Yakuniy attestatsiya
Ta’lim oluvchi xodim uzluksiz kasbiy rivojlantirish (malaka oshirish) kurslari o‘quv reja va dasturlari tarkibiga kiruvchi har bir o‘quv modulini o‘qib-o‘zlashtiradi, hududiy markaz direktorining imzosi hamda hududiy markazning gerbli muhri bilan tasdiqlanadigan ma’lumotnomani “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasiga (shaxsiy kabinetiga) yuklaydi va Elektron platforma tomonidan baholanadi (kredit ballari qo‘yiladi).
Uzluksiz kasbiy rivojlantirish (malaka oshirish) kurslari o‘quv reja va dasturlari tarkibiga kiruvchi har bir o‘quv moduli bo‘yicha dars mashg‘ulotlarida qatnashgan tinglovchiga tegishli o‘quv moduli uchun belgilangan kredit ballari taqdim etiladi. Tinglovchining barcha o‘quv modullari bo‘yicha kredit ballari jamlanadi hamda unga kursni muvafaqqiyatli tugatganligi haqida Davlat namunasidagi elektron generatsiya qilingan va elektron raqamli imzo yoki uning muqobil shakldagi hujjatni tasdiqlovchi vositalar (QR-kod, shtrixkod) bilan tasdiqlangan hujjat (sertifikat) shakllantiriladi.
O‘quv moduli mashg‘ulotlariga uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmagan tinglovchiga mazkur o‘quv modulini boshqa guruhlar bilan o‘zlashtirishiga imkoniyat beriladi.
MAVZU: SHAXSLARARO MUNOSABATLARDA MOSLASHUVCHANLIKNING AHAMIYATI..
REJA:
Moslashuvchanlik haqida tushuncha.
Moslashuvchanlik jarayon sifatida.
O‘zgarishlarga moslashuvchanlikning modellari va tiplari.
Ta’lim jarayonida yuz berayotgan turli o‘zgarishlarga va yangilanish jarayonlariga tez va oson moslasha olish.
Pedagogik jamoada sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhit va uning asosiy indikatorlari.
Dunyoni va atrofingizni qanday ko‘rishingiz sizning farovonligingizni shakllantiradi. O‘zingizga va boshqalarga bo‘lgan sadoqatingiz va munosabatingiz ham buni amalga oshiradi. Shuning uchun egiluvchan ongli odam bo‘lishning ko‘plab afzalliklari bor. Moslashuvchan odamlar hech qachon o‘rganishni, o‘sishni va boshqalar bilan aloqani to‘xtatmaydi. Ular uchun umidsizlikka toqat qilishlari yaxshiroq, ular o‘zgarishlardan qo‘rqmaydilar, vaqt o‘tishi bilan rivojlanib boradilar va umuman olganda past darajadagi stresslarga ega hamdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |