Darsning borishi:
- o‘quvchilarni darsga hozirlash;
- o‘quvchilar davomatini aniqlash;
- yangi mavzu bilan tanishtirish.
“Tezkor savollar” metodi. Ushbu metodda o‘qituvchining savollariga o‘quvchilar tezkor ravishda bir so‘z yoki bir jumla bilan javob berishlari kerak.
SAVOLLAR:
O‘zbek tilining asoschisi kim? (Alisher Navoiy)
Alisher Navoiy qayerda tavallud topgan? (Hirotda)
Alisher Navoiyning tug‘ilgan sanalari? (1441 yil 9 fevral)
Ularning eng mashhur asarlari bu … (Hamsa)
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash:
(Donolar bisotidan. Shart maylidagi fe’lning kerak, bo‘ladi so‘zlari bilan qo‘llanishi)
O‘tilgan mavzu 2 haqiqat, 1 yolg‘on usuli orqali mustahkamlanadi.
Kartochkalarga 2 ta to‘g‘ri va 1 ta noto‘g‘ri javob yoziladi. O‘quvchilar to‘g‘ri javobni ko‘rsata olishlari kerak.
KARTOCHKA
Doimo odob-axloq qoidalariga rioya qilsh kerak.
Kitobda matn berilmagan.
Ko‘rik –tanlovda barcha qatnashsa bo‘ladi.
Izoh: kartochka guruhlarga beriladi. Sinfning bilim darajasiga qarab, kartochkalardagi gaplar turlicha bo‘lishi mumkin. Lekin asosiy qoida kartochkada o‘tgan mavzuga taalluqli 2 ta haqiqat, 1 ta gap esa umuman mavzuga aloqasi bo‘lmasligi kerak.
O‘quvchilarning javoblari umumlashtiriladi va ishlar baholanadi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Buyuk shoir, davlat arbobi Alisher Navoiy bobomiz haqida slayd taqdimoti o‘tkaziladi.
Keyingi bosqichda garammatik mavzu o‘quvchilarga tushuntiriladi.
Bilib oling!
Narsa-buyumning belgisini bildirgan fe’l shakli sifatdosh deb ataladi. Sifatdoshlar
-gan qo‘shimchasi bilan hosil qilinadi va sifat kabi otga bog‘lanib, uning belgisini bildirib keladi. Masalan: Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar.
Sifatdoshlar uzoq o‘tgan zamon fe’li bilan shakldosh bo‘lib, ular nutqda quyidagicha qo‘llanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |