O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi
Download 3.54 Kb. Pdf ko'rish
|
-
tarixiy-ijtimoiy harakat: - tarixiy davrlarda insoniyatning rivojlanishi, o‘sha davr ehtiyojlari, talablari, manfaatlari, dunyoqarashi, hayot sharoiti va odamlarning turmush tarzi; - bashariyatning evolyusiyasi tarixiy, tabiiy sharoitda taraqqiy etib rivojlanishi, moddiy hayoti, mehnat qurollari, ishlab chiqarish munosabatlari va kuchlarining o‘zgarish darajalari, mulkiy munosabatlar, o‘zaro va tashqi aloqalari; - insoniyatning etnik rivojlanishi (urug‘, qabila, xalq, millat darajasiga yetishi), bunda oddiylikdan yuksaklikka qarab taraqqiy etishi, ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, sinflarning vujudga kelishi; - davlatlarning tashkil topishi va ularning tarixiy shakllari; Vatanimiz va jahondagi siyosiy jarayonlar; - inson va jamiyat, davlatlararo munosabatlar, inson ongidagi o‘zgarishlar, tarixiy voqealar, tabiiy hodisalarning bu jarayonga ta’siri; - Vatan va jahon tarixi, xalqlar madaniyati, iqtisodiyoti, ma’naviyati, qadriyatlarining ravnaq topishi, ularning jahon madaniyati rivojida tutgan o‘rni; - tarixda xalqaro munosabatlar, tashqi siyosat, milliy-ozodlik kurashlari, bosqinchilik urushlari va ularning ijtimoiy oqibatlari. Ana shulardan kelib chiqqan holda, tarix fani konsepsiyasi, dasturlari ishlab chiqilishi, davlat ta’lim standarti mavzulari va talablari asosida tarixiy hodisalar, voqealar xronologik izchillikda, adolatli va xolisona o‘z bahosini topishi lozim. 13 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 Davlat ta’lim standartiga sharh O‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan zaruriy talablar Tarixdan hikoyalar fani bo‘yicha 5-sinf o‘quvchilari egallashi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar Bilimlar: Vatanimiz va jahon xalqlari tarixiga oid qisqa hikoyalar bilan tanishib, tarix fani haqida tasavvurga ega bo‘lish; - olamning yagona va yaxlitligini, O‘zbekiston uning ajralmas bir qismi ekanligini idrok etish; - ilk qoyatosh rasmlari haqida bilimlarga ega bo‘lish; - qadimgi odamlarning hayoti haqida tushunchaga ega bo‘lish; - qadimgi davlatlar haqida tushunchaga ega bo‘lish; - dunyo mo‘jizalari haqida bilimlarga ega bo‘lish; - Tariximizning oltin davri haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish; - Amir Temur hayoti bilan bog‘liq hikoya va rivoyatlarni bilish; - buyuk kashfiyotlar haqida tushunchalarga ega bo‘lish; - O‘zbekiston–kelajagi buyuk mustaqil davlat ekanligi haqida tushunchaga ega bo‘lish; - Ogohlik va hushyorlik - davr talabi ekanligini bilish. Ko‘nikmalar: - xaritadan tarixiy obyektlarni to‘g‘ri ko‘rsata olish, - darslik matni va undagi rasmlar bilan ishlay olish, asosiy jihatlarni ajratib ko‘rsata olish; - darslik, hujjat matni mazmunini qayta hikoya qilib berish; - darslikdagi tarixiy atamalarni to‘g‘ri ishlatish. Malakalar: - tarixdagi yillarni to‘g‘ri hisoblay olish; - tarixiy faktlarni eng oddiy usulda tahlil qila olish; - darslikdagi hujjatlardan foydalangan holda hikoyalar tuza olish; - o‘quvchilar jahon tarixining davrlarga bo‘linishi, davrlarning atalishi va ularga xos xususiyatlar haqida tasavvurga ega bo‘lishi zarur. Tarix fani bo‘yicha 6-sinf o‘quvchilari egallashi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar Bilimlar: - Qadimgi davr sivilizatsiyalari haqida tushunchaga ega bo‘lish; - miloddan avvalgi davrlar bo‘yicha yil hisobini bilish; 14 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 Davlat ta’lim standartiga sharh - qadimgi odamlarning geografik-hududiy joylashuvi va ularning ilk mashg‘ulotlari, tabiat bilan munosabatlarini bilish; - insoniyatning kelib chiqishi haqidagi turli xil qarashlarni bilish; - qadimgi odamlarning mehnat qurollari, turmush tarzi, ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik mashg‘ulotlari, urug‘ jamoalari, qabilalar haqida tushunchalarga ega bo‘lish; - din va san’atning vujudga kelishi haqida tasavvurlarga ega bo‘lish; - qadimgi Sharq xaritasi, qadimgi Misr, Ikki daryo oralig‘i, O‘rta dengiz sharqiy sohilidagi davlatlar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; - qadimgi davr sivilizatsiyasi, Hindiston, Xitoy, Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim taraqqiyoti, bu davlatlarning qadimgi davr taraqqiyot o‘choqlari bo‘lganligi, davlatlar joylashuvi, tarixiy-geografik holati, aholisi, turmush tarzi, ma’naviy hayoti, madaniyati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; - xo‘jalik xususiyatlari, turlari, qadimgi ilk quldorlik davlatlarining tashkil topishi va sinflarning yuzaga kelishi to‘g‘risida bilimlarga ega bo‘lish; - siyosiy hayotning o‘ziga xos rivojlanish xususiyatlarini bilish; - fir’avn va hukmdorlar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; - Afina quldorlik demokratiyasi. Sparta davlati. Rim respublikasi va imperiyasi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; - afsonalarda dunyo va uning yaratilishi, tasavvurlar, madaniy hayot, yozuv, maktab, tabiiy va ijtimoiy fanlar, ilmiy bilimlar haqida tushunchalar. Mixxat, isroil yozuvlari, teatr, haykaltaroshlik, me’morchilik, notiqlik san’ati, qadimgi dunyo olimlari, yozuvchilari, tarixchilari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; - qadimgi davlatlar va xalqlarning siyosiy, savdo, madaniy aloqalarini bilish; - urushlar: fir’avnlar, hukmdorlar yurishlari, Ossuriya davlati, Yunoniston-Eron urushlari, makedoniyalik Aleksandr yurishlari, Rim hukmdorlari olib borgan urushlar haqida umumiy tushunchalarga ega bo‘lish; - qadimgi davr xaritasi, qadimgi davrda O‘rta Osiyoning tabiiy sharoiti, hududda eng qadimgi hayot izlari, eng qadimgi odam manzilgohlari, ibtidoiy odam, mehnat mashg‘ulotlari, ibtidoiy odamlarning e’tiqodlari, urug‘chilik jamoasi, mezolit va neolit davri mehnat qurollarining takomillashuvi, xo‘jalik sohalaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; 15 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 Davlat ta’lim standartiga sharh - dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik, san’at va din to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; - bronza davriga xos asosiy belgilarni bilish; - patriarxat - ota urug‘i jamoasi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish; - bronza davri makonlari, manzilgohlar, xo‘jalikning rivojlanishi, mehnat taqsimoti, hunarmandchilikning vujudga kelishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; - hududda davlatchilikning vujudga kelishi to‘g‘risida bilish; - temir asriga o‘tilishi, sug‘orma dehqonchilik, sug‘orma dehqonchilik manzilgohlarini bilish; - Xorazm, Baqtriya, davlatlari, sug‘dlar, massagetlar joylashgan geografik hudud, eng qadimgi shaharlar, qal’alar, qo‘rg‘onlar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; - eng qadimgi davrda O‘rta Osiyo hayoti, O‘rta Osiyo xalqlarining qadimgi fors va yunon bosqinchilariga qarshi kurashini bilish; - To‘maris, Shiroq jasoratlari, Doro hukmronligiga qarshi qo‘zg‘olonlar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; - Ahamoniylar zulmining tugashi, makedoniyalik Aleksandr bosqini to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; - Spitamen jasorati va uning mustaqillik uchun kurashi (mil.av.IV asr) to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; - Yunon-Baqtriya davlatining tashkil topishi, xo‘jalik madaniyati, xalqaro aloqalar, shahar hayoti, Qang‘ va Dovon davlati, Xorazm davlati xo‘jaligi, madaniyati, Kushon davlati, davlat boshqaruvi, xo‘jalik, ichki va tashqi savdo, shahar madaniyati, diniy tasavvurlar, Kushon davlati tanazzuli to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; - Buyuk Ipak yo‘li, uning jahon siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarini rivojlantirishdagi o‘rnini bilish. Ko‘nikmalar: - miloddan avvalgi davrlar bo‘yicha yil hisobini bilish, - xronologik jadvallar tuzish ko‘nikmasini hosil qilish; - aholi guruhlari, qatlamlarining eng muhim belgilarini bilib borish, - jahon tarixi va O‘zbekiston tarixi voqealari asosida solishtirma jadvallarni tuza olish; 16 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 Davlat ta’lim standartiga sharh - bir turdagi tarixiy hodisalar, jarayonlarni taqqoslash, tarixiy voqealarning sabablari, ahamiyatini umumlashtira olish; - arxeologiya, antropologiya, etnografiya va numizmatika tushunchalarini farqlay olish; - matnlarni qo‘shimcha manbalardagi misollar bilan sharhlay olish; - tarixiy voqealar yuzasidan mustaqil mulohaza yurita olish, - moddiy va ma’naviy madaniyatni bir biridan farqlay olish, ularni tarix fanidagi ahamiyatini aniqlash. Malakalar: - hodisalar, jarayonlarning jahon tarixining muayyan davriga taalluqli ekanligini aniqlash; - mavzularga doir sinxron jadvallar tuza olish; - darslik matni bo‘yicha murakkab reja tuzish; - darslik va hujjatlar asosida ayrim tarixiy hodisalarga tavsif berish, ularni baholash; - tarixiy dalillarni bayon qilish va ko‘rgazmali aks ettirish asosida tahlil qilish; - Jahon tarixi davrlarini Vatanimiz tarixi bilan taqqoslash, bog‘lay olish. Jahon tarixi fani bo‘yicha 7-sinf o‘quvchilari egallashi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar Bilimlar: - Xronologik jadval va xarita. G‘arbiy va Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq, Markaziy va Janubiy Osiyo, Buyuk ko‘chish (xunnlar, germanlar, slavyanlar). Qabila, elatlar, Sharqiy slavyanlar, ularning hududiy joylashuvi (V-VII asrlar) haqida bilimlarga ega bo‘lish; - Salb yurishlari va uning oqibatlarini bilish; - o‘rta asrlarda Osiyo, Afrika, Amerika xalqlari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; - qishloq xo‘jaligi, feodal yer egaligi, dehqonlar kurashini bilish; - Markaziy va Sharqiy Yevropada ijtimoiy tuzum. Shaharlar hayoti, ularning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy markazlar sifatidagi o‘rni. Savdo, hunarmandchilik, xalqaro savdo-sotiq, ijtimoiy rivojlanish. Turli ijtimoiy guruhlar ahvoli va turmushi. Shaharliklarning hayot tarzi, mashg‘ulotlari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; 17 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 Davlat ta’lim standartiga sharh - Hindistonda kastalarga bo‘linish. Yevropada (o‘rta asrlarda) davlatchilik rivojlanishi (monarxiya, respublika), feodal tarqoqlikdan markaziy davlatchilikka o‘tilishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; - Rusda markazlashgan davlatlarning vujudga kelishi. - o‘rta asr kishisining ongi, dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, katolik, pravoslav cherkovlari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; - Islom dini va uning mazhablarini bilish; - Yevropada o‘rta asrlar madaniyati, ilmiy bilimlar. Musiqa, me’morchilik, rassomchilik, kitobat san’ati, xattotlik, hunarmandchilik to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; - Yevropa xalqlarining iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalarini bilish; - normandlar, arablar, turklar, mo‘g‘ullarning harbiy yurishlari. Qilichbardorlar va Tevton ordenligi yurishlari. Oltin O‘rda xonligi. Rusda Oltin O‘rda hukmronligining tugashi - unda Amir Temurning buyuk xizmatlari. Rossiyaning Volga, G‘arbiy Sibir hududlariga harbiy yurishlari. Livoniya urushi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; - Sharq va G‘arb o‘rtasidagi savdo, di plomatik aloqalarini bilish. Ko‘nikmalar: - tarixiy hodisalarni ularning mohiyati va sabablarini, ahamiyatini baholagan holda tahlil etish hamda umumlashtira olish; - tarixiy voqeaning sodir bo‘lish sabablari va oqibatlari haqida darslik matni yoki o‘qituvchining hikoyasiga asoslangan holda kengaytirilgan reja tuzish; - aholi hayotidagi tub o‘zgarishlar, yerga egalik qilishning yangi shakllari bilan bog‘liqligini aniqlash; - mamlakatimizdagi hududiy o‘zgarishlarni xarita asosida tushunib olish, hozirgi hududlar nomlarini farqlay olish; - tarixiy voqealar yuzasidan mustaqil mulohaza yurita olish, bayon qila olish, munozara va bahslarda faol ishtirok eta olish. Malakalar: - darslik matni, hujjatlar va ko‘rgazmali qurollar bilan mustaqil ishlay olish; - tarixiy hodisalarga, atoqli arboblar faoliyati va shaxsiga, madaniy yodgorliklarga ta’rif bera olish; - tarixiy voqea va hodisalarning sabab va oqibatlarini tahlil qilishda xarita mazmunidan foydalana olish; 18 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 Davlat ta’lim standartiga sharh - tarixiy voqea va hodisalarni umumlashtirish, ularni hozirgi kun bilan bog‘lay olish; - jahon tarixi va O‘zbekiston tarixi voqealari asosida solishtirma jadvallar tuza olish; - tarixiy voqealarni aks ettiruvchi sinxron jadvallar tuza olish va tarixiy dalillarni tahlil etish. O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha 7-sinf o‘quvchilari egallashi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar Bilimlar: - Ilk o‘rta asrlarda Vatanimiz hududida yashagan aholining ijtimoiy hayotidagi tub o‘zgarishlar. Yerga egalik shakllari, mulkiy munosabatlar. Ilk o‘rta asr davlatlari. Eftaliylar davlati, uning ijtimoiy va madaniy hayoti, inqirozi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; - Turk xoqonligi, xo‘jaligi, ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayoti, me’morchilik, yozuv, din va san’at to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; - arablarning O‘rta Osiyoga yurishlari. Islom dinining yoyilishi. Arablarning O‘rta Osiyoga yurishlari. Arablarning soliq siyosati. Xalq qo‘zg‘olonlari. Mulk shakllari. Arab xalifaligi hukmronligining zaiflashuvi. Qorluqlar, O‘g‘uzlar, Tohiriylar va Somoniylar davlatining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti (IX-X asrlar) to‘g‘risida tushunchalarga ega bo‘lish; - Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar davlatlari, ularning siyosiy, iqtisodiy ahvoli. Yer-mulk egaligi xususiyatlarini bilish; - IX-XIII asr boshlarida fan va madaniyat, san’at, din to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; - o‘rta asrlarning buyuk olimlari: Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy, tasavvuf ta’limotining yetuk namoyandalari: Yusuf Hamadoniy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro. Ularning ma’naviy merosi. Turkiy madaniyatning ulug‘ allomalari: Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, tarixchi Narshaxiy. Etnik jarayonlar, san’at, me’morchilik, hunarmandchilik to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; - mo‘g‘ullar istilosi va Xorazmshohlar saltanatining yemirilishi. Xo‘jand, O‘tror, Buxoro, Samarqand, Termiz shaharlarining qamali 19 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 Davlat ta’lim standartiga sharh va xalqning qahramonligi. Temur Malik jasorati. Najmiddin Kubro va Jaloliddin Manguberdi - Vatanga sadoqat ramzi. Ko‘hna Urganch mudofaasi, xoinlar va milliy qahramonlarni bilish; - Niso, Nishopur, Isfaxon, Parvon janglari. Sheryurak sarkarda Jaloliddin Manguberdi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; - siyosiy, iqtisodiy tanazzul. Movarounnahr va Xorazm mo‘g‘ullar zulmi ostida. Chig‘atoy ulusining vujudga kelishi. Ulusdagi ijtimoiy vaziyatlarni bilish; - Amir Temurning harbiy-siyosiy maydonga chiqishi. Saltanatning vujudga kelishi. Harbiy yurishlari. G‘arbiy Yevropa bilan savdo va di plomatik aloqalarini bilish; - Amir Temur - buyuk harbiy sarkarda va davlat arbobi. Amir Temur - buyuk islohotchi, fan va madaniyat homiysi bo‘lganligini bilish; - temuriylar davrida Movarounnahr va Xuroson. Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar. Mulk shakllari, hunarmandchilik, savdo, pul muomalasi, fan, madaniyat, me’morchilik, hunarmandchilik, san’at to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; - temuriylar saltanatining inqirozi va parchalanishi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish. Ko‘nikmalar: - tarixiy voqealarning sabablari va oqibatlarini tahlil qilishda xaritalardan foydalanish; - tarixiy voqealarning sodir bo‘lish sabablari va oqibatlari haqida darslik matni yoki o‘qituvchining hikoyasiga asoslangan holda kengaytirilgan reja tuzish; - aholi hayotidagi tub o‘zgarishlar, yerga egalik qilishning yangi shakllari bilan bog‘liqligini asoslash; - mamlakatimizdagi hududiy o‘zgarishlarni xarita asosida tushunib olish, hozirgi hududlar nomlarini farqlay olish. Malakalar: - O‘rta Osiyoda sodir bo‘lgan voqealar, jarayonlarni jahon tarixining muayyan davri bilan taqqoslash, Vatan tarixi va jahon tarixining o‘xshash jarayonlari va voqealarini belgilagan holda solishtirma jadvallar tuza olish; - darslik va hujjatlar matni, ko‘rgazmali qurollar, o‘qituvchining tushuntirishi asosida tarixiy hodisalarga, atoqli arboblar faoliyati va shaxsiga, madaniy yodgorliklarga ta’rif berish; 20 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 Davlat ta’lim standartiga sharh - tarixiy voqea va hodisalarni umumlashtirish, ularni hozirgi kun bilan bog‘lay olish; - darslik matni, hujjatlar, ko‘rgazmali qurollar bilan mustaqil ishlay olish; - tarixiy voqealar yuzasidan mustaqil mulohaza yurita olish, bayon qila olish; - munozara va bahslarda faol ishtirok eta olish; Jahon tarixi fani bo‘yicha 8-sinf o‘quvchilari egallashi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar Bilimlar: - Yevropada uyg‘onish davrining vujudga kelishi, gumanst allomalarning hayoti va faoliyati xususida bilimlarga ega bo‘lish; - Xronologik davr va uning asosiy bosqichlari. Jahon mamlakatlarining notekis rivojlanish xususiyatlari va uning sabablarini bilish; - mamlakatlar, davlatlar, xalqlarning siyosiy xaritasi (yangi tarix boshlanishi, o‘rtalari va oxirgi davriga oid), yangi taraqqiyot bosqichlarining o‘ziga xos xususiyatlari. Sharq va g‘arbning yangi tarix davri manzarasi. Umumiy va ziddiyatli jihatlar. Buyuk geografik kashfiyotlar (XVI-XVII asrlar). Amerika, Osiyo, Afrika qit’alari mamlakatlarini mustamlakaga aylantirilishining boshlanishi. XVIII-XIX asrlarda Rossiya siyosiy-iqtisodiy hayoti, og‘ir sanoati. Rivojlangan davlatlarda ekologik muammolar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; - yangi davr kishisi ongining o‘sishi va dunyoqarashi. Turmush tarzi va faoliyatidagi o‘zgarishlar, yangiliklar. Inson hayoti va faoliyatiga ilmiy- texnika kashfiyotlarining ta’siri. Sharqda an’anaviy munosabatlarning saqlanib qolishi. G‘arbda moddiy ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi. Sanoat to‘ntarishining yuz berishi. Ishlab chiqarish sohalarida mehnatga munosabatning o‘zgarishi, ko‘pukladlilik. Yevropa mamlakatlari, Shimoliy Amerikada agrar munosabatlar sohasidagi o‘zgarishlar. Rossiyada krepostnoy tuzumning bekor qilinishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; - elatlar, xalqlar, etnik guruhlar. Millatning vujudga kelishini bilish; - Rossiyada millatchilik va buyuk davlatchilik shovinizmi. XVIII- XIX asrlarda mustamlakachilik siyosati. Rossiyaning imperiyaga aylanishi, ruslashtirish siyosati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; 21 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567 Davlat ta’lim standartiga sharh - Yevropada milliy davlatlarning vujudga kelishini bilish; - Absolyut monarxiyaning cheklanishi. Respublika tuzumining vujudga kelishi. Rossiyada va Sharq mamlakatlarida cheklanmagan monarxiya tuzumining saqlanib qolishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; - Lotin Amerikasi xalqlarining mustaqillik uchun olib borgan kurashlari. Gaitidagi inqilob. Milliy ozodlik harakatlarining yakunlari va ahamiyatini bilish; - Yevropa mamlakatlari ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlarni bilish; - Niderlandiya, Angliya, Fransiya, AQShdagi burjua inqiloblari. Boshqarishning konstitutsion shakliga o‘tilishi. Parlamentchilikning rivojlanishi. Fransiya, Angliya, Rossiya, Prussiya, Yaponiya mamlakatlarida liberal islohotlarning amalga oshirilishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish; - Rossiya samoderjaviyasi XVIII-XIX asrlarda. Ijtimoiy inqilobiy harakatlar (dekabristlar, slavyanofinlar, g‘arbchilar, narodniklar, sotsialistlar) to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish; - G‘arbiy Yevropada ishchilar sinfining shakllanishi, utopik sotsializm g‘oyalarini bilish; Yevropa va Sharq mamlakatlari. Osiyo, Afrika mamlakatlarida dehqonlar harakati to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish (XVIII-XIX asrlar); - Rossiyada sotsialistik partiyalarning vujudga kelishi. Markaziy va Download 3.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling