O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi
Download 1.08 Mb.
|
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tasavvur
- Umumiy tushunchalarni shakllantirishda o`qituvchi
- Mazmuni bo
Tabiatshunoslik tushunchalari umumiy muhim belgilari bilan birlashtirilgan obyektlar, hodisalar, jismlarning butun guruhi to`g‘risidagi umumlashgan bilimlardir.
Chunonchi, “O`simliklar” tushunchasiga barcha o`simliklar uchun umumiy bo`lgan muhit belgilari bilan bir guruhga birlashtirilgan har xil narsalar kiradi. Ularning hammasi o`sadi, rivojlanadi, nafas oladi, ko`payadi, ya'ni tirik organizm hisoblanadi. Tushunchalarni tasavvurlardan farq qila bilish kerak. Tasavvur sezgi organlar faoliyatining, xotiraning yoki tasavvur qilishning mahsulidir. Tushuncha tafakkur mahsuloti hisoblanadi. Tushunchalar qabul qilinadigan va tasavvur etiladigan narsalar ustida fikr yuritish natijasida vujudga keladi. Masalan, qushni tasavvur qilish uchun unga qarash kifoya. O`sha qush to`g‘risida tushuncha hosil qilish uchun esa aniq bilimlar va ularni tizimlashtirish bo`yicha fikrlash kerak bo`ladi. Qabul qilish va tasavvurlar ayrim narsalarning qiyofasidir. Tushunchalar esa o`zida butun narsalar sinfiga taalluqli umumlashgan mazmunni aks ettiradi. Masalan, “barg” tushunchasi daraxt, buta, o`t o`simliklarda o`sadigan hamma barglarga taalluqlidir. Tasavvurlar tushunchalarning sezgili asosi hisoblanadi, biroq tasavvurlar bilan tushunchalar o`rtasida keskin chegara yo`q. Tasavvurlar narsalarning muhim xususiyatlarini tobora ko`proq aks ettirib borishi bilan umumlashadi hamda tushunchalarga aylanadi. Ayni vaqtda tushuncha o`z-o`zidan vujudga kelmaydi. U yoki bu narsa yoxud tabiat obyektlari to`g‘risida tasavvurlarning bo`lishi ular to`g‘risidagi tushunchadan dalolat bermaydi. Tushuncha ko`pgina ayrim hodisalarning muhim belgilarini umumlashishi sifatida hosil bo`ladi. 1-2- sinflarda o`quvchilar “Atrofimizdagi olam” fanidan umumiy tabiatshunoslik tushunchalarini oladilar. Kelgusi sinflarda ular tajribalar o`tkazish, kuzatishlar, ekskursiyalar, amaliy ishlar vaqtida tabiat to`g‘risida aniq tushunchalarga ega bo`ladilar. Umumiy tushunchalarni shakllantirishda o`qituvchi: 1) obyektlarni maqsadga yo`nalgan holda qabul qilib olinishini tashkil etishi; 2) tabiat jismlari va hodisalari to`g‘risidagi har bir yangi tu-shunchani tahlil qilishi va barcha narsalarda, ilgari o`zlash-tirilganlarda takrorlanadigan muhim belgilarni ajratishi; 3) ikkinchi darajali, uncha muhim bo`lmagan barcha belgilarni mavhumlashtirish, buning uchun uncha muhim bo`lmagan turlanadigan belgili, lekin muhim belgilarini saqlagan (masalan, lola va binafsha, boychechak va lola) narsalardan foydalanishi lozim. Tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirishda har xil fikrlash operatsiyalaridan, ya'ni tahlil, sintez, taqqoslash, mavhum-lashtirish, konkretlashtirish, umumiylashtirish kabilardan foyda-lanishga alohida ahamiyat berish kerak. Tabiatshunoslik kursida tushunchalar umumiylashtirish va mavhumlashtirishning darajasi bo`yicha har xildir. Ularning asosiy ta'riflari: 1) mazmuni; 2) hajmi; 3) shu tushunchaning boshqa tushunchalar bilan bog‘lanishi va munosabatidir. Mazmun tushunchalarning eng muhim belgilari bilan xarakterlanadi. Tabiatning eng muhim belgilarini ajratish uchun “belgi” va “eng muhim belgi”ni farqlash kerak. N.I.Kondakov: “Belgi-bu barcha narsa yoki hodisalarning ko`rsatkichi, tomonidir, ularga qarab narsa va hodisalarni tanlab olish, aniqlash yoki ta'riflash mumkin”, - deb belgilaydi, “eng muhim belgi - bu shunday belgiki, unda narsaning tub tabiati ifodalanadi, shu bilan boshqa tur va guruhdagi narsalardan farqlanadi. Agar bu belgi mustasno qilinsa, bunda tushuncha parchalanadi, mavjud bo`lmay qoladi”. Mazmuni bolyicha tushunchalar oddiy va murakkabga bo`tinadi. Masalan, “Quruqlik yuzasining shakllari” murakkab tushuncha. Uning eng muhim belgisi: tekis yuza (tekislik)ning ko`tarilgan (tepalik, tog‘lar), pasayganligi (tog‘ oralig‘i jarlik)dir. Shu paytning o`zida tepalikka oddiy tushuncha sifatida ham qarashimiz mumkin; uning eng muhim belgisi tagi, cho`qqili va yon bag‘irligidir. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling