d) DTS talabi: O’quvchilarda Hosilani hisoblash qoidalari haqida tushuncha berish, ko’nikma hamda malakasini mustahkamlsh.
e) Dаrsning uslubi: O’yin, suhbаt, sаvоl-jаvоb, qаytа хоtirlаsh, izlаnuvchаnlik ;
f) Fanlararo bog’lanish: Arifmetika, tarix, informatika, geometriya, geografiya.
Dars turi: Noan’anaviy dars.
Dars usuli: Interfaol.
Dars jihozi: Mavzuga oid ko’rgazmalar, tarqatmalar, test savollari, proyektor, kompyuter va darslik va didaktik materiallar.
Kompetensiyalar:
Kommunikativ kompetensiya:
-matematikaga oid terminlarning ma'nosini tushunib to’g’ri o’qiy olish;
- so’z va gaplarni bo’lagan holda o’z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish;
- fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;
- matematik matn ma'nosini qayta so’zlab bera olish, matematik qoidalarni yoddan ifodali ayta olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetentsiyasi:
-aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish;
- kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o’qiy olish;
- o’rganilayotgan formulalar bo’yicha murakkab bo’lmagan hisoblashlarda, tеnglama va tеngsizliklarni yеchishda, yassi va fazoviy geometrik figuralarni tasvirlashda hisoblash vositalardan va tayyor kompyuter dasturlardan foydalana olish.
O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi:
-mustaqil ravishda o’quv masalasini (maqsadini) topa olish va ifodalay olish;
- matematikaga xos bo’lgan abstrakt va aniq mulohaza yurita olish;
- isbotlangan va isbotlanmagan tasdiqlarni farqlay olish, o’z fikrini dalillay olish;
- o’quv masalasini qismlarga ajrata olish;
- masala yеchimiga yaqinlashish darajasini baholay olish va zarur hollarda o’z faoliyatini to’g’irlay olish;
- o’quv faoliyat natijasini tahlil qila olish;
- yo’l qo’yilgan xato va noaniqliklarni topa olish, ularni tuzata olish;
- olingan natijalarni boshqalar foydalanishi uchun oson ko’rinishda taqdim eta olish;
- qabul qilingan mezonlarga asosan o’z faoliyati samarasiga baho bera olish, ko’zlagan maqsadga intila olish;
- xususiy misollar va kuzatishlar tahlili asosida ob'ektlar va jarayonlar umumiy xossalarini va qonuniyatlarini topa olish, gipotezalarni taklif eta olish va uni tekshirish zarurligini tushuna olish;
- mavjud bilim va ko’nikmalarni yangi, nostandart vaziyatga qo’llay olish;
Dars shiori: “Ajdodlarimiz mangu barhayot” .
Do'stlaringiz bilan baham: |