O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi turdiyeva Gulhayo Ismatovna


O’qish savodxonligini oshirishga qaratilgan topshiriqlar


Download 0.73 Mb.
bet11/12
Sana02.01.2022
Hajmi0.73 Mb.
#192382
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
14-maktab Turdiyeva Gulhayo malaka ishi (1)

O’qish savodxonligini oshirishga qaratilgan topshiriqlar: Bunday topshiriqlar o’quvchilarni mustaqil fikrlash,bilim va imkoniyatlarini kengaytirishga imkoniyat beradi. Maqollarni tahlil qilish orqali o’quvchining nutqiy kompetensiyasi shakllanadi, dunyoqarashi kengayadi.Odamiylik haqidagi maqol o’quvchilarda lingvistik kompetensiyani shakllantiradi. Matnni uchta gap bilan ifodalash uchun o’quvchi bir – biriga mos keladigan so’zlarni qidiradi. O’quvchilarning odamiylik haqida maqol yozishi ularni izlanishga, nutqiy kompetensiya shakllanishiga undaydi.”Orzuga erishishning yo’li” matnini tahlili o’quvchilar uchun muammoli vaziyat bo’ladi. Bunda har bir o’quvchi o’z fikrini yozadi va izohlaydi, matndagi voqea haqida mustaqil mulohaza yuritadi.Bu topshiriqni barcha darajadagi o’quvchilar bajarishi mumkin.

Sust o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun.

  1. Matnni diqqat bilan o’qing.Qo’shtirnoq qo’yilishi sabablarini izohlang.Siz ulug’ shoirni yana qanday asarlarini bilasiz.

Men akam bilan Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” asari haqida suhbatlashdim.Akam menga bu asarning o’ziga xos hikmatlarini aytib berdi. Yana menga ulug’ Navoiy bobomizning “Mahbub ul-qulb”, “Xazoyin ul-ma’oniy” asarlari haqida ham qiziqarli ma’lumotlar berdi.

  1. Alisher Navoiyning Foniy taxallusi bilan bitgan “Lison ut-tayr” dostonida Qaqnus timsoli bor.”Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug’ati”da Qaqnus –“afsonaviy qush nomi “,deyilgan.Afsonaga ko’ra, uning tumshug’ida juda ko’p teshiklar bo’lib,bu teshiklardan chiqqan ovozdan go’yo musiqa asbobi o’ylab chqarilgan emish”. Bu afsonaviy qush olovda tug’iladi, umrining so’ngida ham kuylab-kuylab olovda kuyadi.Uning kulidan yangi bir qaqnus bolasi paydo bo’ladi.

Topshiriq: Siz ham qaqnus qushi haqida eshitganmisiz? O’z fikringizni yozing! Siz yana qanday qushlarni bilasiz, o’zingiz bilgan qushlar haqida yozing.

O’rtacha o’zlashtiradigan o’quvchilar uchun

1.Uxlayotgan qisqichbaqani oqim olib ketadi(Meksika xalq maqoli)

2.Yakshanba har kuni kelavermaydi (ingliz xalq maqoli)

- Meksika xalq maqolini tushindingizmi? Sharhlab bering.

- Ingliz xalq maqolini siz qanday tahlil qilgan bo’lardingiz, daftaringizga yozing.

3.Yaxshi so’z – odamiylikning tamal toshi, tarbiyalanganlikning asl mevasi, insonning ziynati. Darhaqiqat, odamning odamga, elning elga nisbatan ezgu muomalasigina bu dunyoning davomiyligini ta’minlaydi va madaniyatini belgilaydi.

Yaxshi ish-odamiylikning ikkinchi mezoni. Dunyoda ezgu maqsad va ezgu ish abadiy qoladi.

Yaxshi xulq-odamiylikning uchunchi mezoni. Yaxshilik yo’lini tutganlar yaxshi xulq sohibi ham bo’ladilar.

Ma’rifat -odamiylikning to’rtinchi belgisi. Zero har bir muslimga “Beshikdan to qabrgacha ilm izlash” joizdir.(“Odamiy ersang…”kitobidan)

Matnda tushinilishi qiyin bo’lgan so’zlar lug’ati tuziladi.

Ma’rifat-bilim,fan, ma’lumot

Mezon-o’lchov

Tamal toshi-poydevor.

-Odamiylikni to’rt mezonini sanang va sharhlang.

-Hikoyadagi asosiy fikrni adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda uch jumladan ifodalang.

-Odamiylik va yaxshilik haqidagi maqol yoki hikmatli so’zlardan 3 ta yozing.

A’lo o’zlashtiruvchilar uchun.

“Orzuga erishishning yo’li”

1 .Otasining ishi sababli Anvarning o’qishi doimo uzilib qolar edi. O’rta maktabdaligida o’qituvchisi katta bo’lganida kim bo’lmoqchi va nima qilmoqchiligi haqida insho yozib kelishni buyurdi. Anvar kechasi bilan uxlamasdan o’ylab chiqib,kelajakdagi orzusi ot firmasi yaratish haqida yeti betlik insho yozdi. Maqsadining eng kichik xususiyatlarini ham batafsil yoritdi.

Hatto orzusidagi 200 gektarlik firmasining chizmasini ham chizdi.Binolar, og’ilxonallar va otlar uchun yugurish joylarini qayerda bo’lishini ham ko’rsatdi. Bunga qo’shib, shu firmaga mos 1000 m li yashaydigan uyining chizmasini ham chizdi. Ertaga o’qituvchisiga beradigan yeti betlik vazifasini qalbiga quloq solib yozgan edi.

Ikki kundan keyin insho baholari qo’yilgandi. Qog’ozning ustiga qizil ruchka bilan kattakon “0” va “Darsdan keyin mening oldimga kir”-deb yozilgan edi.

-Nega “0” oldim?-deb so’radi Anvar o’qituvchisidan.

-Bu sening yoshingdagi bola uchun ushalmaydigan orzu!-dedi o’qituvchisi.

-Puling yo’q. Nuqul ko’chib yuradigan oiladansan. Ot firmasi qurish uchun katta mablag’ kerak. Nasldor hayvonlar ham sotib olishing kerak. Bularning hech birini qila olmaysan-ku!-dedi va yana:-Agar inshongni to’g’rilab yozib kelsang, bahongni ko’tarib berishim mumkin”-deb qo’shib qo’ydi.

Anvar uyiga qaytdi va uzoq-uzoq o’yladi. Dadasiga bo’lgan voqeani aytib berdi.

-O’g’lim,-dedi dadasi, bu masalada qaroringni o’zing berishing kerak. Bu sening hayoting bo’lgani uchun juda muhim!

Anvar bir hafta o’ylaganidan so’ng inshoni hech o’zgartirmasdan o’qituvchisiga qaytarib olib bordi.

- “Siz qo’ygan bahongizni o’zgartirmang, men esa orzularimni …..“-dedi.

O’sha bola hozir 200 gektarlik firmasini yonidagi 1000 m lik uyida yashayapti. Bir necha yillar avval yozgan inshosi esa ramkada osilib turibdi.

Matn yuzasidan topshiriqlar.

Siz qo’ygan bahongizni o’zgartirmang, men esa….

a)orzularimni c)maktabimni

b)inshoimni d)fikrlarimni

Anvarning qaysarligi uning hayotida qanday rol o’ynadi?

a)o’qituvchi “0” bahosidana voz kechmadi

b)Anvar boshqa maktabga o’qishga ketdi

c) orzulariga yozganidan ortiq erishdi

d)xomhayolligi natija bermadi

Ertaga o’qituvchisiga topshiradigan inshosini…….

Fikr davom ettiring.

a)Otasini fikrlarini eshitib yozgandi

b)Qalbiga quloq solib yozgandi

c)Katta-katta yozib jonlantirgandi

d)“u sening hayoting bo’lgani uchun o’zing qaror chiqar”

2-topshiriq

Quyidagi savollarni yozib olib, javob bering.

-O’qituvchi qo’ygan bahoni tog’ri deb o’ylaysizmi?

-Nega Anvar inshoni ramkaga solib qo’ygan deb o’ylaysiz?

-Anvarning shunday yutuqlarga erishishiga undagi qaysi xususiyatlar yordam bergan deb o’ylaysiz?

Quyidagi maqollardan qaysi biri mantiqan matndagi voqeaga mos keladi.

a)Odamlar o’zlarining aqli va o’zgalarning boyligini hamisha oshirib gapiradilar.

b)Baxtni izlamaydilar,uni mehnatda topadilar

c)To’rga ilingan hamma narsa ham baliq emas



-Siz ot haqida nimalarni bilasiz?


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling