O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi


Download 3.54 Kb.

bet9/15
Sana15.02.2017
Hajmi3.54 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
taraqqiyotiga munosib ulush qo‘shishga astoydil intilish.
I. Davlat va huquq asoslari fanining maqsad va vazifalari
Mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat hamda fuqarolik jamiyatini
qurish va shakllantirish ko‘p jihatdan huquqiy ta’limning muvaffaqiyat
bilan amalga oshirilishiga bog‘liq. Huquqiy ta’limning asosiy maqsadi va
vazifalari:
-
o‘quvchilarni Konstitutsiya va qonunlarni hurmat qilish ruhida
tarbiyalash;
-
o‘quvchilarda o‘z xatti-harakatlarini qonun doirasida boshqara olish
malakalarini shakllantirish;
-
har qanday huquqbuzarlikni oldini olish;
-
milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat bilan qarash va
qadrlashni o‘rgatish;
-
o‘zgalarning huquqlarini hurmat qilishga odatlantirish;
-
Konstitutsiyaviy burch va majburiyatlarni bilishga hamda ularga
rioya qilish ko‘nikmasini hosil qilish;
-
faol fuqarolik burchini shakllantirish;
-
jamiyat oldidagi burch-majburiyatlarni tarkib toptirishdan
iboratdir.
Mazkur standart umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Davlat va huquq
asoslari” fanini o‘qitishning quyidagi tartibini belgilaydi:
8-sinfda “O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari”, 9-sinfda
“Konstitutsiyaviy huquq asoslari”.

91
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
II. Davlat va huquq asoslari fanidan o‘quvchilar egallashlari
zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar
8-sinf
O‘quvchilar quyidagi bilimlarni egallashlari zarur:
-
Huquqiy ta’limga oid asosiy tushunchalar;
-
davlat organlari, idora va tashkilotlari, ularning asosiy vazifalari
hamda tizimi;
-
davlat shakllari, davlat tuzilishi shakli, davlat boshqaruv shakli,
davlat boshqaruvini amalga oshirishning demokratik va g‘ayridemokratik
usullari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari;
-
axloq tushunchasi, axloqning jamiyat hayotida tutgan o‘rni, axloq
va huquqning o‘zaro munosabatlari hamda ular orasidagi farq;
-
huquqning paydo bo‘lishi, huquq normalarini hayotga tadbiq
etish, davlat va huquqning o‘zaro bog‘liqligi;
-
huquq me’yorlarining mazmuni, huquq me’yorlariga amal qilish,
huquq me’yorlariga amal qilmaslik oqibatlari, huquq me’yorlarining
amal qilish muddatlari to‘g‘risidagi tushunchalarini;
-
demokratik-huquqiy davlat tushunchasi, uning o‘ziga xos
xususiyatlari;
-
fuqarolik jamiyati tushunchasini;
-
Prezident asarlaridagi davlat va huquqqa, davlat va jamiyat hayotiga,
davlat va uning organlarini isloh qilish va rivojlanishiga oid asosiy
g‘oyalarni;
-
huquq tizimlarini, uning sohalarga bo‘linishi, bu sohalarning
huquqiy munosabatlarni tartibga solishdagi ahamiyatini;
-
huquqiy davlatning belgilarini, uni shakllantirish yo‘llari va
muammolarini, O‘zbekistonda insonparvar, demokratik, huquqiy davlat
va fuqarolik jamiyati qurish asoslariini;
-
davlat boshlig‘i va parlamentning O‘zbekiston Respublikasi
konstitutsiyaviy tuzumini muhofaza qilishi, milliy davlat tuzilishi
masalalariga oid qarorlarni ro‘yobga chiqarishi borasida zarur chora-
tadbirlar belgilashini, xalqaro munosabatlarda Respublika nomidan ish
ko‘rishini;
-
O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlari kafolatlari
to‘g’risida”gi qonunida bola huquqlari kafolatlarining belgilanishini;
-
O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlarida voyaga yetmaganlar
tushunchasi, ularga qo‘llaniladigan huquqiy aktlarni;

92
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
-
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik, oila, ma’muriy, fuqarolik
protsessual, jinoyat, jinoyat protsessual kodekslarida voyaga
yetmaganlarning huquqiy holatlari, jinoyati belgilarini;
-
oilada (bola) voyaga yetmaganlarning huquqlari, fuqarolik
tushunchalari, fuqarolar murojaatlari to‘g‘risidagi qoidalarni bilish.
Ko‘nikmalar:
-
davlat boshqaruvi shakllarining o‘zaro farqini ajratish;
-
davlat boshqaruvi va tuzilishi shakllarining farqini tushunish.
-
davlat va huquqning o‘zaro bog‘liqligini asoslay olish, fikrini
misollar bilan to‘ldira bilish;
-
davlat organlarini va ularning tizimiga oid tushunchalar orqali
ularning farqini bilish;
-
Prezident asarlarida ilgari surilgan O‘zbekistonda insonparvar,
demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish to‘g‘risidagi
asosiy g‘oyalar haqida tushunchalarga ega bo‘lish.
Malakalar:
-
Huquqiy ta’limga oid asosiy tushunchalarni amaliy faoliyatda qo‘llay
olish;
-
davlat boshqaruvi va tuzilish shakllarini mustaqil tahlil qila olish;
-
hozirgi zamondagi davlatlar boshqaruvi va tuzilishi shakllarining
o‘ziga xos xususiyatlarini ajrata olish;
-
axloq va huquq normalarining o‘zaro munosabatlari va ularning
farqlarini bilish, o‘z hatti-harakatlarini ularga binoan amalga oshirish;
-
milliy huquqning rivojlanishi haqidagi bilimlarni egallash;
-
voyaga yetmaganlarning huquqlari, burchlari, majburiyatlariga oid
kazuslarni yecha olish;
-
iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, ma’rifiy sohalarga oid qonunlarning
mazmunini bilish va ulardan hayotda foydalana olish.
9-sinf
-
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishiga
oid tarixiy shart-sharoitlar, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
davlat mustaqilligining asosiy belgisi, Konstitutsiyaviy huquq – huquq
sohasining asosi, Konstitutsiyaning o‘ziga xos xususiyatlari, O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy tamoyillari, xalq
hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonun ustuvorligi;

93
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
-
inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, burchlari, O‘zbekiston
Respublikasida fuqarolik, fuqarolarning huquq va erkinliklari, burchlari,
ularning kafolatlari;
-
jamiyat va shaxs, shaxsning jamiyatdagi o‘rni;
-
mulk shakllari;
-
O‘zbekiston Respublikasining milliy Davlat va ma’muriy-hududiy
tuzilishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va uning huquqiy holati;
-
O‘zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati tarmoqlari: Oliy
Majlis va uning vakolatlari, tarkibi, quyi palata va yuqori palata haqida
tushunchalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy vakillik organi,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilishi, tarkibi,
faoliyati, O‘zbekiston Respublikasi Sud tizimi, ularning tashkil etilishi
va faoliyati;
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning huquqiy maqomi;
-
fuqarolarning huquqlari, burchlari va majburiyatlari, inson
huquqlari va erkinliklarining kafolati;
-
ta’lim sohasi va yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy tamoyillari.
Ko‘nikmalar:
-
Huquq me’yorlari to‘g‘risidagi tushunchalarga ega bo‘lish va ularga
mos xatti-harakatlarni anglash;
-
inson va fuqarolarning huquqlari va burchlariga oid kazuslarni
yecha olish;
-
Konstitutsiyaviy huquq asoslari fanidan olgan bilimlari asosida
referatlar tayyorlay olish;
-
 zarur hollarda davlat hokimiyati tarmoqlari: qonun chiqaruvchi,
ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga murojaat etish.
Malakalar:
-
Konstitutsiyaviy huquqqa oid tushunchalarni amaliy faoliyatda
qo‘llay olish;
-
alohida shaxs va fuqarolarning asosiy huquqlari va burchlarini
tahlil qila olish;
-
mulk va mulkchilik shakllarining o‘ziga xos xususiyatlarini ajrata
olish;
-
o‘z hatti-harakatlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi
asosida amalga oshirish;
-
davlat hokimiyati va uning tarmoqlari funksiyalarini tahlil qila
olish.

94
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
Davlat va huquq asoslari fanidan o‘quv dasturi
Uqtirish xati
Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat hamda fuqarolik jamiyatini
qurish va shakllantirish ko‘p jihatdan huquqiy ta’limning muvaffaqiyat
bilan amalga oshirilishiga bog‘liq.
Prezidentimizning 1997 yil 25 iyundagi «Huquqiy tarbiyani
yaxshilash, aholining huquqiy madaniyat darajasini yuksaltirish,
huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish,
jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida»gi Farmoni
aholining huquqiy bilimi va ongini yuksaltirishdek ulug‘vor
maqsadlarni ro‘yobga chiqarishni ko‘zlaydi. Ana shu maqsadlar ro‘yobi
sifatida 1997 yil 29 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
IX sessiyasida qabul qilingan «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish
milliy dasturi»da belgilangan huquqiy ta’lim maqsadlarini ko‘zlagan
holda «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
talablaridan kelib chiqib, «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun
huquqiy ta’lim standarti» va o‘quv dasturlari ishlab chiqildi.
Ushbu dastur fan yuzasidan o‘quvchi egallashi lozim bo‘lgan bilim,
ko‘nikma va malakalarning belgilangan ma’lum me’yori, ilmiy asoslangan
bilimlar hajmi bo‘lib, dasturning maqsadi 8-9-sinflarda o‘rganiladigan
«Davlat va huquq asoslari» fanida uzluksizlik va izchillikni ta’minlashdir.
Shuningdek, o‘quvchilarning olgan nazariy bilim va tushunchalarini
sinab ko‘rish, jamoatchilik o‘rtasida ana shu bilimlarni qo‘llay olish
ko‘nikmalarini hosil qilishga e’tiborni qaratish maqsadida ba’zi darslarni
amaliy mashg‘ulot tarzida ham tashkil etish mumkin.
Bunday tajriba fan oldiga qo‘yilgan maqsad, vazifalarni izchil amalga
oshirishda ijobiy samara beradi.
8- sinf
(34 soat, haftasiga 1 soat)
1-dars: Kirish (1 soat).
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi. Davlat va huquq asoslari fanining
o‘ziga xos xususiyatlari, uning boshqa fanlar bilan o‘zaro munosabati.
I bob. Jamiyat va davlat (6 soat)
2-dars: Jamiyat (1 soat).
Jamiyat haqida tushuncha. Inson va jamiyat.

95
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
3-dars: Davlat (1 soat).
Davlat tushunchasi. Davlat belgilari.
4-dars: Davlat funksiyalari (1 soat).
Davlat funksiyasi tushunchasi. Davlatning ichki va tashqi funksiyalari.
5-dars: Davlatning boshqaruv shakllari (1 soat).
Davlat boshqaruvi. Monarxiya va respublika boshqaruvidagi davlatlar,
ularning belgilari.
6-dars: Davlat tuzilishi shakllari (1 soat).
Davlat tuzilishi shakllari va tushunchasi, ularning belgilari.
7-dars: Siyosiy tartibot (rejim) (1 soat).
Siyosiy tartibot (rejim) tushunchasi. Demokratik va g‘ayridemokratik
rejim.
8-dars: 1- Nazorat ishi (1 soat).
II bob. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati (4 soat).
9-dars: Huquqiy davlat (1 soat).
Huquqiy davlat tushunchasi. Huquqiy davlat belgilari.
10-dars: O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslari (1 soat).
Fuqarolik jamiyati tushunchasi. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish
asoslari.
11-dars: Huquqiy madaniyat (1 soat).
Huquqiy madaniyat tushunchasi. Jamiyatda huquqiy madaniyatni
yuksaltirish. Huquqiy islohotlar.
III bob. O‘zbekiston Respublikasida davlat
hokimiyatining asoslari (5 soat).
12-dars: O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati tizimi (1
soat).
Davlat hokimiyati tizimi tushunchasi. Hokimiyat bo‘linishi
tamoyillari.

96
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
13-dars: O‘zbekiston Respublikasida qonun chiqaruvchi organlar
(1 soat).
O‘zbekiston Respublikasining Oliy majlisi.
Oliy majlis Qonunchilik palatasi va Senatining vazifalari.
14-dars: Davlat boshlig‘i (1 soat).
Prezident – davlat boshlig‘i. Prezident vakolatlari.
15-dars: 2-Nazorat ishi (1 soat).
16-dars: O‘zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat
organlari (1 soat).
Ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimi. Ularning vazifalari.
17-dars: Huquqni muhofaza qiluvchi organlar (1 soat).
Huquqni muhofaza qiluvchi organ va idoralar, ularning vakolatlari.
18-dars: O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi (1 soat).
Sud hokimiyati tushunchasi. Sud hokimiyati tizimi.
IV bob. Axloq va huquq (5 soat).
19-dars: Axloq va huquq asoslari (1 soat).
Axloq me’yorlari va ularning jamiyat hayotidagi o‘rni. Huquqning
vujudga kelishi. Huquqning funksiyasi.
20-dars: Huquqiy normalar (1 soat).
Huquqiy norma tushunchasi. Huquqiy normalar.
21-dars: Huquq sohalari (1 soat).
Huquq sohasi tushunchasi. Milliy huquq tizimi.
22-dars: Huquqiy munosabatlar va ularning tuzilishi (1 soat).
Huquqiy munosabat tushunchasi. Huquqiy munosabatlarning
subyektlari va obyektlari. Huquqiy munosabatlarning mazmuni.
23-dars: O‘zbekistonning huquq manbalari (1 soat).
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tuzilishi. O‘zbekiston
Respublikasi qonunlari va qonunosti hujjatlari. Xalqaro huquq normalari.
24-dars: 3-Nazorat ishi (1 soat).

97
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
V bob. Huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik (3 soat).
25-dars: Huquqbuzarlik (1 soat).
Huquqbuzarlik tushunchasi. Huquqbuzarlik obyektlari. Huquqbuzarlik
turlari.
26-dars: Yuridik javobgarlik (1 soat).
Yuridik javobgarlik tushunchasi. Yuridik javobgarlik turlari.
27-dars: Huquqiy tartibot va qonunchilik (1 soat).
Qonun ustuvorligi tushunchasi. Huquqiy ong, huquqiy tartibot.
VI bob. Voyaga yetmaganlarning huquq va burchlari (3 soat).
28-dars: Voyaga yetmaganlarning huquqiy maqomi (1 soat).
Voyaga yetmaganlik tushunchasi. Voyaga yetmaganlarning huquq va
muomala layoqati.
29-dars: Oila qonunchiligida voyaga yetmaganlarning huquq va
majburiyatlari (1 soat).
Oilada bolaning huquqiy holati. Voyaga yetmaganlarning majburiyatlari.
30-dars: Mehnat qonunchiligida voyaga yetmaganlarning huquqlari
(1 soat).
Mehnatga oid huquqiy munosabatlarda voyaga yetmaganlarning
huquqlari. Voyaga yetmaganlarning mehnatiga haq to‘lash, ularning ish
va dam olish vaqti.
31-dars: 4- Nazorat ishi (1 soat).
32-dars: Takrorlash (1 soat).
33-dars: Umumlashtiruvchi dars (2 soat).

98
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
9-sinf
(34 soat, haftasiga 1 soat)
I bo‘lim. Konstitutsiya asosiy qonun (6 soat).
1-mavzu: Konstitutsiyaviy huquq (1 soat).
Konstitutsiyaviy huquq sohasi. Uning boshqa huquq sohalari bilan
o‘zaro bog‘liqligi. Konstitutsiyaviy huquq manbalari.
2-mavzu: Konstitutsiyaning yaratilish omillari (1 soat).
Konstitutsiyani qabul qilish zarurati. Konstitutsiyaning belgilari.
3-mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘ziga xos
xususiyatlari (1 soat).
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘ziga xos tuzilishi.
Muqaddima. Konstitutsiyada mustahkamlangan umuminsoniy qadriyatlar.
Konstitutsiya va milliy manfaatlar ustuvorligi. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi.
4-mavzu: Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari (1 soat).
Davlat suvereniteti. Xalq hokimiyatchiligi. Konstitutsiya va qonunning
ustunligi.
5-mavzu: Tashqi siyosat (1 soat).
Davlatning tashqi siyosiy faoliyati. O‘zbekiston tashqi siyosatining
asosiy prinsi plari.
6-mavzu: O‘rganilgan mavzularni takrorlash: “Konstitutsiya-
davlatning asosiy qonuni” (1 soat).
1-Nazorat ishi (1 soat).
II bo‘lim. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari,
erkinliklari va burchlari. (8 soat)
7-mavzu: Inson va fuqarolar huquqlariga oid umumiy qoidalar (1
soat).
 Inson va davlatning o‘zaro bog‘liqligi. Inson huquqlariga oid manbalar.
Fuqarolarning qonun oldida tengligi. Huquq va erkinliklar daxlsizligi.

99
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
8-mavzu: O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi (1 soat).
Fuqarolik. Fuqarolikka qabul qilish asoslari va uni to‘xtatish shartlari.
Fuqaro va davlat. O‘zbekiston fuqarosining huquqiy maqomi.
9-mavzu: Shaxsiy huquq va erkinliklar (2 soat)
Yashash huquqi tushunchasi. Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi.
Qadr-qimmat va shaxsiy hayotga tajovuzdan himoyalanish huquqi. Yashash
joyini erkin tanlash huquqi. Turar joy dahlsizligi. Vijdon erkinligi.
10-mavzu: Siyosiy huquqlar (1 soat).
Siyosiy huquq tushunchasi. Fuqarolarning saylov huquqi. Siyosiy
partiyalar, kasaba uyushmalari va jamoat birlashmalariga uyushish huquqi.
Yig‘ilishlar va namoyishlar o‘tkazish erkinligi.
11-mavzu: Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar (1 soat).
Ijtimoiy va iqtisodiy huquqlar tushunchasi. Mulkdor bo‘lish huquqi.
Mehnat qilish va erkin kasb tanlash huquqi. Ijtimoiy ta’minot olish
huquqi.
12-mavzu: Inson huquq va erkinliklarining kafolatlari (1 soat).
Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari tushunchasi. Konstitutsiya
va qonunlarda inson huquq va erkinliklari kafolatlanishi.
13-mavzu: Fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari (1 soat).
Konstitutsiyaviy burch va majburiyat tushunchasi. Huquq va burchlar
birligi.
14-mavzu: O‘rganilgan mavzularni takrorlash: “Inson va
fuqarolarning huquq, burch va majburiyatlari” (1 soat).
2- Nazorat ishi (1 soat).
III bo‘lim. Jamiyat va shaxs (12 soat).
15-mavzu:  Jamoat birlashmalari va ommaviy axborot vositalari
faoliyati (1 soat).
Jamoat birlashmalari tushunchasi. Siyosiy partiyalar.  Ommaviy
axborot vositalari.

100
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
16-mavzu: Oila va jamiyat (1 soat).
Oila davlat va jamiyat himoyasida. Ota-onalar va farzandlarning huquq
va burchlari.
17-mavzu: Ma’muriy-hududiy tuzilish tushunchasi (2 soat).
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi
shakllari. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar,
qishloqlar, ovullar, ularning hududiy tuzilishi va o‘ziga xos xususiyatlari.
18-mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyatining tashkil
etilishi (1 soat).
O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati tizimi. O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi. Oliy Majlis palatalarining shakllanish tartibi.
19-mavzu: O‘zbekiston Respublikasining saylov tizimi (1 soat).
O‘zbekiston Respublikasida saylov tizimi. Saylovlarning davlatda
demokratik munosabatlarni rivojlantirishdagi ahamiyati. Saylovga oid
demokratik   prinsi plar. Referendum va    uni  o‘tkazish   tartibi.
20-mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti (1 soat).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning vakolatlari
3- Nazorat ishi (1 soat).
21-mavzu: O‘zbekiston Respublikasinig ijro etuvchi hokimiyat
organlari (1 soat).
Vazirlar Mahkamasining asosiy vakolatlari. Hokimlar va ularning
vakolatlari.
22-mavzu: O‘zbekiston Respublikasining sud tizimi (1 soat).
O‘zbekiston Respublikasining sud tizimi. Sudlar faoliyatining asosiy
prinsi plari.
23-mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Prokuratura organlari (1 soat).
O‘zbekiston Respublikasi Prokuratura organlarining vazifalari.
Prokuratura organlarining tuzilishi.

101
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
24-mavzu: O‘zbekiston Respublikasida moliya va kredit (1 soat).
Huquq va iqtisodiyotning o‘zaro bog‘liqligi. O‘zbekiston
respublikasining moliya va pul-kredit tizimi. Soliqlar. Davlat budjeti
25-mavzu: Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari (1 soat).
Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, ularning vakolatlari.
26 –mavzu: O‘rganilgan mavzularni takrorlash: “Jamiyat va shaxs”
(1 soat).
4- Nazorat ishi (1 soat).
Yakuniy takrorlash (2 soat).

102
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
Iqtisodiy bilim asoslari fanidan
Davlat ta’lim standarti
O‘quvchilar iqtisodiy bilim asoslariga oid quyidagi bilim, ko‘nikma
va malakalarni egallashlari shart:
-
asosiy iqtisodiy qonuniyatlar, tushuncha va atamalarni bilish,
ularning mohiyatini tushunish;
-
marketing, talab va taklif haqida bilimga ega bo‘lish;


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling