O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi turdiyeva Gulhayo Ismatovna


Download 0.73 Mb.
bet10/12
Sana02.01.2022
Hajmi0.73 Mb.
#192382
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
14-maktab Turdiyeva Gulhayo malaka ishi (1)

Ijodiy topshiriqlar: Bunday ko’rinishdagi topshiriqlar o’quvchilarning tasavvur dunyosini, mustaqil matn yarata olish qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi.Birinchi rasmda kuz manzarasi tasvirlangan, o’quvchi o’z ham mustaqil fikrlab bog’lanishli matn tuzadi. Matn yaratish ko’nikmasi shakllanadi.ikkinchi rasmda esa shifokorlar tasvirlangan, o’quvchi matn tuzish orqali shu sohada mavjud bo’lgan ilmiy terminlarga murojaat qiladi, va lug’at boyligi kengayadi. “Begona” o’yini oquvchini mantiqiy fikrlash qobiliyatini o’stiradi.O’quvchi lug’at boyligidagi so’zlardan unumli foydalanishni o’rganadi.”Popuri yoki ijodiy mashqlar’’

o’yini ham o’quvchini turli vaziyatlardan oson chiqib ketishga, so’zlardan unumli va o’rinli foydalanishga o’rgatadi.Mashq natijasini muhokama qilish orqali o’quvchilar o’zlari yo’l qo’ygan xatolarini bilib oladilar.

Sust o’zlashtiradigan o’quvchilar uchun.

1.Rasm asosida bog’lanishli matn tuzing.



.

2.G’uncha ochilguncha o’tgan fursatni,

Kapalak umriga qiyos etgulik;

Ba’zida bir muddat olg’ulik nafas,

Ming yulduz so’nishi uchun yetgulik.

Ushbu she’rni nasriy bayonini daftaringizga yozing.



O’rtacha o’zlashtiradigan o’quvchilar uchun

Rasm asosida bog’lanishli matn tuzib, unda shu sohaga oid terminlardan foydalaning. Terminlar ma’nosini izohlang.

2.”Begona” o’yini.

Kichkina shahzoda, sayyoralar, shlyapa, ilon,suv,muzqaymoq, samolyot.

Berilgan so’zlardan “Kichkina shahzoda” asarida uchramaydigan so’zni belgilang va asarga ana shu so’z bilan bogliq birorta voqeani qo’shing. Siz shunday qilingki, bu so’zning begonaligi sezilmasin.Voqeani daftaringizga yozib qo’ying.

A’lo o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun.




.

Olma daraxtidagi mevalardan uch donasini oling va shu mevalar ortidagi so’zlar ishtirokida tilimizga yangi o’zlashgan so’zlardan foydalanib, matn tuzing.

Matnda siz foydalangan yangi so’zlarga izoh yozing.

2.”Popuri yoki ijodiy mashqlar “o’yini

Bu o’yin guruhlarga bo’lib o’tkaziladi. Kichik guruh a’zolari 8 tadan oshmasligi kerak.Guruh a’zolari davra qurib o’tiradi.Sinf derazasiga yaqin o’tirgan o’quvchi o’z tasavvurida tug’ilgan qisqa jumlani aytadi.Masalan: Kuz keldi.Daraxtlar bargi sarg’aymoqda.

Navbatdagi o’quvchi o’ylab o’tirmasdan bog’li matnni davom ettiradi. Har bir qatnashchi 2-3 jumladan qo’shib, matnni davom ettiradi.So’ng guruh a’zolari mashq natijasini muhokama etadi.




Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling