O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi turdiyeva Gulhayo Ismatovna


Download 0.73 Mb.
bet7/12
Sana02.01.2022
Hajmi0.73 Mb.
#192382
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
14-maktab Turdiyeva Gulhayo malaka ishi (1)

Namuna asosidagi topshiriqlar:

Topshiriq. Matnni diqqat bilan o’qing.

Baxt

Baxt shunday narsaki,borligida uni kishi sezmaydi, yo’qligida orzu qiladi. Baxtli odam “Men baxtliman” deb olamga jar solmaydi.Inson hech qachon baxtga to’ygan,”baxtliman” degan emas.

Aslida,hayotda birorta maqsad bilan yashashning o’zi –baxt. Maqsadsiz yashash shunday ko’rgilikki, u hech kimning boshiga tushmasin! Kishida maqsad bo’lsa,unga erishish yo’lida kurashish, mashaqqat chekish, ta’na-dashnomlar eshitib, kuyib-yonib yurish ham baxt.

Men kinochi bo’lsam,”Baxtiyorlik lahzasi”degan film yaratgan bo’lar edim.Bu film baxt lahzalari majmuasidan iborat bo’lar edi.Unda marraga yetgan sportchining g’alabadan charaqlagan ko’zlarini,yerga qo’ngan kosmonavtning kulgusini, she’r yozib tugatgan shoir quvonchini, chet eldan qaytayotgan sayohatchining mamlakatimiz chegarasini kesib o’tgandagi his-hayajonini, uzoq judolikdan so’ng bolasiga yetishib quchoqlagan onaning sevinch yoshlarini, o’z mehnat samarasini ko’rib mamnun bo’lgan kishi sevinchini….suratga tushirgan bo’lardim.




Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling