O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi turdiyeva Gulhayo Ismatovna


Matn va lug’at bilan ishlash mavzusidagi muhim muammolar


Download 0.73 Mb.
bet5/12
Sana02.01.2022
Hajmi0.73 Mb.
#192382
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
14-maktab Turdiyeva Gulhayo malaka ishi (1)

Matn va lug’at bilan ishlash mavzusidagi muhim muammolar:Bugungi globallashuv davrida o’quvchilar o’zlari mustaqil matn tuzganlarida bir qator kamchiliklarga yo’l qo’ymoqda:

-So’z tanlash bilan bog’liq uslubiy xatolar

-O’quvchi o’zining lug’at boyligidagi so’zlardan unumli va o’rinli foydalanaolmasligi

-Matnda shevaga xos so’zlardan noo’rin foydalanishi

- Ba’zi o’quvchilarda dunyoqarashning sustligi

Matn va lug’at bilan ishlashda o’quvchilar malakaga ega bo’lishining birinchi sharti-o’quvchilarni tayyor matn ustida ishlashga o’rgatish,matn tarkibida mavjud bo’lgan mantiqiy va uslubiy nuqsonlarni qiyinchiliksiz aniqlash va bartaraf etish, matn mazmuni, shakli va uslubini turfa yo’nalishda qayta ishlash(ixchamlash,kengaytirish matn tilini boyitish(epigraf,sitata,ibora va tasviriy vosita,maqol,hikmatli so’zlar kiritish ko’nikmalarini shakllantirish, matnni tahlil qilish va tahrir qilish yo’llarini o’rganishga yo’naltirishdir.Agar til hodisalari nutq tarkibida tahlil qilinsa,til bo’limlarini o’rganish matn yaratish va matn tahlili bilan birgalikda olib borilsa, o’quvchilar shakl va mazmun o’rtasidagi turli tuman bog’lanishlarni anglab yetadi va o’z nutqiy faoliyatiga tadbiq etadi. Matn va lug’atlar bilan ishlash mavzusi o’quvchilarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, so’z boyligini oshirish va matiqiy tafakkurini shakllantirish uchun juda zarur. Bugungi murakkab globallashuv davrida biz har tomonlama yetuk barkamol shaxsni tarbiyalashimiz zarur.Matn va lug’atlar bilan ishlash mavzusini o’quvchilar yaxshi o’zlashtirishi uchun biz o’qituvchilar bu mavzuni o’quvchilarning ongiga har xil qiziqarli metodlar, bolalar yoshiga xos o’yinlar bilan singdirishimiz zarur. Biz shunday yo’l tutsak, bola darsda zerikmaydi,mavzuni oson va samarali tushunadi.

Dastlab, o’quvchilarga matn va lug’at haqida qisqacha tushuncha berish kerak.

Tilda mavjud bo’lgan barcha so’z va iboralarning yig’indisi lug’at tarkibi yoki leksika deyiladi.Leksikalogiya o’zbek tilining lug’at tarkibini o’rganadigan bo’limdir.Kishining lug’ati qanchalik boy rivojlangan bo’lsa, uning nutqi ham shunchalik boy bo’ladi.Maktabda lug’at ustida ishlash metodikasi to’rt asosiy yo’nalishni ko’zda tutadi:

-O’quvchilar lug’atini boyitish, ya’ni yangi so’zlarni,shuningdek, bolalar lug’atida bo’lgan ayrim so’zlarning yangi ma’nolarini o’zlashtirish. Ona tilining lug’at boyligini bilib olish uchun o’quvchi o’z lug’atiga har kuni 8-10 ta yangi so’zni ma’nosini o’zlashtirishi lozim.

-O’quvchilar lug’atiga aniqlik kiritish lozim.Buning ichiga quyidagilar kiradi: a)O’quvchi puxta o’zlashtirmagan so’zlarning ma’nosini to’liq o’zlashtirish ya’ni shu so’zlarni matnga kiritish,ma’nosini yaqin so’zlarga qiyoshlash,antonim tanlash yo’li bilan uning ma’nosiga aniqlik kiritish.

b)so’zning kinoyali ma’nosini, ko’p ma’noli so’zlarni o’zlashtirish

c)so’zning sinonimlarini, sinonim so’zlarni ma’no qirralarini o’zlashtirish

d)ayrim frazeologik birliklarning ma’nosini o’zlashtirish.

-Lug’atni faollashtirish,ya’ni o’quvchilar ma’nosini tushunadigan ammo o’z nutq faoliyatida ishlatmaydigan nofaol lug’atidagi so’zlarni faol lug’atiga o’tkazish. Buning uchun shu so’zlar ishtirokida so’z birikmasi va gaplar tuziladi,ular o’qiganlarni qayta hikoyalash,suhbat, bayon va inshoda ishlatadi.

-Adabiy tilda ishlatilmaydigan so’zlarni o’quvchilar faol lug’atidan nofaol lug’atga o’tkazish. Bunday so’zlar bolalarning nutq muhiti tufayli o’zlashib qolgan adabiy til me’yoriga kirmaydigan sheva va ijtimoiy guruhga oid so’zlar kiradi.

O’quvchilar lug’ati quyidagi manbalar asosida boyitiladi va takomillashtiriladi:




Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling