Guliston shahridan Toshkentga 3 soatda yetib keldi.

Agar shaharlar orasidagi masofa taxminan 150 km bo‘lsa, elektr

poyezdning tezligini toping.

6. 80 km/h tezlik bilan tekis harakat qilayotgan «Matiz» avtomobili

uchun tezlik va yo‘l grafigini chizing.

Darslikda (23-bet) berilgan 1-mashqdan foydalanish mumkin.



Uyga vazifa:

1. Mustaqil ravishda mavzuga doir krossvord tuzish.

2. Tezliklarni m/s ga aylantiring: 54 km/h, 108 km/h, 216 km/h.

3.  Velosi pedchi 25 km/h  tezlik bilan 30  minut harakatlangan. Uning

bosib o‘tgan yo‘lini toping.

8-dars.  «Notekis harakatda tezlik» va «Tekis o‘zgaruvchan



harakatda tezlanish» mavzulariga doir masalalar yechish

2

A

-mashq.

1.  Sharcha suvda cho‘kadi. U har sekundda 10 sm ga teng yo‘l o‘tadi.

Sharning harakat tezligini grafik tarzda tasvirlang. (masshtab:  2 sm —

10 sm/s).

2. 5 m/s tezlik bilan tekis harakat qilayotgan jism  5 minutda qancha

masofani bosib o‘tadi?

3. Traktor birinchi 5 minutda 600 m yo‘l o‘tdi. U shu tezlik bilan

harakatlanib 0,5 soatda qancha yo‘l o‘tadi?

4.  Bir  velosi pedchi 12 s davomida 6 m/s tezlik bilan harakatlangan,

ikkinchi velosi pedchi yo‘lning shu qismini 9 s da  bosib o‘tgan.

Ikkinchi velosi pedchining yo‘lning shu qismidagi o‘rtacha tezligi

qanday?


5. Chang‘ichi tepalikka ko‘tarilayotib 3 km ga teng yo‘lni o‘rtacha

5,4 km/h tezlikda bosib o‘tadi. U pastga tushayotib 10 m/s o‘rtacha

tezlikda 1 km yo‘l o‘tadi. Chang‘ichning butun yo‘l davomidagi o‘rtacha

tezligini toping.



10

6. Jismning tezlanishi  nolga teng bo‘lgan paytda tezligi nolga teng bo‘lishi

mumkinmi?

7. 54 km/h tezlik bilan harakatlanib borayotgan avtomobil tormozlanganda

8 s ichida to‘xtaydi. Avtomobil tormozlanishda qanday o‘zgarmas

tezlanish bilan harakat qiladi?

8. «Neksiya» avtomobili o‘zgarmas tezlanish bilan harakatlanib

borayotganida yo‘lning biror qismida o‘z tezligini 15 dan 25 m/s ga

yetkazdi. Agar «Neksiya» avtomobili  tezlanishi 1,6 m/s

2

 ga teng



bo‘lsa, uning tezligi qancha vaqt ichida mana shunday ortgan?

Uyga vazifa:

1.  Boshlang‘ich tezligi nolga teng bo‘lgan jism to‘g‘ri chiziq bo‘ylab

10 m/s

2

 tezlanish bilan harakat qilganida tezligi 0,5 soat ichida



qanchaga yetar edi?

2. Vagon saralash tepaligidan  pastga harakatlanib, 10 s da 120 m

masofani o‘tadi. Tepalikdan tushib harakatni davom ettirgan holda

vagon butunlay to‘xtaguncha yana 1,5 minutda 360 m yo‘l o‘tdi.

Vagonning butun harakati davomidagi o‘rtacha tezligini aniqlang.

12-dars. «Tekis o‘zgaruvchan harakat tezligi» va «Tekis



o‘zgaruvchan harakatda bosib o‘tilgan yo‘l» mavzulariga doir

masalalar yechish

5

A

-mashq.

1. Mototsiklchi va  velosi pedchi tinch  holatdan boshlab bir  vaqtda

harakat qila boshladi. Velosi pedchiga qaraganda mototsiklchining

tezlanishi uch marta katta. Mototsiklchi: a) bir xil vaqtda; b) bir xil

yo‘lda necha marta katta tezlikka erishadi?

2. Boshlang‘ich tezligi 4 m/s bo‘lgan jism 0,5 m/s

2

 tezlanish bilan tekis



tezlanuvchan harakat qilib, 20 s da qanday tezlikka erishadi?

3. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, chopqir ot chopishga kirishib 30 m

yo‘l bosganida 15 m/s ga teng bo‘lgan eng katta tezlikka erishadi. Otni

o‘zgarmas tezlanish bilan chopadi deb hisoblab, shu tezlanishni

toping.

4. Boshlang‘ich tezligi nolga teng bo‘lgan jism to‘g‘ri chiziq bo‘ylab



2 m/s

2

 tezlanish bilan harakatlanmoqda. 1 minutdan keyin tezligi



qanchaga yetadi?

11

5. Quduqqa  tashlangan toshning quduq tubiga borib urilgandagi tovushi

tosh tusha boshlaganidan 10 s keyin eshitilgan. Quduqning chuqurligini

va toshning  quduq tubidagi tezligini aniqlang. Tovushning tezligi

340 m/s ga, erkin tushish tezlanishi 10 m/s

2

 ga teng deb oling.



6. Samolyotning tezligi 15 sekund ichida 180 km/h dan 540 km/h ga

ortdi. Samolyotning tezlanishini, shu vaqt ichida bosib o‘tgan yo‘lini

va o‘rtacha tezligini toping.

7. Raketa

 

45 m/s


2

 tezlanish bilan harakat qilib,

 

biror paytda 900 m/s



tezlikka erishadi. Raketa bundan keyingi 2,5 s davomida qancha yo‘l

o‘tadi?


8. Kosmik kema hamma vaqt to‘g‘ri chiziq bo‘ylab 10 m/s

2

 tezlanish



bilan harakat qilsa, uchirilgandan 30 minut o‘tganda Yerdan qanday

masofaga borib qolgan bo‘lar edi?



Uyga vazifa:

1. Boshlang‘ich tezligi nolga teng bo‘lgan jism to‘g‘ri chiziq bo‘ylab

10 m/s

2

 tezlanish bilan harakat qilganida tezligi 0,5 soat ichida



qancha bo‘ladi?

2. Trolleybus joyidan qo‘zg‘alib 1,5 m/s

2

 o‘zgarmas tezlanish bilan



harakat qiladi. Qancha vaqtdan keyin uning tezligi 54 km/h ga

yetadi?


15-dars. «Jismlarning erkin tushishi» mavzusiga doir

masalalar yechish

6

A

-mashq.

1. Erkin tushish tezlanishi qaysi olim tomonidan qachon va qanday

tajribada aniqlangan?

2. Erkin tushayotgan jism tushishning oxirgi sekundida 63,7 m yo‘l o‘tdi.

Jismning tushish vaqti qancha va u qanday balandlikdan tushgan?

3. Metro eskalatori harakatlanmay turgan yo‘lovchini 1 minut davomida

yuqoriga olib chiqadi. Harakatlanmayotgan eskalatordan yo‘lovchi

3 minutda ko‘tariladi. Yo‘lovchi harakatlanayotgan eskalatorda yuqoriga

yurib, qancha vaqtda ko‘tariladi?

4. Erkin tushayotgan jismning yerga urilish paytdagi tezligi 39,2 m/s ga

yetgan. Jismning tushish balandligi va tushish vaqtini toping.

5. 40 m/s tezlik bilan yuqoriga tik otilgan kamon o‘qi mo‘ljalga 2 s dan

keyin tekkan bo‘lsa, mo‘ljal qanday balandlikda bo‘lgan va o‘qning


12

mo‘ljalga tegish paytidagi tezligi qanday bo‘lgan?

6. Suvga bog‘langan sanoq sistemasida tezligi 6 m/s bo‘lgan motorli qayiq

daryo orqali eng qisqa yo‘ldan o‘tishi lozim. Agar daryo oqimining

tezligi 2 m/s bo‘lsa, daryoning bir qirg‘og‘idan ikkinchi qirg‘og‘iga

suzib o‘tishi uchun qayiq qirg‘oqqa nisbatan qanday yo‘nalishda

harakatlanishi lozim? Qayiqning yerga nisbatan tezligi qanday?

7. Erkin tushayotgan jismning yerga urilish paytidagi tezligi 39,2 m/s ga

yetgan. Jismning tushish balandligi va tushish vaqtini toping

Uyga vazifa:

1. Boshlang‘ich tezligi 20 m/s, tezlanishi 2 m/s

2

 bo‘lgan mashina



120 m yo‘lni qancha vaqtda bosib o‘tadi?

2. Erkin tushayotgan jism 80 m balandlikdan qancha vaqtda tushadi?

Oxirgi tezligini toping.

17-dars. «Moddiy nuqtaning aylanma tekis harakati»



mavzusiga doir masalalar yechish

7

A

-mashq.

1. Chiziqli tezlik va burchakli tezlik deb nimaga aytiladi?

2. Agar jism aylana bo‘ylab harakat qilganda uning tezligi moduli

o‘zgarsa, jismning tezlanishi aylananing markaziga yo‘naladimi?

3. Radiusi 10 sm ga teng bo‘lgan charxtosh 0,2 s ichida bir marta aylanadi.

Aylanish o‘qidan eng uzoqdagi nuqtalarning tezligini toping.

4. Avtomobil yo‘lning burilgan qismida harakatlanmoqda. Bu holda o‘ng va

chap g‘ildiraklar bir xil yo‘l o‘tadimi?

5. Shkiv 50 rad/s burchakli tezlik bilan aylanmoqda. Aylanish o‘qidan

60 mm masofadagi  nuqtaning tezligi topilsin.

6. Tinch turgan suvga yoki hovuzga tosh tashlansa hosil bo‘lgan to‘lqin

aylanadan iborat bo‘ladi. Agar tosh daryoga yoki anhorga tashlansa,

to‘lqin qanday shaklda bo‘ladi?

Uyga vazifa:

1. 0,2 s davomida g‘ildirak 2 rad ga burildi. Uning o‘qidan 6 sm, 12 sm

uzoqlikdagi nuqtasining chiziqli tezligini toping.

2. Burilish burchagi qanday ifodalanadi.



13

21-dars. Aylana bo‘ylab  tekis harakatga doir



masalalar yechish

9

A

-mashq.

1. Aylanish davri va chastotasi bir-biriga qanday bog‘langan?

2. Soatning soat, minut, sekund strelkalarining aylanish davrini va

chastotasini toping.

3. Yo‘lning radiusi 100 m bo‘lgan burilish joyida avtomobil 54 km/h

tezlik bilan harakat qiladi. Avtomobilning markazga intilma tezlanishini

toping.

4.  Uzunligi 1 m i pga bog‘langan sharcha 1 minutda  60  marta



aylandi. Sharchaning aylanish chastotasi, aylanish davri hamda chiziqli

tezligini toping.

5. Ipga bog‘langan po‘lat sharchaning aylanish chastotasi 0,5 Gts ga

teng. Sharchaning aylanish davrini toping.

6. Radiusi 10 sm bo‘lgan charx tosh 0,2 s ichida bir marta aylanadi.

Charx toshning aylanish o‘qidan eng uzoqdagi nuqtalarining chiziqli

tezligini toping.

7. Ventilator parragining radiusi 15 sm, aylanish chastotasi 20 s−1 ga

teng. Ventilator parragining aylanish davrini, chiziqli tezligini, burchak

tezligini va parrak uchidagi nuqtasining markazga intilma tezlanishini toping.



Uyga vazifa:

1. Yerning sun’iy yo‘ldoshiga ta’sir etuvchi markazga intilma kuch

qanday hosil bo‘ladi?

2. Yo‘lning radiusi 100 m bo‘lgan burilish joyida avtomobil 54 km/h

tezlik bilan harakatlanadi. Avtomobilning markazga intilma

tezlanishini toping.



II. 7-sinf  “Dinamika asoslari" bobiga (2 soat),  amaliy mashg‘ulotlar

(laboratoriya ishi) va masalalar yechish kiritilgan. Laboratoriya ishi: “Jism

tezlanishining massaga va qo‘yilgan kuchga bog‘liqligini o‘rganish" mavzusi

kiritilgan.  Taqvim-mavzu rejadagi 28-darsda quyidagi materiallardan

foydalanish mumkin.


14

    


 28-dars. Jism tezlanishining massasiga va qo‘yilgan kuchga

bog‘liqligini o‘rganish

(Laboratoriya ishi)



Ishning maqsadi.  Dinamikaning ikkinchi qonunini o‘rganish.

Kerakli asboblar: yengil harakatlanuvchi aravacha, stol ustiga

o‘rnatiladigan blok  (iplari bilan), raqamli laboratoriya

sekundomeri,  tarozi toshlari va pallacha, tarozi,

o‘lchov lentasi.

Ma’lumki, dinamika bo‘limida Nyutonning birinchi, ikkinchi va

uchinchi qonunlari o‘rganiladi. Bunda Nyutonning ikkinchi qonunining

analitik ifodasi quyidagicha ekanligini ko‘rdik:

                                    a = F/m                        (1)



Ta’rif: Jismning boshqa jismlar bilan o‘zaro ta’sirlashishi natijasida

olgan tezlanishi qo‘yilgan kuchga to‘g‘ri proporsional, shu jismning

massasiga teskari proporsional.

Mazkur qonunni tekshirish uchun laboratoriya ishi quyidagicha

o‘tkaziladi.

Ishni bajarish tartibi

1. Yengil harakatlana oladigan aravacha olinib, uning massasi

(m

a

)tarozida tortib olinadi. Uning ilgagiga i p  bog‘lanadi. Stol ustiga

o‘rnatilgan blok  orqali i p  tosh  qo‘yiladigan  palla  ilgagiga  bog‘lanadi

(2-rasm). Bunda palla massasi (m

p

) ham tarozida o‘lchab olinadi. Pallaga



kichik qiymatdan boshlab toshlar qo‘yib boriladi, hamda yengil turtki

bilan aravachaning tekis harakat qilishiga erishiladi.

Jism tekis harakat qilganda F

F



ish

 bo‘ladi, bunda F

t

 — tortuvchi



kuch, F

ish


 — ishqalanish kuchi.

2-rasm


15

F

t

 = (m



p

 + m

1

)g  ga teng bo‘ladi. m



1

 — jism tekis harakat qilishi

uchun pallaga qo‘yilgan tosh massasi.

2. Pallaga qo‘shimcha m

2

 yuk qo‘yiladi. Yuk massasi shunday tanlanishi



kerakki, uning harakati tekis harakatga nisbatan biroz tez bo‘lsin. Elektron

sekundomer (3-rasm) tugmasi aravachaning oldingi g‘ildiragi o‘qi

1-nuqtadan o‘tayotganda bosiladi. 2-nuqtaga yetganda yana tugmacha bosilib,

sekundomer to‘xtatiladi.

1- va 2- nuqtalar orasi o‘lchov lentasi yordamida aniq o‘lchab olinadi.

Natijalar quyidagi jadvalga yoziladi:

Tajriba t/r  m

a

,

 



g   m

p

,



 

g   m

1

,

 



  m

2

,



 

  F

ish

,

 



 F

t

,



 

  F,

 

  a,



 

m/s


2

1

2



3

4

Jism harakati uchun Nyutonning ikkinchi qonuni ifodasi



                               F

 F



ish 

F = m



a

 

a              (2)

bo‘ladi. Bundan  a = F/m, ya’ni (2) ifodaga ega bo‘lamiz.

Bunda F

= (m



m

1

 + m



2

)g. a ni tajribadan aniqlash uchun 1- va 2-

nuqtalar oralig‘i S va shu masofani o‘tish uchun ketgan vaqt o‘lchanadi.

Izoh: Vaqtni aniqlashda sekundomerdan sekundning ulushlari ham

hisobga olinib yoziladi. 3- va 4- tajribalarni m

2

 o‘zgartirilgan hollar uchun



o‘tkaziladi va mos ravishda a

1

a



2

 va a

3

 tezlanishlar aniqlanadi.



3. Pallada oxirgi tajriba ishlatilgan toshchalar  qoldiriladi. Aravacha

ustiga qo‘shimcha aravacha massasining yarmiga teng miqdorda yuk qo‘yiladi

3-rasm


16

va tajriba o‘tkaziladi. Tajribani aravacha ustiga 2m



a

, 1,5m



a

 yuklar qo‘yilgan

hollar uchun takrorlanadi. Har bir tajriba uchun a tezlanish hisoblanib,

natijalari jadvalga yoziladi.

4. Olingan natijalar taqqoslanib (1) formula tekshiriladi va xulosalar

chiqariladi.

42-dars. «Dinamika asoslari» bobiga doir masalalar yechish

18

A

-mashq.

1. Ikki o‘quvchi quvlashmachoq o‘ynayotganda oldinda ketayotgan o‘quvchi

chap yoki o‘ng tomonga birdan burilsa, qutulib qoladi, nega?

2. Jismning Oydagi og‘irligi Yerdagi og‘irligidan taxminan 6 marta kam.

Yerda og‘irligi 600 N bo‘lgan odam Oyda necha nyuton keladi?

3. Massasi 5 kg bo‘lgan jism 15 m/s

2

 tezlanish bilan vertikal tushishi



uchun qanday kuch bilan unga ta’sir qilishi kerak?

4. Gorizontal sirtda 0,5 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan birinchi aravacha

o‘ziga o‘xshash, lekin qarama-qarshi  yo‘nalishda 1,5 m/s tezlik bilan

harakatlanayotgan ikkinchi aravachaga  uriladi. Urilgandan keyin ikkala

aravacha ham 1 m/s bo‘lgan bir xil tezlik bilan harakatini davom

ettiradi. Bu aravachalar massalarining nisbatini toping.

5. Massasi 6 t 103 kg bo‘lgan tramvay 36 km/soat tezlik bilan

harakatlanmoqda.U tormozlanib 30 s ichida to‘xtaydi. Tormozlanish

kuchini aniqlang.

6. Rezinka havo sharini puflaganda ba’zan yorilib ketadi. Sharning rezinka

qobig‘ini qanday kuch yorib yuboradi? Rezinka qobiq qanday fizik

jismlar bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi?

7. Massasi 2 kg  brusok ideal silliq gorizontal  sirt ustida tinch yotibdi.

Agar bunga gorizontal yo‘nalgan 10 N kuch qo‘yilsa, brusok qanday

tezlanish bilan harakat qiladi.

Uyga vazifa:

1. Massasi 4 kg bo‘lgan jism biror kuch ta’siri ostida 2 m/s

2

 tezlanish



oldi. Shunday kuch ta’siri ostida massasi 10 kg bo‘lgan jism qanday

tezlanish oladi?

2. Gorizontal yo‘lda yotgan massasi 20 kg bo‘lgan jismga o‘zgarmas

1 N kuch ta’sir qiladi. Jism bu kuch ta’siri ostida 30 s ichida qancha

masofani o‘tadi.


17

7-sinfdagi  «Saqlanish qonunlari» bobiga 6 soat hajmdagi,  amaliy

mashg‘ulotlar (laboratoriya ishlari va masalalar yechish) kiritilgan.

Darslikning 145-betidagi “Matematik mayatnik yordamida erkin tushish

tezlanishini aniqlash" laboratoriya ishi o‘rniga taqvim-mavzu rejadagi 55-

darsga « Jismni ko‘tarishda va shu masofaga gorizontal ko‘chirishda bajarilgan

ishni hisoblash» mavzusidagi laboratoriya ishi kiritilgan. Taqvim-mavzu

rejadagi 51-, 56-, 59-, 63-, 65-darslarda tegishli mavzularga doir masalalar

yechish kiritilgan.  Bunda quyida berilgan materiallardan foydalanish tavsiya

etiladi.


51-dars. «Impuls» va «Impulsning saqlanish qonuni»

mavzulariga  doir masalalar yechish

20

A

-mashq.

1. Massasi 1 t bo‘lgan “Tiko" avtomobili tezligi 25 m/s ga teng bo‘lsa,

avtomobil impulsni toping.

2. Massalari 2 va 6 kg bo‘lgan 2 ta noelastik jism bir-biriga qarab 2 m/s

tezlik bilan harakatlanmoqda. Bu jismlardan har birining to‘qnashuvdan

keyingi tezligining modulini va yo‘nalishini aniqlang.

3. Hajmlari bir xil bo‘lgan po‘lat va qo‘rg‘oshin jismlar bir xil tezlikda

harakatlanmoqda. Bu jismlarning impulslarini taqqoslang.

4. 7 m/s tezlik bilan chopib ketayotgan 70 kg massali sportchi 2 m/s

tezlik bilan harakatlanayotgan 30 kg massali aravachani quvib yetib,

uning ustiga chiqib oldi. Bundan keyin aravacha qanday tezlik bilan

harakat qiladi?

5. 6 m/s tezlik bilan yugurib ketayotgan 50 kg massali bola 2 m/s tezlik

bilan harakatlanayotgan 25 kg massali aravachani quvib yetib, uning

ustiga chiqib oldi. Aravachaning bola bilan birgalikdagi tezligi qancha?

6. Massasi 2 kg bo‘lgan jismga 2 s davomida 2 N kuch ta’sir qildi. Kuch

impulsini va jism impulsining o‘zgarishini toping.

Uyga vazifa:

1. Impulsning saqlanish qonunini tushuntiring.

2. Jismga 10 s mobaynida  5 N kuch ta’sir qiladi. Jism impulsining

o‘zgarishini toping.

2–1166


18

55-dars. Jismni ko‘tarishda va shu masofaga gorizontal

ko‘chirishda bajarilgan ishini hisoblash

(Laboratoriya ishi)



Kerakli asboblar: o‘lchov lentasi, dinamometr, tribometr, yuklar

jamlamasi (4-rasm).

Bu ishni o‘tkazish o‘quvchilarga jism gorizontal yo‘l bo‘ylab

ko‘chirilganda bajarilgan ishni qanday qilib to‘g‘ri hisoblash mumkinligini

mustaqil ravishda aniqlashga imkon beradi. Bunday masalani tajriba yo‘li

bilan yechish kelgusida odatdagi xatolarning paydo bo‘lishini bartaraf

qilishga imkon beradi: o‘quvchilar bu holda ko‘pincha ta’sir qiluvchi

kuch sifatida tortish kuchini emas, balki jismni vertikal yuqoriga ko‘tarish

holidagidek og‘irlik kuchini oladilar.

Ishni bajarish tartibi

1. O‘quvchi qo‘lidagi dinamometr ilgagiga brusok osiladi va uning

og‘irligi o‘lchanadi, So‘ngra brusoki yuqoriga tekis  harakatlantirib,

oldindan lenta yordamida o‘lchangan tribometr lineykasi balandligiga

ko‘tariladi. Bajarilgan ishning kattaligi quyidagi formula bilan hisoblanadi:

A = ·s

Bu ish og‘irlik kuchini yengish uchun sarf bo‘lgani qayd qilinadi.

2. Undan so‘ng lineykani stolga qo‘yib dinamometr yordamida brusokni

lineyka bo‘ylab birinchi holdagi masofaga bir tekis ko‘chiriladi. Bunda

hosil bo‘lgan tortish kuchi dinamometr ko‘rsatishidan aniqlanadi. Tortish

kuchi va yo‘lga ko‘ra yana ish hisoblanadi:

4-rasm


19

A

2



 = F·s

Bu ish og‘irlik kuchini emas, balki ishqalanish kuchini yengishda

bajarilganligiga diqqatni jalb qilinadi.

So‘ngra brusokka 1N, 2N, 3N yuklarni ortib  (4-rasm), tajriba yana

2–3 marta takrorlanadi va har safar tortish kuchining bajargan ishi

hisoblanadi.

Olingan natijalar taqqoslanib, hamma vaqt yukni yuqoriga ko‘tarishda

bajarilgan ish uni shunday masofaga gorizontal yo‘l bo‘ylab ko‘chirishda

bajarilgan ishdan ancha katta ekanligi to‘g‘risida xulosa qilinadi.

56-dars. «Mexanik ish» mavzusiga  doir masalalar yechish



20

B

-mashq.

1. Yurganda, yozganda, prujinani cho‘zganda, to‘pni siqqanda, yer

kovlaganda, tog‘dan tushayotganda mexanik ish nimadan iborat?

2. Bola chuqurligi 12 m quduqdan bir chelak suv tortib oldi. Bunda

bajarilgan mexanik ishni hisoblash uchun yana nimani bilish kerak?

3. Og‘irligi  40 N bo‘lgan jismni 120 sm balandlikka ko‘tarishda bajarilgan

ishni aniqlang.

4.  Ot aravani 400 N kuch bilan 0,8 m/s tezlik bilan tekis tortmoqda.

Bunda 1 soatda qanday ish bajariladi.

5. Bochka suvga to‘ldirilgan. Qizcha chelak bilan bochkadagi suvning yarmini

to‘kib tashladi. Bochkada qolgan suvni bola to‘kdi. Bunda qizcha va bola

bir xil ish bajaradimi? Javobingizni asoslang.

6. Hajmi 0,6 m

3

 bo‘lgan tosh suvda 5 m chuqurlikdan suv sirtiga ko‘tarildi.



Toshning zichligi 2500 kg/m

3

 toshni ko‘tarishda bajarilgan ishni



hisoblang.

Uyga vazifa:

1. Ikki bola o‘zlari to‘plagan makulaturani o‘z chanalarida maktabga

olib keldi. Bolalar makulaturani o‘z uylaridan maktabga olib kelish vaqtida

ulardan qaysi biri katta mexanik ish bajarganini baholash uchun qanday

fizik kattaliklarni bilish kerak?

2. Og‘irligi 4 N qirg‘iy, havo oqimi bilan 70 m balandlikka ko‘tarilgan.

Qushni yuqoriga ko‘targan kuchning bajargan ishini toping.


20

59-dars. «Kinetik energiya» va «Potensial energiya»



mavzusiga  doir masalalar yechish

22

A

-mashq.

1. Massasi 2 t bo‘lgan samolyot 400 m balandlikdan 50 m/s tezlik bilan

uchayotgan edi. Samolyot dvigateli o‘chirilgan holda shu balandlikdan

pasaya boradi va qo‘nayotganda uning tezligi 30 m/s bo‘ladi. Dvigateli

ishlatilmagan tarzda samolyot uchishiga havo qarshilik kuchining

bajargan ishi topilsin.

2. Massasi 55 kg bo‘lgan jism 7-qavatda turibdi. Agar har bir qavatning

balandligi 3 m dan bo‘lsa, jismning yerga nisbatan potensial energiyasi

qancha bo‘ladi? g = 10 m/s

2

 deb olinsin.



3. Bolalar prujinali to‘pponchasining prujinasini 3 sm ga siqish oxirida

unga 20 N kuch qo‘yilgan. Siqilgan prujinaning potensial energiyasini

toping.

4. 18 km/h tezlik bilan harakatlanayotgan jismning kinetik energiyasi



500 J ga teng bo‘lsa, uning massasini toping.

5.  Massasi 4,9 kg bo‘lgan jism gorizontga nisbatan ma’lum burchak ostida

20 m/s tezlik bilan otildi. Bu jismning tezligi 16 m/s bo‘lgan paytda

uning potensial energiyasi qancha bo‘ladi? Bu paytda jism qanday

balandlikda bo‘ladi?

6. Massasi 5 kg bo‘lgan jism 100 m balandlikdan 50 m balandlikka

tushganda og‘irlik kuchi qancha  ish bajaradi?

Uyga vazifa:

1. Og‘irlik kuchining bajargan ishi bilan potensial energiya orasidagi

munosabatni  tushuntiring.

2. 54 km/h tezlik bilan harakatlanayotgan 50 kg massali meteoritning

kinetik energiyasini toping.

63-dars. «Quvvat» mavzusiga  doir masalalar yechish



24

A

-mashq.

1. Chanani toqqa tortib chiqishda 16 s da 800 J ish bajarilgan. Chanani

tortib chiqishda qanday quvvatga erishilgan?

2. 5 minutda 5 m balandlikka 4,5 m

3

 suv chiqaradigan nasosning o‘rtacha



quvvatini aniqlang.

3. Yuk ko‘taradigan mashina dvigatelining quvvati 4 kW. U 2 minutda



15 m balandlikka qanday yukni ko‘tarishi mumkin?

Каталог: source -> library


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling