O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Download 215 Kb.
bet1/13
Sana18.06.2023
Hajmi215 Kb.
#1568285
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
IHJIelkjMJC9mEiNoYqr9AT8ODZsTHS8BeFNgw64 (1)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI

«TASDIQLAYMAN»
Markaz direktori
______________ A.Ibragimov
_________________ 2022 y

PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA TA’LIM TEXNOLOGIYALARI” KAFEDRASI



UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI AMALIYOTCHI PSIXOLOGLARINI ISHLAB CHIQARISHDAN AJRALGAN HOLDA TA’LIM OLISH SHAKLIDAGI UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH KURSI



  1. Modul


MUTAXASSIS MAS’ULIYATI VA MOSLASHUVCHANLIGI

MAJMUA

Samarqand – 2022
Ushbu ishchi o‘quv-mavzu reja va 2021-yil ____________________da navbatdan tashqari o‘tkazilgan Ilmiy-metodik kengash yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan.

Tuzuvchi:

N.Shukurova Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari kafedrasi
o‘qituvchisi
Ishchi o‘quv- majmua “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnalogiyalari” kafedrasining 2021-yil _____________da ___- sonli yig‘ilish qarori bilan tasdiqlangan.
Pedagogika va psixologiya,
ta’lim texnologiyalari kafedrasi mudiri: _________ G.Fayzullayeva

Kirish

Ushbu majmua O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining


“O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108 Farmoni
va “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son hamda “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil
25-yanvardagi PQ-4963-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, pedagog kadrlarning malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo‘li bilan xalq ta’limi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‘lib, zamonaviy talablar asosida xalq ta’limi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari mutaxassis (psixolog, defektolog, logoped) kadrlari malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentligini muntazam oshirishni nazarda tutadi.
Dastur mazmuni O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi Davlat siyosati, mas’uliyat va moslashuvchanlik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va media savodxonlik, kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish, inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari, o‘zini-o‘zi rivojlantirish, uzluksiz kasbiy rivojlanish hamda maxsus ta’limdagi yangiliklar, maxsus ta’lim mutaxassislari kasbiy faoliyatining dolzarb masalalariga doir o‘quv modullarini o‘z ichiga olib, ular bo‘yicha tegishli yangi bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.
O‘quv modullarining mazkur dastur doirasida taqdim etilayotgan mazmuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari mutaxassis (psixolog, defektolog, logoped) kadrlarining malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligiga qo‘yiladigan umumiy malaka talablari asosida shakllantirilgan bo‘lib, mutaxassislarning o‘z kasbiy faoliyatiga doir zamonaviy bilim va innovatsiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalardan samarali foydalanish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv-tarbiya jarayoniga keng tatbiq etish darajasini oshirish hisobiga ularning uzluksiz kasbiy rivojlanishini nazarda tutadi.
Ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish shaklidagi uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining namunaviy o‘quv dasturi quyidagi modullardan iborat:

Download 215 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling