O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi turdiyeva Gulhayo Ismatovna


Download 0.73 Mb.
bet9/12
Sana02.01.2022
Hajmi0.73 Mb.
#192382
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
14-maktab Turdiyeva Gulhayo malaka ishi (1)

Analitik topshiriqlar: Bu topshiriqlar orqali o’quvchilarni og’zaki va yozma savodxonligini oshiramiz! “Ishonch” matni orqali o’quvchilar mustaqil fikrlaydi, “Topagon” o’yini orqali esa o’quvchilarda mustaqil matn yaratish ko’nikmasi shakillanadi. “Kungaboqar” usuli orqali o’quvchi fikrlab, nutqiy kompetensiyasi shakllanadi va lug’at boyligi oshadi. Bu usulni barcha darajadagi o’quvchilar uchun qo’llasak bo’ladi.Navoiy taxallusi yashiringan savollarga javob topish orqali bolalarda lingvistik kompetensiya shakllanadi.”Bilimdon bolalar” o’yini o’quvchilarning imlo savodxonligini oshirishga qaratilgan.Xato yozilgan so’zlarni tog’rilash orqali o’quvchilarning lug’at boyligi ham kengayadi.

Sust o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun



  1. Keksa bir qayiqchi qayig’ida eshkaklarning biriga “Ishon”, ikkinchisiga “Harakat qil “deb yozib qo’yibdi.Buning ma’nosini so’raganlarga u shunday deb javob berarkan:

Daryodan suzib o’tish uchun har ikki eshkakka ehtiyoj bor. Harakatsiz ishonch, ishonchsiz harakat sizni olg’a yetaklamaydi. Daryoni bitta eshkak bilan suzib o’tib bo’lmaganidek, hayot yo’llariga ham ularning bittasi bilan chiqib bo’lmaydi, har ikkisiga tayanish kerak.

  1. Berilgan matnga sarlavha qo’ying va nega shunday sarlavha qo’yganizni daftarizga izohlang.

2.”Topag’on”o’yini.

- tulki,sichqon, ma’zali non,dush,qochdi,dum, yong’oq:

-xurmo,malla soch, kamon, tush, afsus, daryo, osmon:

-taksi, kino, pul, sahifa, chipta, uyalib qoldik, sahna.

Berilgan so’zlar ishtirokida matn tuzing va unga sarlavha toping.

O’rtacha o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun

1.Biz o’z hayotimizda nimaga ishonsak va nimani kutsak,o’shanga erishamiz. Hayot go’zalligiga ishonsangiz hayotingiz go’zallashadi.Siz o’zingizga ishonsangiz ,har qanday qiyinchilikdan chiqish yo’lini topasiz. Kasallikdan qo’rqsangiz bemor bo’lasiz. Omadga ishonsangiz, uni yaratasiz.

Berilgan hikmatlardagi sizga notanish bo’lgan so’zlarni daftaringizga yozing, ularni ma’nosini aniqlashga harakat qiling.



2.”Kungaboqar” usulida ishonchning ko’rinishlarini yozing! Ishonch kimga yoki nimaga nisbatan bo’lishi mumkin.

A’lo o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun

1.Quyida berilgan so’zlardagi fonetik o’zgarish hosil qilayotgan tovushlarni topsangiz, “Mezon ul-avzon” nomli asar yozgan ijodkorning taxallusi kelib chiqadi.

1.Mening so’zidagi tushgan tovush. 2.Shahri so’zidagi tushgan tovush.3. O’quv so’zidagi –i tovushuni – u tovushiga aylantirayotgan qo’shimcha. 4. Sana so’zida almashayotgan tovush. 5. Singlim so’zidagi tushgan tovush. 6.Deyiladi so’zidagi ortgan tovush.




















2.”Bilimdon bolalar” o’yini

Biz O’zbegistonning bahtli yoshlarimiz. Mustaqil davlatimiz bizga barcha sharoyitlarni yaratib bermoqda? Bizga til o’rganishga kampyuterlardan foydalanishga imkoni bor! Maktaplarimiz yildan yilga chiroylilashib bormoqda.Biz bulardan unumli foydalanishimiz kerak? Baxtli bolalikning mazmuni shundan iboratdur.

Matn bilan tanishib chiqib,undagi imloviy, punktuatsion xatolarni, so’z qo’llash bilan bog’liq xatolarni toping.

Matnda O’zbegiston, bahtli,sharoyit,kampyuter, maktaplarimiz so’zlari xato yozilgan.Shuningdek, chiroylilashib so’zi noo’rin qo’llangan. Uch o’rinda gap oxiridagi tinish belgilar noto’g’ri qo’llangan.


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling