O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi
Boshlang‘ich sinflarda o‘qitish huquqqini berish bo‘yicha kasbiy qayta
Download 1.08 Mb.
|
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M
Boshlang‘ich sinflarda o‘qitish huquqqini berish bo‘yicha kasbiy qayta
tayyorlash kursining o‘quv rejasi
1-MAVZU: Fanning nazariy mashg`ulotlar mazmuni.Tabiatshunoslik o`qitish metodikasi ta’limotining shakllanishi va rivojlanishi Tabiatshunoslikni o`qitish metodikasi tabiatshunoslikni o`qitishda bolalarni har tomonlama tarbiyalashning mazmuni va metodlarini ochib beruvchi pedagogik fandir. U pedagogikada ishlangan tadqiqotlarga asoslanadi va o`z predmetini o`qitish mazmuni hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda uning metodlaridan foydalanadi. O`quvchilarga tabiatni o`rgatib borish bilan o`qituvchi ularni ta'limni davom ettirish va amaliy faoliyat uchun zarur bo`lgan bilimni o`quv va ko`nikmalar bilan qurollantiribgina qolmay, dunyoqarashi, irodasi, xarakterini ham shakllantiradi, aqliy qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shunga ko`ra tabiatshunoslikni o`qitishning shakl va metodlarini ishlab chiqadi. O`qitish jarayoni o`zaro bog‘liq bo`gan qismlarni: predmet mazmunini, o`qituvchi va o`quvchilar faoliyatini, fanni o`qitishni va ko`nikmalarni egallab olishni o`z ichiga oladi. Tabiatshunoslikni o`qitish metodikasining vazifalari qatoriga o`quv fani sifatida tabiatshunoslik mazmunini aniqlash, o`qitishning metod va uslublarini tadqiq etish, zarur o`quv jihozlarini tayyorlash kiradi. Tabiatshunoslikni o`qitish metodikasi faqat o`qitish jarayonini ta'riflash va tushuntirish bilan cheklanib qolmay, balki qoidalarni ham ishlab chiqadi, o`qituvchi ularga asoslanib, shu fan bo`yicha bolalarni muvaffaqiyatli ravishda o`qitishi mumkin. Tabiatshunoslikni o`qitish metodikasi o`qituvchining tayyorlanishidan tortib, to o`quv materialini o`zlashtirish natijalarini, jumladan, sinfdagi, uydagi, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni hisobga olishgacha barcha o`qitish jarayonlarini o`z ichiga oladi. O`qitish amaliyotini har tomonlama o`rgatish va natijalarni keyin ijodiy umumlashtirish asosida o`qitishning muayyan qonuniyatlari belgilanadi hamda uni yanada yaxshilash bo`yicha tadbirlar ishlab chiqiladi. Chunonchi, o`rganilayotgan narsalarni (o`simlik va hayvonlarni) bevosita qabul qilish (bu to`g‘ri tasavvur hosil bo`lishini ta'minlaydi) qonuniyati asosida predmetli o`qitishni qo`llash bo`yicha aniq tadbirlar ishlab chiqiladi. Shunday qilib, tabiatshunoslikni o`qitish metodikasi fanining maqsadi boshlang‘ich sinf o`qituvchilarini bugungi kun talablari asosida yangi pedagogik texnologiyalarni qo`llab, yosh avlodga tabiatshunoslik fanini o`rgatishga tayyorlashdir. Fanning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Talabalarga tabiatshunoslik haqida eng zarur ilmiy-nazariy bilimlarni berish. 2. Boshlang‘ich sinflarda tabiatshunoslikni o`qitish metodikasi fanini ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarini yoritib berish. 3. Talabalarga tabiatshunoslik fani bazasida zamonaviy pedagogik texnologiya haqida bilim berish. 4. Talabalarni o`quv metodik adabiyotlar, dastur va darsliklarni tahlil qilishga o`rgatish. 5. Talabalarni tabiatshunoslikni o`qitishning turli uslublari va yo`llari bilan tanishtirish. 6. Talabalarda mazkur fandan o`qitishning turli tashkiliy shakllarini, uslublarini, zarur ko`rgazmali qurollarni to`g‘ri tanlash malakalarini hosil qilish. 7. Tabiatshunoslik muammolariga bag‘ishlangan maqolalar, adabiyotlarga taqriz, annotatsiya yozishga o`rgatish. 8. Kuzatilgan dars va darslardan tashqari tadbirlarni mustaqil metodik jihatdan to`g‘ri tahlil qilishga o`rgatish. 9. Fanlararo aloqalar va ta'lim-tarbiya integratsiyasi asosida turli dars tiplari uchun ishlanmalar, reja-konspektlar tuzishga tayyorlash. 10. Maktabda tabiatshunoslik darslarini o`tishda ekologik va tabiatni muhofaza qilish jihatlarini ko`ra bilishga o`rgatish. 11. Talabalarni Sharq mutafakkirlarining inson va uni o`rab turgan tabiat bilan aloqalariga bag‘ishlangan asarlari, ularning dunyoqarashlari bilan tanishtirish, shuningdek, tabiatga oid aforizm, ruboiy va she'rlardan tabiatshunoslik darslarida foydalanishga o`rgatish. Bundan tashqari, tabiatshunoslik o`qitish metodikasining -umumpedagogik va o`ziga xos metodlari, darsni to`g‘ri tashkil etish tarixi va istiqbolli rejalar tuzish, darsdan tashqari tadbirlarni tashkil etish usullarini o`rganish kabi masalalar ham ushbu fanning asosiy masalalaridan hisoblanadi. Tabiatshunoslikni o`qitish metodikasi fanining ikkinchi tomoni bu metodikani yaxshi bilish jarayoni hisoblanadi. Metodika o`qituvchi tomonidan o`quv materialni o`qitishning muvofiq (ratsional) ravishdagi metod va vositalari o`quvchilarning tabiat haqidagi eng sodda bilimlarni egallashi hamda kelajakda hayotda qo`llay olishi o`quvchilar uchun retseptlar va nasihatlar majmuasi bo`libgina qolmasdan, u fan, uning tamoyillari, tabiatshunoslik o`qitish jarayonining qonuniyatlarini bilishga ham asoslangan. Metodika o`quv fanining mazmuni, ta'lim va tarbiya metodlari hamda shakllarini ko`rib chiqadi. Metodikaning bu bo`limlari bir butun bo`lganligi uchun bir-birini to`ldiradi. O`quv ishlarining jihozlari hamda vositalari (qo`llanmalar) metodika asosida belgilanadi. Metodika nima uchun tabiatni o`rganish, nimani va qanday o`qitish, nima asosida va qanday tarbiya berish kerak, degan savollarga javob beradi. Tabiatshunoslik fanini o`qitilishining to`g‘ri yo`lga qo`yilishi uchun maxsus o`quv moddiy bazaga, ya'ni o`quv qurollari bilan jihozlangan xona, tirik tabiat burchagi va o`quv-tajriba maydonchasiga ega bo`lishi kerak. Materialni o`ziga xos bo`lishi faqat tabiatshunoslikni o`qitish metodikasining o`ziga xosligini emas, balki uning tarbiyaviy imkoniyatlarini ham belgilaydi. Tabiatshunoslikni o`qitish metodikasi maktabda hamma tabiat haqidagi fanlarni o`qitishga oid masalalarni: o`qitishning g‘oyaviy yo`nalganligini, o`qitishning mazmuni bilan metodlarning birligini, o`quv ishlarining shakllari o`rtasidagi izchillikni va barcha tarbiyalovchi ta'lim elementlarining yahlitligini hamda rivojlanishini ko`rib chiqadi. O`qitish tizimi o`quvchilar bilimining puxta bo`lishi va ongiga yetib borishini ta'minlaydi. Tabiatshunoslikni o`qitish metodikasi barcha predmetlar uchun umumiy tamoyillarga ega bo`lgan didaktik va tarbiya jihatidan pedagogika bilan chambarchas bog‘langan. Maktabda ta'lim-taibiya jarayoni amalga oshiriladi va o`rganiladigan materialning mazmuni, uni bayon qilish mantiqi, o`qitish metodlari barcha shakllardagi butun ta'lim jarayonini, o`qituvchi shaxsining o`zi, uning fanga fidoyiligini ham tarbiyalaydi. Tabiatshunoslikni o`qitish metodikasi pedagogikada qo`llaniladigan tadqiqot metodlaridan foydalanadi. Tadqiqotchi - metodist maktabda tabiatshunoslikni o`qitish jarayonini kuzatadi, kuzatilgan faktlarni tahlil qiladi va taqqoslaydi, hodisalar o`rtasidagi qonuniy bog‘lanishlarni aniqlaydi, xulosa va umumlashtirishning to`g‘riligini amalda tekshiradi va buning natijasida tabiatshunoslikni o`qitish tamoyillarini belgilaydi. Kuzatish va tajriba tabiatshunoslikni o`qitish metodikasi sohasidagi eng muhim metodlardir. Hozirgi kunda metodikaning fan sifatida qaror topishida integratsiya (birlashish), sintez - barcha ilmiy materiallarning muammolar bo`yicha to`planishi hamda tahlil qilinishi, umumlashtirilishi, tizimga solinishi va yagona ilmiy nazariyaga keltirilishi alohida o`rin egallaydi. Metodika o`qituvchi ijodi uchun ta'lim va tarbiyaning boy xazinasidagi xilma-xil metodlar, usullar va vositalarni bilib olishga keng imkoniyatlar ochib beradi. Tabiatshunoslikni o`qitish metodikasi, shuningdek, fiziologiya, anatomiya, gigiyena, botanika, zoologiya, geografiya, agrotexnika, meteorologiya, mantiq va psixologiya bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu fanlar bilan bo`ladigan aloqa o`qituvchining o`sha fanlar asoslarini egallagan bo`lishida, ularning eng muhimlarini ajratib, materiallarni o`quvchilarning yosh xususiyatiga mos holda tushuntira olish uquvlarida namoyon bo`ladi. Shaxsning kamol topishi va rivojlanishi uning ayrim ishlar, munosabat va xarakterni o`z ichiga olgan faoliyat jarayonida boradi. Bunda u yoki bu faoliyat turining - o`qish, mehnat, o`yin, muloqotlarning dalillari (motivlari) alohida ahamiyatga ega. Muloqot dalillari har qanday darsning tarkibiy qismi bo`lishi kerak. Uni o`qituvchi hisobga olmasa, tabiat to`g‘risidagi bilimlar imkoniyatini pasaytirb yuboradi. Shunday qilib, tabiat bilan to`g‘ri tashkil qilingan muloqot kichik yoshdagi maktab o`quvchilarida go`zallikni his etishni shakllantiradi, ularda o`z harakati va ishini o`zi baholay olish qobiliyatini rivojlantiradi, bu xislatlar xulq-atvorning odobiy hamda axloqiy me'yorlarini anglash, atrofdagilarga nisbatan mas'uliyat hamda burchni tarbiyalash uchun zarurdir. Tabiat bilan muloqot jarayonida o`rtoqlariga, kattalarga hurmat va mehr vujudga keladi. Shuningdek, tabiatshunoslikni o`qitish jarayoni faqat o`qituvchinigina emas, balki o`quvchilar faoliyatini ham o`z ichiga oladi. O`qitishning natijasi dasturda mo`ljallangan materialning puxta o`zlashtirilganligi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham o`qitish metodlari va o`quvchilarga o`quv jarayonini tashkil etish shakllarini o`rganish, ularning materialni o`zlashtirib olish jarayonini o`rganishlari bilan birga boradi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling