O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi


Download 3.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana15.02.2017
Hajmi3.54 Kb.
#480
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
-
tadbirkorlik va raqobat haqida fikr yurita olish;
-
mehnat munosabatlari va ish haqida tushunchaga ega bo‘lish;
-
soliq tizimi haqida tasavvurga ega bo‘lish;
-
mulk va mulkiy munosabatlarni bilish;
-
pul, narx, moliya, davlat budjeti va bank faoliyati haqida ma’lumotga
ega bo‘lish;
-
marketing va menejment faoliyatini bilish;
-
oila xo‘jaligini yuritishning umumiy qoidalarini, oila budjetini
shakllantirishda foyda, chiqim va ularning manbalarini bilish;
-
bozor sharoitida (shahar va qishloq sharoitidagi) oilalarning
iqtisodiy aloqalarini taqqoslay olish;
-
iste’mol tovarlari reklamasi tahlilini bilish;
-
tadbirkorlik turlarini (ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy) bilish;
-
Prezident asarlarini bilish, ularda ilgari surilgan g‘oyalar asosida
mushohada yurita olish;
-
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish tamoyillarini bilish;
-
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki
tushunchalarini bilish;
-
bozor va uning turlarini bilish;
-
ijtimoiy foydali va unumli mehnat ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
IQTISODIY TA’LIMNING MAQSAD VA VAZIFALARI
Iqtisodiy ta’limning asosiy maqsadi o‘quvchini iqtisodiy faoliyat
subyekti sifatida qaralgan holda o‘quvchilarning kelajakdagi hayotiy
qobiliyatlarini oshirish va buning uchun iqtisodiyotning tuzilishini
o‘rganish, undagi o‘zining o‘rnini his etish, zamonaviy iqtisodiy xulq-
atvor normalarini, iqtisodiy madaniyatni egallash, zamonaviy iqtisodiy
fikrlashni shakllantirish, mehnat vositalariga va natijalariga tejamkorlik
munosabatini tarbiyalashdan iboratdir.

103
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
Iqtisodiy ta’lim yana quyidagi maqsadlarga erishishga ham
imkoniyat yaratadi:
-
Milliy mustaqillik g‘oyalarini targ‘ib etish;
-
xalqimizning iqtisodiy merosini o‘rgatish;
-
vatanparvarlik, milliy g‘ururni tarkib toptirish, rivojlantirish;
-
iqtisodiyot ilmi rivojiga hissa qo‘shgan qomusiy olimlarimiz ilmiy
merosidan o‘quvchilarni xabardor qilish;
-
o‘quvchilarda bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, yangi
iqtisodiy madaniyat, yangicha iqtisodiy fikrlash va tafakkurni
shakllantirish;
-
Respublikamizning iqtisodiy salohiyati, Prezident asarlari, qator
farmon, qonun va qarorlarda o‘z aksini topgan iqtisodiy siyosat asoslari,
xukumatimiz tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar,
O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish tamoyillari bilan tanishtirish;
-
o‘quvchilarning iqtisodiy savodxonligini oshirish, zamonaviy
iqtisodiy nazariya va tadbirkorlik asoslarini singdirish;
-
o‘quvchilarga yangi vujudga kelgan iqtisodiy shart-sharoitlar asosida
yashash va faoliyat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan amaliy iqtisodiy
bilim va malakalarni shakllantirish;
-
o‘quvchilarda jamiyat taraqqiyotida bo‘layotgan o‘zgarishlarning
iqtisodiy mohiyatini anglash, tahlil qilish, ular haqida fikr yuritish va
o‘z munosabatini bildirish ko‘nikmalarini tarkib toptirish;
-
iqtisodiyot bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan hayotiy vaziyatlarda
eng maqbul yechim topa bilish ko‘nikmalarini hosil qilish.
Iqtisodiy bilim asoslari fanidan o‘quvchilar egallashlari zarur
bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar
8-sinf
Bilimlar:
-
iqtisodiy resurslarning ehtiyojlarga nisbatan cheklanganligi
muammosi, imkoniyatlar ichidan birini yoki bir nechtasini tanlashga
olib kelishini tushunib yetish;
-
ishlab chiqarish va uning omillarini tavsiflash;
-
har qanday iqtisodiy ho‘jalik yuritish tizimida “Nima ishlab
chiqarish kerak?”, “Qanday ishlab chiqarish kerak”, “Kim uchun
ishlab chiqarish kerak” degan savollarga javob berish lozimligini tushunib
yetish;

104
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
-
bozor iqtisodiyotining asosiy ustunlari: erkin iqtisodiy faoliyat,
xususiy mulk, erkin narx, foyda olishga bo‘lgan intilish, monopoliyani
rad etish va raqobatning mohiyatini bilish;
-
tovar va tovar ho‘jaligini bilish;
-
bozor tushunchasini keng ma’noda tushunish va bozor turlarini
bilish;
-
iste’molchilar huquqlarini bilish va ularni himoya qilishda turli
jamoat tashkilotlari, kasaba uyushmalarining rolini bilish;
-
mulkiy munosabatlarning iqtisodiyotdagi rolini anglab yetish;
-
O‘zbekistonda xususiylashtirish jarayonining o‘ziga xos tomonlarini
bilish;
-
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish tamoyillarini bilish;
-
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki
tushunchalarini bilish;
-
bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatning mohiyati va ahamiyatini
tushunish va turlarini bilish;
-
asosiy ekologik muammolarni bilish va ularning kelib chiqish
sabablari va oqibatlarini tushuntira olish;
-
zamonaviy pullar—plastik kartochkalar.
-
soliqning mohiyatini turlarini bilish;
-
soliq qonunchiligidan habardor bo‘lish;
-
to‘g‘ri va egri soliq haqidagi bilimlarga ega bo‘lish;
-
mahalliy va umumdavlat soliqlari haqidagi bilimlarga ega bo‘lish;
-
jismoniy va yuridik shaxs haqidagi bilimlarga ega bo‘lish;
-
soliqqa tortishning asosiy tamoyillari haqidagi bilimlarga ega bo‘lish;
-
soliq subyekti, soliq obyekti, soliq stavkasi haqidagi bilimlarga
ega bo‘lish;
-
soliq to‘lovchining huquq va majburiyatlari haqidagi bilimlarga
ega bo‘lish;
-
Prezident Islom Karimovning “Jahon moliyaviy iqtisodiy-
inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va
choralari” kitobidagi g‘oyalarni tushunish.
Ko‘nikmalar:
-
iqtisodiy tizimlarni bilish, ularning ijobiy, salbiy tomonlarini
sanash va o‘zaro taqqoslay olish;

105
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
-
Respublikamizda qishloq xo‘jaligida, moliya-kredit sohasida, tashqi
iqtisodiy faoliyatda va ijtimoiy sohalarda olib borilayotgan islohotlarni va
mustaqillik davrida erishilgan yutuqlarini sanab ko‘rsatish;
-
iste’molchilarning daromad manbalari, xarajatlarini bilish va
bozorda o‘zini iste’molchi sifatida tutishning oddiy amaliy ko‘nikmalarini
egallash;
-
turli xil mulk shakllarini bir-biridan farqlash;
-
ishlab chiqarishning umumiy, o‘zgaruvchan, o‘zgarmas
xarajatlarini bir-biridan farqlay olish, yalpi daromad va foydani topa
bilish;
-
bozorlarning monopollashish darajasiga qarab farqlay va taqqoslay
olish;
-
ma’lum shartlar asosida ayirboshlashni amaliyotda tashkil qila
olish;
-
talab va taklifga ta’sir etuvchi omillarni aniqlay bilish;
-
soliqlar va ularning turlarini ajrata olish;
-
soliqqa tortish tamoyillarini bir-biridan ajrata olish;
-
soliq munosabatining subyektlari va obyektlarini ajrata olish;
-
jismoniy va yuridik shaxs haqida ma’lumotga ega bo‘lish.
Malakalar:
-
tanlovning muqobil qiymatini aniqlay olish va uni tanlov natijasini
baholashda qo‘llay olish;
-
talab va taklifning o‘zaro nisbati asosida tovar narxining shakllanish
mexanizmini bilish va uni bozorda tovar narxining o‘zgarish sabablarini
tushuntirishda qo‘llay olish;
-
tanlov natijasiga ko‘ra muqobil qiymatni aniqlash;
-
ishlab chiqarish imkoniyatlarini aniqlay bilish;
-
talab va taklif egri chiziqlarini chizish va ular asosida muvozanat
narxini topa bilish;
-
oila xarajatlari va daromadlari miqdorini aniqlash va budjetini
tuzish;
-
mahsulot tannarxi, ishlab chiqarish narxi, chakana va ulgurji
narxlarni aniqlay bilish;
-
soliq to‘lovchining huquq va majburiyatlariga oid amaliy
vaziyatlarni bajara olish;

106
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
-
soliqlarning mamlakat hayotida muhimligini iqtisodiy jihatdan
isbotlay bera olish.
Iqtisodiy bilim asoslari fanidan o‘quvchilar egallashlari zarur
bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar
9-sinf
Bilimlar:
 - tadbirkorlikning asosiy tashkiliy – huquqiy shakllarini bilish;
-
tadbirkorlik bilan shug‘ullanishning huquqiy asoslari haqida
ma’lumotga ega bo‘lish;
-
menejment va marketing tushunchalarining mohiyatini tushunish;
-
tadbirkorlik faoliyatini yuritishning tashkiliy va moliyaviy yo‘l –
yo‘riqlari bilan tanishish;
-
aksiyadorlar jamiyati haqida tushunchaga ega bo‘lish;
-
aksiyaning nominal va bozor narxini bilish;
-
firma ochish haqidagi ma’lumotlarni bilish;
-
yalpi daromad, foyda va zarar haqida tushunchaga ega bo‘lish;
-
Davlatning iqtisodiyotdagi o‘rni va vazifalarini bilish;
-
Davlat budjeti, uning daromad qismi manbalari va xarajat qismi
tarkibini bilish;
-
soliqlar, ularning turlarini bilish va iqtisodiyotdagi rolini tushunish;
-
daromad solig‘i, daromad solig‘i stavkasi, mol-mulk solig‘i, yer
solig‘i, qo‘shilgan qiymat va aksiz soliqlari haqidagi ma’lumotlarga ega
bo‘lish;
-
soliq haqidagi mutafakkirlar qarashlarini bilish;
-
xom ashyo va energiya tanqisligi sabablarini bilish;
-
iqtisodiy rivojlanishning notekisligi haqidagi tushunchalarni bilish;
-
bank tizimi, Markaziy bank va tijorat banklarining vazifalarini
bilish;
-
Davlatning iqtisodiy (budjeti-soliq va pul-kredit) siyosati haqida
ma’lumotga ega bo‘lish;
-
iqtisodiy o‘sish va aholi turmush tushunchalarining mohiyatini
bilish;
-
O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati to‘g‘risida ma’lumotga ega
bo‘lish;
-
ishsizlik va inflyatsiyaning mohiyati, sabablari va oqibatlarini bilish;
-
tashqi savdoga qo‘yiladigan to‘siqlar haqida ma’lumotga ega bo‘lish;

107
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
-
valyuta kursi va unga ta’sir etuvchi omillarni bilish;
-
jahon iqtisodiyoti muammolaridan voqif bo‘lish;
-
iqtisodiyot ilmi tarixiga oid asosiy faktlarni va uning taraqqiyotiga
hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz va iqtisodchi olimlar haqida ma’lumotga
ega bo‘lish;
-
Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas
kuch” kitobidagi iqtisodiy bilimlarga oid konseptual g‘oyalarni, “Jahon
moliyaviy iqtisodiy-inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning
yo‘llari va choralari” kitobidagi g‘oyalarni tushunish.
Ko‘nikmalar:
-
eng sodda iqtisodiy qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
-
bozorda iste’molchi, xaridor sifatida o‘zini tutishning boshlang‘ich
amaliy ko‘nikmalarini egallash;
-
oilada ro‘zg‘or yuritish va tejamkor bo‘lishning boshlang‘ich
amaliy ko‘nikmalarini egallash;
-
firma mablag‘larini turlarga ajrata olish;
-
firma iqtisodiy faoliyatini samaradorligini baholay olish;
-
aksiyalarni ajratish;
-
asosiy ekologik muammolarni bilish, ularning kelib chiqish
sabablari va oqibatlarini iqtisodiy nuqtai nazardan tushuntira olish;
-
tadbirkorlik bilan shug‘ullanishning boshlang‘ich ko‘nikmalariga
ega bo‘lish;
-
mamlakat iqtisodiyotining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini
bilish va turli mamlakatlarning ko‘rsatkichlarini o‘zaro taqqoslay olish;
-
xalqaro savdo va ixtisoslashuvning afzalliklarini va kamchiliklarini
sanay olish;
-
soliqlar, ularning turlarini bilish va iqtisodiyotdagi rolini aniqlay
olish;
-
daromad solig‘i, daromad solig‘i stavkasi, mol-mulk solig‘i, yer
solig‘i, qo‘shilgan qiymat va aksiz soliqlarini farqlay olish va ularni
hisoblay olish;
-
soliqqa tortuvchi daromadlarni hisoblay olish.
Malakalar:
-
tadbirkorlikda ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish;

108
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
Davlat ta’lim standartiga sharh
-
har bir tadbirkorlik faoliyati turining afzallik va kamchiliklarini
sanash;
-
firma hujjatlarini to‘g‘ri ishlatish;
-
firmani bankrotlikka olib keluvchi omillarni sanash;
-
yalpi daromad, foyda va zarar, sof foydani hisoblab chiqarish;
-
soliq to‘lovchining huquq va majburiyatlariga oid amaliy
vaziyatlarni bajara olish;
soliqlarning mamlakat hayotida muhimligini iqtisodiy jihatdan isbotlab
bera olish.

109
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
Iqtisodiy bilim asoslari fanidan o‘quv dasturi
Uqtirish xati
 1999 yili Iqtisodiy bilim asoslari fanidan umumta’lim maktablari
uchun Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari qabul qilindi. O‘tgan
davr ichida ta’limning keyingi akademik litsey, kasb –hunar kolleji va
oliy o‘quv yurtlarida ham iqtisodiy yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha o‘quv
dasturlari yaratildi.
Iqtisodiy bilim asoslari fani o‘quv dasturi bu fanning oldiga qo‘yilagan
maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda, shuningdek, umumiy o‘rta
ta’lim maktablari bitiruvchilarining ta’lim tayyorgarlik darajasi va o‘qitish
mazmuniga qo‘yilgan, davlat ta’lim standartlari sharhlarida belgilangan
bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni e’tiborga olgan holda
tuzilgan. Iqtisodiy bilim asoslari fanining o‘ziga xos xususiyatalaridan
biri shuki, tushunchalar oddiydan - murakkablikka qarab uzviylik va
uzluksizlik tamoyili asosida takrorlanib boradi hamda o‘quvchilarni ijtimoiy
hayotga tayyorlaydi.
Dastur quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan boblardan tashkil
topgan:
Zamonaviy iqtisodiyot, uning rivojlanish qonuniyatlari va tamoyillari.
Iqtisodiy qonunlar va tamoyillarni amaliyotda qo‘llay olish.
VIII-sinf: “Iqtisodiyotga kirish”, “Bozor”, “Oila va uy xo‘jaliklari
iqtisodiyoti”, “Talab va taklif”, “Raqobat va bozor iqtisodiyoti”, “Soliq
tizimi”.
IX-sinf: “Tadbirkorlik”, “Davlat va iqtisodiyot”, “Iqtisodiy o‘sish”,
“Soliq turlari”, “Inflyatsiya va ishsizlik”, “Jahon iqtisodiyoti”.
Dastur 68 soatga mo‘ljallab tuzilgan bo‘lib, 8-9-sinflarda haftasiga 1
soatdan o‘qitiladi.
Mashg‘ulotlarni olib borishda an’anaviy dars, amaliy mashg‘ulotlar,
noan’anaviy dars shakllaridan foydalanish, bahslar o‘tkazish,
O‘zbekiston qonunlari, Prezident asarlarini o‘rganish va ular ustida
ishlash, o‘qitishning texnik sirlarini, kompyuter, informatsion
texnologiyalarni qo‘llash, korxona, bank, birja, bozor, ko‘rgazma
markazlari kabi qator muassasalarga ekskursiya tashkil qilish usullaridan
foydalanish maqsadga muvofiqdir.

110
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
8- sinf “Iqtisodiy bilim asoslari”
(34 soat)
1. Iqtisodiyotga kirish (6 soat)
1- mavzu. Iqtisodiyot bilan tanishuv. Iqtisodiyot fanining tarixi.
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fani. Iqtisodiyotning asosiy qismlari. Iqtisodiyot
– xo‘jalik tizimi sifatida. Iqtisodiyotga oid sharqona tarixiy qarashlar.
Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot.
2-mavzu:  Cheklanganlik muammosi. Ehtiyoj. Moddiy ehtiyojlar.
Ma’naviy ehtiyojlar. Shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlar. Mehnat qilishga bo‘lgan
ehtiyoj. Ehtiyojlarning yuksalib borishi. Ehtiyojlarning cheksizligi.
Resurslarning cheklanganligi. Iqtisodiyotning asosiy muammosi.
3-mavzu:  Tanlov va uning muqobil qiymati. Tanlov zaruriyati.
Muqobil qiymat. Murosali tanlov.
4-mavzu: Ishlab chiqarish va uning omillari. Resurslar. Tabiiy resurslar.
Kapital resurslar. Mehnat resurslari. Ishlab chiqarish. Mahsulot. Iqtisodiy
ne’mat va uning tovar va xizmat ko‘rinishlari. Ishlab chiqarishning moddiy
va nomoddiy sohalari. Ishlab chiqarish omillari. Tabiiy omil. Kapital
omili. Mehnat omili. Tadbirkorlik omili.
5-mavzu: Mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv. Mehnat unumdorligi.
Fan va texnika taraqqiyoti. Mehnat taqsimoti. Ixtisoslashuv. Soha va tarmoqlar.
Xududiy ixtisoslashuv.
6-mavzu: Iqtisodiy tizimlar. Har qanday iqtisodiy xo‘jalik tizimi
oldida turgan uchta savol: “Nima ishlab chiqarish kerak”, “Qanday
ishlab chiqarish kerak”? “Kim uchun ishlab chiqarish kerak?” Iqtisodiy
tizim. Iqtisodiy tizim turlari. An’anaviy iqtisodiyot. Markazlashgan rejali
iqtisodiyot va uning muammolari. Bozor iqtisodiyoti va uning asosiy
xususiyatlari. Aralash iqtisodiyot.
2. Bozor (4 soat)
7-mavzu: Ayirboshlash va pul. Natural xo‘jalik. Ayirboshlash. Tovar
tushunchasi. Tovar xo‘jaligi. Pul. Qadimda pul. Tanga va qog‘oz pullar.
Tovar-pul almashuvi. Pulning vazifalari. Turli mamlakat pullari.
Zamonaviy pullar.
8-mavzu: Bozor va uning turlari. Bozor. Sotuvchi va xaridor. Ular
orasidagi oldi - sotdi munosabatlari. Bozorning vazifalari. Bozorning
turlari. Xalq iste’moli tovarlari bozori, ishlab chiqarish vositalari bozori,
mehnat bozori, moliya bozori, intellektual tovarlar bozori. Sharqona
bozor xususiyatlari.

111
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
9-mavzu: Bozorlar va narxlar. Narx. Bozorda narxning shakllanish
mexanizmi. Narxlarning vazifalari.
10-mavzu:  Bozor qatnashchilari. Bozor ishtirokchilari: ishlab
chiqaruvchi, iste’molchi va davlat. Ular orasida bozor sharoitidagi tovar-
pul munosabatlari. Bozor infratuzilmalari.
3. Oila va uy xo‘jaliklari iqtisodiyoti (6 soat)
11-mavzu: Iste’molchilarning daromadlari va xarajat turlari.
Iste’molchi. Iste’molchi daromadlari. Ish haqi. Oylik maosh. Ishbay ish
haqi. Vaqtbay ish haqi. Iste’molchi xarajatlari. Oila budjeti. Majburiy
xarajatlar. Erkin xarajatlar. Engel qonuni.
12-mavzu: Mulk va xususiylashtirish. Mulk tushunchasi. Mulkning
paydo bo‘lish tarixi. Mulk va undan foydalanish bo‘yicha sharq
allomalarining qarashlari. Mulk obyekti: yer va ekin maydonlari, tabiiy
boyliklar, inson qo‘li bilan yaratilgan iqtisodiy ne’matlar, pul
mablag‘lari, ma’naviy ozuqalar, intellektual va ma’lumot manbalari,
ishchi kuchi. Mulk subyekti: alohida olingan shaxs, oila, odamlar
jamoasi, davlat tashkilotlari. Mulk shakllari. Xususiy mulk. Jamoa mulki.
Davlat mulki. Mulkning iqtisodiy hayotdagi o‘rni. Hozirgi zamondagi
mulk munosabatlaridagi o‘zgarishlar. Xususiylashtirish. O‘zbekistonda
xususiylashtirish jarayoni.
13-mavzu: Daromad va boylik Daromad va boylik. Inson kapitali.
Moddiy kapital. Boylik. Omonat. Tadbirkorlik foydasi. Real va nominal
daromad.
14-mavzu: Jamg‘arish va sug‘urta. Jamg‘arma. Jamg‘arish usullari.
Sug‘urta.
15-mavzu: Iqtisodiy qaror qabul qilish. Iqtisodiy qaror. Iqtisodiy
qaror qabul qilish bosqichlari. Qarorning qadr qimmati va nafi.
16-mavzu: Iste’molchilarning huquqlari. Iste’molchi huquqlari.
Reklama. Tovarning shtrix kodi.
4. Talab va taklif (7 soat)
17-mavzu: Talab va talab qonuni. Talab. Talab miqdori. Talab chizig‘i.
Talab qonuni.
18-mavzu: Talabga ta’sir etuvchi boshqa omillar. Normal tovarlar.
Past tabaqali tovarlar bir-birining o‘rnini bosuvchi tovarlar. O‘zaro
bog‘liq tovarlar. Bir-birining o‘rnini to‘ldiruvchi tovarlar.

112
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
19-mavzu: Taklif va taklif qonuni. Taklif. Taklif miqdori. Taklif
chizig‘i. Taklif qonuni.
20-mavzu: Taklifga ta’sir etuvchi boshqa omillar. Taklifga ta’sir
etuvchi boshqa omillar.
21-mavzu: Tovarning bozor narxi. Muvozanat narx va muvozanat
miqdor. To‘yingan va taqchil bozor. Muvozanatlashgan bozor. Qat’iy
narxlar.
22-mavzu: Talab va taklif qonunlariga doir amaliy mashg‘ulot.
23-mavzu: Talab va taklif o‘zgarishining bozor narxiga ta’siri.
Talab va taklif o‘zgarishining muvozanat narxga ta’siri. Narxlarning
muvozanat narx atrofida tebranishi.
5. Raqobat va bozor iqtisodiyoti (4 soat)
24-mavzu: Raqobat. Raqobat. Raqobatning bozordagi o‘rni.
Raqobatning turlari.
25-mavzu: Monopoliya va monopollashgan bozorlar. Bozorning
monopollashganlik darajasiga qarab turlanishi. Sof raqobat bozori,
monopolistik raqobat bozori, oligopoliya, sof monopolistik bozorlar.
Tabiiy monopoliya. Davlat — bozor munosabatlari himoyachisi.
O‘zbekistonda antimonopol qonunchilik.
26-mavzu: Bozor iqtisodiyoti. Bozor iqtisodiyotining asosiy
xususiyatlari. Bozor iqtisodiyotining nochorligi.
27-mavzu: O‘zbekiston bozor iqtisodiyoti sari. Bozor iqtisodiyotiga
o‘tish davrining mohiyati. O‘zbekistonda o‘tish davrining o‘zgachaligi.

Download 3.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling