Mavzuni o’quvchilarga o’rgatishda darajali topshiriqlar ishlab chiqish:
Namuna asosida……………………………………..bet
Analitik topshiriqlar…………………………………bet
Ijodiy topshiriqlar………………………………….bet
O’qish savodxonligini oshiruvchi topshiriqlar……….bet
Audio topshiriq……………………………………bet
Foydalanilgan adabiyotlar………………………bet
Taqdimot…………………………………………bet
Garchi azim daraxt bo’lsa til,
Matn undan yaralgan hosil
KIRISH
Matn va lug’at bilan ishlash mavzusining dolzarbligi: Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta’lim-tarbiya sohasida olib boriladigan ishlarning dasturiamali bo’lgan “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” mohiyati haqida shunday degan edi.”Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydi. Agar bola erkin, mustaqil fikrlashni o’rganmasa, unga berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar. Albatta bilim kerak,ammo bilim o’z yo’liga, mustaqil fikrlash ham katta boylikdir”.
Davlat ta’lim standartlari talablari asosida ona tili o’qitishning bosh maqsadi:o’quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini yozma va og’zaki shakllarda tog’ri, ravon ifodalash ko’nikmalarini shakllantirish ekan, demak,ona tili fani oldida o’z yechimini kutib turgan navbatdagi dolzarb vazifa –o’quvchilarda mustaqil matn yaratish ko’nikmalarini shakllantirish muammosining ijobiy yechimini topishdan iborat.
Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ona tili ta’limining yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilishini ta’minlash, o’quvchida mavjud bo’lgan lug’at zaxirasi, nutqiy-intellektual qobiliyatni aniqlash, ijodiy tafakkur faoliyatini jadallashtirish, o’quvchida ravon nutq, mantiqiy fikrlash, fikr mahsulini yozma ravishda tog’ri, izchil o’rinda ifodalash,o’quvchining matn yaratish ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdir. Matn orqali o’quvchining tinglab tushinish, gapirish, o’qish, yozish ko’nikmalari shakillanadi.Avvalo matn tuzish texnikasini o’rganadi.O’zi matn tuzib yoza oladigan bo’ladi.Matn va lug’at bilan ishlash jarayonida qanday so’zlardan foydalanish kerakligi, shu o’rinda aynan, qaysi so’z qo’llansa, o’rinli bo’lishi tushiniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |