Ozbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi tassarufidagi barcha umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilari uchun


Download 1.06 Mb.
Sana04.04.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1324028
Bog'liq
o\'nli kasr


O'nli kasrlarni o'nli kasrlarga bo'lish

O’nli karslarni o’nli kasrlarga bo’lishni o’rganish



«O'nli kasrlarni o'nli kasrlarga bo'lish»

Ozbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi tassarufidagi barcha umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilari uchun
5-sinf matematika fanidan video darslik
Ushbu video darsligimiz barcha 5-sinf o’quvchilar uchun mo’ljallangan. Darsligimiz slayd orqali yaratilgan.

Mavzu: O’nli kasrlarni o’nli kasrlarga bo’lish.

  • Dars jarayonida erishishimiz kerak bo’lgan maqsadlar:

  • 1) O’nli kasr haqida tushunchaga ega bo’lishimiz;

  • 2) O’nli karslarni o’nli kasrlarga bo’lishni o’rganish;

  • 3) Ushbu mavzuni misollar yechish bilan mustahkamlash.


1-Savol

  • O’nli kasr deb nimaga aytiladi?

  • Ushbu savolga javob hammangizda tayyor bo’lishi aniq. Sababi o’tgan mavzularda bu tushuncha haqida suhbatlashganmiz.

  • Topgan javoblaringiz to’g’riligini tekshirib olamiz.

  • O’nli kasr deb kasrning mahraji 10,100,1000 va hokazo iborat bo’lgan sonlardan tuzilgan kasr o’nli kasrdir.

bilamiz.
o


  • Hurmatli o’quvchi demak, o’nli kasr haqida tushunchaga ega ekanmiz. Bugungi yangi mavzuimizni ham boshlasak bo’ladi.

  • Yangi mavzu bugun o’nli kaslarni o’nli kasrlarga bo’lish. Ushbu mavzuni boshlashdan oldin bir masalani ko’raylik.

  • 1-masala. To’g’ri to’rtburchakning yuzi 2.34 dm(kv) ga teng. Agar uning eni 1,8 dm ga teng bo’lsa, uning bo’yini toring.

  • Biz bilamizki to’g’ri tortburchakning yuzi uning bo’yi va enini ko’paytmasiga teng.

  • S=ab

a
b


  • Ushbu masalamizda S=2,34 dm(kv), a=1,3 dm, b=?

  • Yechish:

  • 2,34=1,3•b tenglamani yechsak,

  • b=2,34꞉1,3

  • b=1,8 dm

  • ekanligi kelib chiqadi.

  • E’tibor bergan bo’lsangiz tenglamani yechish jarayonida o’nli kasrni o’nli kasrga bo’lishga duch keldik.

  • Demak o’nli kasrni o’nli kasrga bo’lish uchun:

  • - bo’luvchida verguldan keyin nechta raqam bo’lsa, bo’linuvchida ham bo’luvchida ham vergul o’shancha o’ngga suriladi;

  • -so’ng bo’lish o’nli kasrni natural songa bo’lgan kabi amalga oshiriladi.



  • 2-misol. 19,376 ni 3,46 ga bo’laylik.

  • Bo’luvchi 3,46 da verguldan keyin 2 ta raqam bor. Shuning ham uchun bo’linuvchi 19,376 da ham, bo’luvchi 3,46 da ham vergulni o’ngga 2 xonaga suramiz. Natijada 1937,6 va 346 sonlari hosil bo’ladi. Mana biz o’nli kasrni natural songa bo’lish holiga keldik. Bu mavzuni oldingi darsda ko’rib chiqqan edik.

  • Bo’lishni bajarib,

  • 1937,6:346=5,6 ekanligini topamiz.

  • Demak, 19,376 ning 3,46 ga bo’linmasi 5,6 ga teng bo’ladi:

  • 19,376:3,46=5,6

  • Javob: 5,6



  • 3-misol. 5,248 ni 0,01 ga bo’ling.

  • Bo’linuvchi 5,248 da ham, bo’luvchi 0,01 da ham vergulni 2 xona o’ngga surib, ushbu natijani 524,8:1=524,8 ni hosil qilamiz. Demak, 5,248:0,01=524,8 ekan.

  • Javob: 524,8

  • Bundan quyidagi qoidaga kelamiz.

  • O’nli kasr hamda 0,1;0,01;0,001 va hokazo (bir nechta nollar va 1 dan iborat) sonlarning bo’linmasini topish uchun o’nli kasrdagi vergulni bu sonlarda birdan oldin nechta nol turgan bo’lsa, o’shancha xona o’ngga surish kifoya.

  • Agar nollar yetishmasa, oldin o’nli kasr oxiriga keragicha nollarni yozish kerak.

  • Masalan, 39,12:0,0001=39,12 00 :0,0001=391200



  • Bundan shunday xulosaga kelamiz:

  • O’nli kasrlarni 0,1;0,01;0,001 va hokazo sonlarga bo’lish – uni mos ravishda 10,100,1000 va hokazo sonlarga ko’paytirish demakdir.

  • Shuningdek, o’nli kasrni 10,100,1000 va hokazo sonlarga bo’lish – uni mos ravishda 0,1;0,01;0,001 va hokazo sonlarga ko’paytirish demakdir.

Endi o’quvchilar mavzuni mustahkamlash uchun misollar ham birgalikda ishlab ko’raylik.
Misol. 3,08:0,05 bo’lishni bajaring.
Yuqorida qayd etilgan qoidalarga murojat qilamiz.
Bo’linuvchi 3,08 da ham, bo’luvchi 0,05 da ham verguldan keyin 2 xona son bor, shuning uchun bo’linuvchi va bo’luvchini ham vergulini 2 xona o’ngga suramiz.


  • Natijada ushbu 308:5 ikki natural sonni bo’lishga kelamiz.

  • 308:5=61,6 natijani hosil qilamiz

  • Javob: 61,6

  • Misol. 12,2:0,001 bo’lishni bajaring.

  • 12,2:0,001=12,2 00 :0,001= 12200

  • Javob:12200

  • Endi darsimizni mustahkamlash uchun uyda mustaqil ishlash uchun kitobingizdagi 997-999 misollar vazifa qilib beriladi.

  • E’tiboringiz uchun rahmat!



  • Darslikni Namangan viloyati Uchqo’rg’on tuman XTB xodimlari ko’magi yordamida Uchqo’rg’on tuman XTB ga qarashli 26-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining matematika fani o’qituvchilari tayyorladilar.

  • Darsligimizda 5-sinf matematika darsligidan foydalanildi

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling