O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Download 1.43 Mb.
bet2/6
Sana29.11.2020
Hajmi1.43 Mb.
#155224
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
baratova malaka ishi



1869 yilda Mendeleyev davriy sistemaning birinchi variantini tuzdi. Bu sistemada u barcha elementlarni davrlarga boʻldi (u paytda 63 element maʼlum boʻlib, ular 19 ta gorizontal va 6 ta vertikal qatorga joylashtirilgan edi) va xossalari bir-biriga oʻxshagan, hosil qiladigan birikmalari oʻxshash boʻlgan elementlarni bir-birining ostiga tushadigan qilib, bu davrlarni birining ostiga ikkinchisini joylashtirish yoʻli bilan jadval tuzdi. Mendeleyev oʻsha vaqtda hali maʼlum boʻlmagan elementlar uchun bush joy qoldirdi va uch elementning (u bu elementlarni ekabariy, ekaalyuminiy, ekasitsiliy deb atadi) mavjudligini aytibgina qolmasdan, balki ularning xossalarini ham oldindan aytib berdi. Bu elementlar (galliy, skandiy, germaniy) keyinchalik kashf qilindi. Ularning xossalari Mendeleyev ba-shorat kilganiday boʻlib chiqdi. Bu variant uzun davrli variant hisoblanadi. 1871 yilda Kimyoviy elementlar davriy sistemasis. ning ikkinchi varianti eʼlon qilindi. Bu variantda uzaro oʻxshash elementlar vertikal qatorlarga joylashgan boʻlib,’ qisqa davrli variant hisoblanardi. Unda 8 ta vertikal, 10 ta gorizontal qator bor edi. Bu variantga asoslanib, Mendeleyev urangacha 11 ta elementning va urandan keyin bir nechta element kashf etilishini ba-shorat qildi. Mendeleyevning davriy qonuni tajribada tasdiklandi va kimyoning rivojlanishida katta rol uynadi. Davriy sistema jadvalining hozirgi koʻrinishi keyingi yillardagi kashfiyotlar va maʼlumotlar bilan toʻldirilgan.

Ayni vaqtda davriy sistemaning 500 dan ortiq varianti chop etilgan. Ulardan eng keng tarqalgan shakllari quyidagilardir: 1) Mendeleyev taklif etgan davriy sistemaning kiska varianti (shu jadval keltirildi). 2) Kimyoviy elementlar davriy sistemasis.ning shveysariyalik kimyogar A. Verner tomonidan 1905 yilda takomillashtirilgan uzun varianti. 3) Daniyalik fizik N. Bor chop etgan (1921 yil) davriy sistemaning zinapoyasimon shakli.

Soʻnggi yillarda koʻrinishi va amaliy jihatdan qulayligi sababli Kimyoviy elementlar davriy sistemasis.ning qisqa va uzun variantilari keng kullanadi.



Maʼlum boʻlgan 109 ta element (110-elementning sintez qilinganligi haqida maʼlumotlar bor, 104—109 elementlar IUPAC tomonidan hali tasdiqlanmagan) atom massasilarning ortib borishi tartibida vertikal va gorizontal katorlarda joylashtirilgan. Vertikal qatorlar guruhlar deb nomlangan. Jadvalda I—VIII va 0 guruh mavjud. I—VII guruhlarning har biri ikki — asosiy va qoʻshimcha guruhchadan iborat. Har qaysi guruhcha va guruh (VIII, 0)da joylashgan elementlar bir-biriga oʻxshaydi, mas, 1 guruhning asosiy guruhchasida ishqoriy metallar, II guruhning asosiy guruhchasida — ishqoriy-yer metallar va VII guruhning asosiy guruhchasida — galogenlar va nolinchi guruhchadagi inert gazlar. Bir guruhda, asosiy yoki qoʻshimcha guruhchada joylashgan elementlarning xossalari bir-biriga uxshaydi, ammo baʼzi xossalari farq qiladi. Gorizontal qatorlar davrlar deb ataladi. Birinchi 3ta (kichik) davrning har birida 2 ta, 8 ta va 8 ta element bor. 4, 5 va 6 (katta) davrlarda 18 ta, 18 ta va 32 ta element mavjud. 7 davrda 23 ta element boʻlib, u hali tugallanmagan. 1940 yildan beri bu davr sunʼiy yul bilan olingan radioaktiv (transuran) elementlar bilan tulib bormoqda. Bular tabiatda uchramaydi (qarang Radioaktiv elementlar). Kimyoviy xossalari va elektron kavatlarining tuzilishiga koʻra, barcha transuran elementlar bir-biriga, shuningdek, toriy, protaktiniy, uranga oʻxshaydi. Kimyoviy elementlar davriy sistemasis.da aktiniydan soʻng keladigan (90—103 raqamlardagi) elementlar aktinoidlar oilasiga birlashtirilgan va jadvalda lantanoidlar (58—71 raqamdagi elementlar)dan ke-yinda joylashtirilgan. Kimyoviy xossalari va elektron kavati tuzilishiga koʻra, bu ikkala oila birbiriga Uxshaydi. Ular III guruhga mansub. Har bir 2 ta davr, yaʼni 2 va 3, 4 va 5, 6 va tugallanmagan 7davrlardagi elementlar soni, ularning joylanish tartibi bir xil ekanligi sistemadan aniq koʻrinib turibdi. Shunga qarab 7davrdagi hali nomaʼlum elementlarning urnini kursatib berish mumkin. Ammo davriy sistema kaysi element bilan tugashini aytish qiyin. Sunʼiy radioaktiv kimyoviy elementlarning atom massasini izotoplar tabiiy aralashmasining oʻrtacha massasi deb hisoblash mumkin emas. Shuning uchun bu elementlarning kimyoviy formulasi ostidagi son boshka elementlardagi kabi uning atom massasiini emas, balki eng uzoq mavjud buladigan izotopning massa sonini kursatadi. Davriy sistemadagi elementlarning xossalari qonuniy ravishda uzgarib boradi.
Mas, ishqoriy metallar guruhchasida yuqoridan pastga, yaʼni litiydan seziyga tomon metallarning elektron berish qobiliyati ortib, shu bilan birga ularning kimyoviy faolligi ham kuchayib boradi. Galogenlar guruhchasida esa, aksincha, pastda joylashgan element yuqoridagi elementga Karaganda elektronni qi-yinlik bilan biriktiradi. Demak, galogenlar guruhchasida metalloidlarning faolligi yuqoridan pastga tomon pasayib boradi. Davrlardagi qonuniyat shundayki, Ungda joylashgan elementlarga qaraganda chapda turgan elementlar elektronlarni oson yoʻqotib, qi-yinlik bilan biriktiradi. Shunga muvofiq, chapdan oʻngga (faol ishqoriy metallardan yaqqol metallmaslar — galogenlarga) tomon oddiy moddalarning xossalari oʻzgaradi, ayni vaqtda elementlar birikmasining xossalari ham davriy ravishda uzgarib boradi.

Mac, davrlar boshidagi elementlar asosli oksidlar va shularga toʻgʻri keladigan gidroksidlar (asoslar) hosil qiladi. Tartib raqamining ortib borishiga qarab gidroksidning asos tavsifi amfoter, soʻng kislota tavsifi bilan almashadi. Guruhchalarda elementlar gidroksidlarining tavsifi yuqoridan pastga tomon kuchayib, kislota tavsifi zaiflashib boradi. Kimyoviy elementlar davriy sistemasis. ki-myoviy elementlar va birikmalarning fizikkimyoviy xossalarini oʻrganishda, bu xossalar orasidagi qonuniyatlarni ochishda, yadroviy reaksiyalarni oʻtkazishda hamda radioaktiv izotoplarni sintez qilish sohasidagi tadqiqotlarda qisqa va aniq ilmiy asos boʻlib xizmat qiladi.



Elementlar davriy jadvalidagi atomlarning davriy xossalari

D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy jadvalida elementlarning kimyoviy va ba‘zi fizik xossalari davriy ravishda o‘zgarishi aks ettirilgan. Davriy ravishda o‘zgaradigan, ya‘ni bir necha elementdan keyin qaytariladigan kimyoviy xossalar quyidagilardan iborat: 1) elementning valentligi; 2) yuqori oksidi va gidroksidlarning formulalari; 3) ularning asos yoki kislota tabiatiga ega bo‘lishi; 4) oksidlarning gidratlanishga intilishi va hokazo.





Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling