O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi Samarqand viloyati Oqdaryo tuman xalq ta’limi


Palov tayyorlash uchun kerakli masalliqlar


Download 28.06 Kb.
bet5/5
Sana22.12.2022
Hajmi28.06 Kb.
#1040962
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-sinf Palov ochiq dars

Palov tayyorlash uchun kerakli masalliqlar: 1 kg guruch, 1 kg qo'y go'shti, 250 gr qo'y yog'i, 4-5 bosh piyoz, 500 gr sabzi, 1 choy qoshig'ida zira, shuncha zirk va shuncha tuyilgan qizil garmdori, tuz esa ta'bga ko'ra solinadi. Palov uchun kеrakli masalliqlar: qo‘y go‘shti – 0,5 kg, guruch – 1 kg, sabzi – 1 kg (bo‘lsa sariq, bo‘lmasa qizil), piyoz – 30 g, ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlar, suv.


Ishni bajarish tartibi.
1. Qizib turgan yog‘ga avval yarim halqa shaklida to‘g‘ralgan piyozni
tashlab, qizartirib qovuriladi.
2. Qizartirilgan piyoz ustiga 2×2 smkubik shaklida to‘g‘rab olingan
go‘sht solib, go‘sht suvi chiqib tugaguncha qovuriladi, bu orada tuz
solib yuborsa ham bo‘ladi.
3. So‘ngra somoncha shaklida to‘g‘ralgan sabzi tashlab 10–15 daqiqa
qovuriladi, bu jarayon mahalliy til bilan «zirvak» dеyiladi.
4. Kеyin suv quyib, 5–10 daqiqa qaynatiladi.
5. Suv qaynab chiqqach, tuzini ko‘rib, kam-ko‘sti bo‘lsa to‘g‘rilanadi,
so‘ngra iliq suvda ivitilgan guruch qozonga avval chеtidan boshlab,
kеyin o‘rtasiga solinadi.
6. Qozondagi guruch 1–2 daqiqa qaynab, bug‘langach, guruchlar ohistalik
bilan aralashtiriladi, aniqrog‘i guruchning ustki qismini ostiga, past
qismidagini ustiga chiqazish lozim bo‘ladi. Shu hol to suvi qaynab
tugagunga qadar yana bir yoki ikki marta takrorlanadi.
7. Suvi qaynab tugagan va 2–3 marta aylantirilgan guruch o‘rtaga to‘planib,
ustiga zira, ta’bga ko‘ra mayiz ham qo‘shib, 15–20 daqiqaga dimlab
qo‘yiladi.
8. Tayyor bo‘lgan palov yaxshilab aralashtiriladi. So‘ng laganga solinadi
va dasturxonga tortiq qilinadi.


IV. Mustahkamlash:
1. Palovning qanday turlari bor?
2. Palov taomi qanday tayyorlanadi?
3. Taomni tayyorlashda nimalarga e'tibor qaratish kerak?
4. Tayyor palov oshining rangi to‘q yoki och bo‘lishi tayyorlash
jarayonining qaysi bosqichida bajariladi?-
Osh tayyorlash MKsi o’quvchilarga namoish qilinadi.
Sharq guruhini palov nomli qushig’iga raqsga tushamiz.
VI. Darsni yakunlash.
Guruhlarni olgan ballarini hisoblash o’quvchilarni rag’batlantirish.
Baholash. Uyga vazifa berish. Ish o'rnini yig'ishtirish.
Download 28.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling