O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


-mavzu. Tabiatshunoslik o`qitish tamoyillari va qonuniyati


Download 1.08 Mb.
bet8/87
Sana29.07.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1663610
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   87
Bog'liq
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M

3-mavzu. Tabiatshunoslik o`qitish tamoyillari va qonuniyati.
Reja:
1. O`qitishda muntazamlilik va izchillilik tamoyili.
2. O`quv materialining ilmiy va tushunarli bo`lish tamoyili.
3. Nazariyani amaliyot bilan bog‘lash.
4. Tabiatshunoslikni o`qitishda o`quvchilarning ongliligi va ijodiy faolligi tamoyili.
5. O`qitishnin ko`rgazmalilik tamoyili. Bilimlarni puxta o`zlashtirish tamoyili
6. O`qitishning individuallashtirish tamoyili.
7. Tabiatshunoslikni o`qitishning o`lkashunoslik tamoyili.


Hozirgi zamon pedagogikasida o`qituvchining faoliyati hamda o`quvchilar bilish faoliyatining xarakteri aniq didaktik tamoyillar bilan belgilanadi. Tabiatshunoslikni o`qitish fani quyidagi didaktik tamoyillarga amal qiladi.
O`qitishda muntazamlilik va izchillilik tamoyili. Maktab tabiatshunoslik kursi tabiatshunoslik fanining turli sohalarining qisqartirilgan bayoni emas, balki uning metodik tanlangan, muntazamlashtirilgan unsurlaridir. Materialning bunday berilishi shu bilan izohlanadiki, bunda kichik yoshdagi maktab o`quvchilari tabiat to`g‘risidagi fan asoslarini faqat atrof olamning jism va hodisalarini aks ettiruvchi hamda ular o`rtasidagi bog‘lanishlarni ochib beruvchi dastlab oddiy tabiiy ob’yektlar, keyin esa murakkabrog‘i bilan izchil tanishtirib borish jarayonida egallab olishlari mumkin. Bu bilan tabiatshunoslikni o`qitishda muntazamlilik tamoyili amalga oshiriladi.
O`qitishning muntazamliligi, ya'ni sistemaliligi bilimni bayon qilishda muayyan tizimga amal qilishdan tashqari amaliyot bilan bog‘lanishning xilma-xil shakllarini amalga oshirilishini nazarda tutadi. Jumladan: 1) nazariy tabiatshunoslik bilimlarini kuzatish va bilib olishga qaratilgan qiziqarli o`yinlar (bu boshlang‘ich sinflardagi o`qitish uchun xarakterlidir)ni; 2) atrofdagi hayot va qurilish amaliyoti (tabiatga va ishlab chiqarish korxonalariga sayohatlar)ni; 3) mehnat ta'limi va ijtimoiy foydali mehnatni; 4) maktaboldi maydonidagi ish va unumli mehnat bilan bog‘lanishni nazarda tutadi.
6 -11- sinflarda biologiya fani o`rganilishidan oldin 4- sinfda tabiatshunoslik fani o`tiladi, u 1 - 4- sinflarda atrof olamning jism va hodisalari bilan tanishtirishga tayanadi. 5 - 6- sinflardagi botanika va 7 - 8- sinflardagi zoologiya dasturlari jonsiz tabiat to`g‘risidagi boshlang‘ich bilimlar asosida tuziladi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling