O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Download 1.08 Mb.
bet45/87
Sana29.07.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1663610
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   87
Bog'liq
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M

Mantiqiy fikrni rivojlantirish maqsadida xayoliy sayohatlar uchun globus va geografik xarita (garchand ular bilan mukammal tanishish keyingi sinflarda ko`zda tutilgan bo`lsa ham) lardan foydalanish mumkin. Ushbu jarayon bolalaming dunyoqarashlari va tasavvurlarining rivojlanishiga olib keladi.
Predmetning ikkinchi sinfga mo`ljallangan maqsadi - atrof olam predmetlari haqidagi tushunchalarni kengaytirish va chuqurlashtirish, olamning umumiy ko`rinishi haqidagi tasavvurni shakllantirish, insonparvar, ijodiy, ijtimoiy faol ekologik fikrlay oladigan, jamiyat va tabiatga mas'uliyat bilan qaraydigan shaxsni tarbiyalash.
“Tabiatshunoslik” fani 3-4-sinflarda o`rganiladi. Tabiatshunoslik tabiiy-ilmiy o`quv fanlari sirasiga kiradi. Mazkur fan tabiat, tabiiy boyliklardan foydalanish va ularni asrash, odam-larning mehnati haqidagi sodda bilimlar, shuningdek, o`quv-chilarning amaliy, o`quv faoliyati asosida ularda tabiatni chuqur anglash, o`z yurtiga muhabbat uyg‘otishni shakllantirish jarayonini davom ettirishga qaratilgan.
Tabiatshunoslik 1-2- sinflarda o`qitiladigan “Atrofimizdagi olam” kursining davomi hisoblanadi. Tabiatshunoslikda o`quvchi-larga tabiat va jamiyat o`rtasidagi bog‘liqlik va ziddiyatlar o`igatiladi.
Tabiatshunoslikni o`qitish bolalarda butun Yer yuzi tabiatini asrab-avaylash hissini shakllantiradi. O`quvchilar tabiatni asrash bo`yicha olib borilayotgan amaliy ishlar yuzasidan alohida ko`nikmaga ega bo`ladilar.
Tabiatshunoslik kursini o`qitishning asosiy maqsadi quyidagilar hisoblanadi:
1. O`quvchilarga o`lkamizning tabiat hodisalari va undagi jismlar haqida boshlang‘ich bilimlar berish;
2. Sodda misollar bilan tabiat, shuningdek, inson va tabiat o`rtasidagi o`zaro aloqalarni ko`rsatish;
3. Tabiatdan foydalanish va uni asrash bo`yicha inson faoliyati bilan tanishtirish;
4. Tabiatni asrash uchun zarur bo`lgan amaliy ko`nikmalarni hosil qilish va shu asosda tabiatga nisbatan maqbul dunyoqarashni shakllantirish;
5. O`quvchilarni Vatan va mehnatga muhabbat, ekologik, etik, estetik ruhda tarbiyalash.
Bolalarni o`quv dasturi bo`limlariga muvofiq yangi bilimlar bilan qurollantirishgina emas, balki 1-va 2-sinflarda olgan tabiat haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish tabiatshunoslik kursining vazifasi hisoblanadi. Tabiat va jamiyat hayotini ko`p yoqlama bilish qator aloqalarni tushunish va atrof-muhitga shaxsiy munosabatni shakllantirishga imkon beradi. Ekologik ta'lim maqsadlaridan kelib chiqib, tabiatshunoslik insonni tabiatga ta'sir bilan tanishtirishni o`z oldiga muhim vazifa qilib qo`yadi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling