O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi turdiyeva Gulhayo Ismatovna


Download 0.73 Mb.
bet6/12
Sana02.01.2022
Hajmi0.73 Mb.
#192382
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
14-maktab Turdiyeva Gulhayo malaka ishi (1)

Metodik tavsiyalar:

1.Atrofni o’rab olgan muhitni:tabiatni,kishilarning hayoti va mehnat faoliyati,bolalarning o’yini va o’qish faoliyatini, kattalar bilan munosabatni kuzatish: Tabiat qo’yniga, turli joylarga, muassasalarga ekskursiya vaqtida bolalar narsa va hodisalarni kuzatish bilan ko’pgina yangi nom va iboralarni o’rganadilar.

2. O’quvchilar lug’atini boyitishda eng ishonarli manba badiiy asarlar hisoblanadi, shundagina o’zbek tilini yuksak badiiy obrazlar bilan o’zlashtiradi.

3. So’z ma’nosini tushintirish o’quvchilar lug’atini boyitadi. Buning uchun o’qituvchi har bir darsga tayyorlanish jarayonida ma’nosi tushintirilishi lozim bo’lgan so’zlarni, uni tushintirishning eng qulay usullarini va darsni qaysi o’rnida tushintirishni belgilab oladi.

4.So’z ma’nosini shu so’zning ma’nodoshi yordamida tushintirish Masalan: sabo-shabada, mudofaa-himoya,samo-osmon.

5. So’zni o’ziga yaqin tushuncha bilan,ya’ni boshqacha ifoda etish bilan tushintirish. Masalan: o’zboshimchalik-o’z xohishiga ko’ra ish qilish. Shunqor-uzoq uchadigan ko’zi o’tkir qush.

6.O’quvchilarda o’zbek adabiy tilining boy uslubiy zaxiralari hamda funksinal-ekspressiv imkoniyatlariga oid nazariy bilimlarni mustahlamlash

7.Matnning muayyan emotsional-ekspressiv bo’yog’i tantana,xush kayfiyat,kinoya, ta’na,e’tiroz kabi ma’no farqlarni anglash va uni nutq sharoitiga mos ravishda to’g’ri ifodalash qonunyatlari bilan tanishtirish.

8.Matnda gaplararo, abzaslararo bog’lanishga rioya qilish,fikrni tugallab, keying xatboshiga o'tish ko’nikmasini shakllantirish

9.Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilarida mustaqil matn yaratish ko’nikmalarini shakllanishida topshiriqli mashqlar tizimidan foydalanish alohida o’rin tutadi. Bunda

a)analitik xarakterdagi tayyor matnlar ustida ishlash

b)ma’nodosh so’zlar ustida ishlash

c)uyadosh so’zlar ustida ishlash

Umumta’lim maktablari o’quvchilarini matn yaratishga tayyorlash jarayonini o’quvchini ijodiy matn yaratishga yo’naltirishning zamonaviy texnalogiyasini Uyadosh so’zlar mavzusi bilan yaxshi singdirish mumkin. Masalan; berilgan mavzuga oid uyadosh so’zlar topish, yuritilajak matnning asosiy lug’aviy manbasini ta’minlash bilan bir qatorda o’quvchiga matn mazmuni, uning tarkibiy qismlari, xatboshilarni to’g’ri shakllantirish ko’nikmalarini egallash, milliy lug’at xazinasiga tog’ri tarafdan erkin borish va maqsadli harakatlanish imkoniyatini beradi va u o’quvchi uchun bo’lg’usi matn asosini yaratishning ishonchli vositasidir.

Ona tili ta’limida matn ustida ishlash usullari bag’oyat xilma-xil.Biz ularning ayrimlari haqida fikr yuritamiz.


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling