O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Tushunchalar hajmiga qarab, alohida va umumiy bo`ladilar


Download 1.08 Mb.
bet15/87
Sana29.07.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1663610
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   87
Bog'liq
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M

Tushunchalar hajmiga qarab, alohida va umumiy bo`ladilar. (Masalan, tabiatshunoslik kursida “O`z o`lkamizning tabiati”,
“Tabiatda mavsumiy o`zgarishlar” tushunchalarini umumiy deb atash mumkin, ular hissiy qabul qilishlar bilan bog‘liqdir va alohida tushunchalar, umumiy tasavvurlardan iborat. Alohida va umumiy tushunchalar ham geografik, ham biologik kelib chiqishiga ega bo`lishi mumkin.
Geografik tushunchalar alohida (Toshkent) va umumiy (tog‘lar, foydali qazilmalar) tushunchalarga, biologik tushunchalar tur (chittak, lola, archa, avlod, hayvonlar, bargli o`simliklar) tushun-chalariga bo`linadi.
Har xil tushunchalarni shakllantirishda tasavvurlar bilan tushunchalar o`rtasiga chegara qo`yish mumkin. Tasavvurlar tobora umumlashib borib, tushuncha belgilariga ega bo`ladi. Tushuncha muayyan holga kelib, tasavvuiga o`tadi.
Tabiatshunoslik kursida tabiat va odamlar faoliyatini o`iganishda dastur qator tasavvur hamda tushunchalarning o`zlashtirilishini nazarda tutadi. Birinchi tabiatshunoslik darsida o`quvchilar “tabiat”, “jonsiz tabiat”, “jonli tabiat” kabi tushunchalar bilan tanishadilar va maktabgacha bo`lgan yoshda ham 1-4- sinflarda shakllangan tabiatning real qismlari va hodisalari to`g‘risidagi tasavvurlar sistemaga olinadi.
Tushunchalarni shakllantirishda shuni nazarda tutish kerakki, tushuncha ayrim elementlardan tarkib topadi. Chunonchi, “tepalik” tushunchasi quyidagi elementlardan: cho`qqisi, tagi, tik yonbag‘irlik, yotiq yonbag‘irlik kabilardan tarkib topadi. “Daryo” tushunchasi quyidagi unsurlarni: quyilish joyi, boshi (boshlanishi), o`zani, o`ng va chap qiig‘og‘i kabilarni o`z ichiga oladi.
Tabiat ob’yektlari va hodisalari to`g‘risida to`g‘ri tushuncha hosil qilish uchun avval ularni kuzatish, keyin ularning tasvirini (surat, jadval, xarita, sxema) qarab chiqish, o`qituvchining hikoyasi yoki suhbatini eshitish va olingan tushunchani darslik bo`yicha mustahkamlash kerak. O`qituvchining maqsadga yo`nalgan ishi tushunchalarning muvaffaqiyatli shakllanishiga yordam beradi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling