O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


O’z tanlovingizni tushuntiring


Download 393.5 Kb.
bet5/43
Sana02.02.2023
Hajmi393.5 Kb.
#1147437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
chekma

O’z tanlovingizni tushuntiring:

  • Yutuqlar bilan o’rtoqlashish;

  • Ko’maklashish (o’zaro yordam);

  • Og’ir vaqtda o’z hohishi bilan yordamga kelish;

  • Qarzni uzish;

  • O’z sherigiga ishonish;

  • Atrofdagilarga ishonish;

  • Boshqalarni himoya qilish;

  • Ko’pchilik o’rtasida boshqalarni tanqid qilmaslik;

  • Sir saqlay olish;

  • Medaga tegmaslik;

  • Haddan ziyod o'rgatavermaslik.

SHAXS SIFATLARI.
FAOLLIK VA O’Z-O’ZIGA BAHO BERISHNING TAVSIFI.

Mashg’ulotlar davomida Siz faollik, javobgarlik, mustaqillik kabi inson sifatlarining o’zaro bog’liq ekanini bilib oldingiz va o’zingizdagi mustaqillik qay darajada ekanini bilishga intildingiz. Tahlil qilib ko’raylik. Lekin navqiron do'stim, bu qilinayotgan ishlarning barchasi Siz uchun. Shuning uchun imkon qadar o'zingga nisbatan rostgo’y bo’lmog’ing darkor.




Eslab qolish uchun tushunchalar.
Ahloq
Ijobiy va salbiy sifatlar
Mustaqillik
Faollik


Xulosa qiling!

Asalari va arilar


Ishchi asalari, uyasi atrofida uchib yurgan arilarga qarab dedi:
- Uyalsanglar bo'lardi! Qayerga qarama, hamma ertagi kunga ozuqa g’amlash uchun mehnat qilayapti. Mana, chumoliga qarang!
- Topgan namunangni qara. Sen maqtagan chumoling urug’lik donni nobud qiladi. Bu nokast har xil mayda-chuydani ham uyiga tashiydi.
Yalqovga ozuqa berma, gap ber. Birovni qoralashga usta. O’zining keraksizligini oqlash uchun doimo javob topib beradi.
Qissadan hissani aytib bering. Rivoyatda xarakterning (axloqining) qanday belgilari ajratilgan?


Savollarga javob bering!


  1. Senda qanday ijobiy xislatlar yetishmaydi?

  2. Ota-onangdan nimalarni o’rganmoqchisan?

  3. Ota-onangdan qaysi biri oilada lider (yetakchi,boshlovchi) hisoblanadi?

  4. ______________________________________________________________________________________________________________

  5. ______________________________________________________________________________________________________________

  6. ______________________________________________________________________________________________________________

  7. ______________________________________________________________________________________________________________

Komil insonni voyaga yetkazish, uni tarbiyalash masalalariga bag’ishlangan «Ilmi axloq» asarida yaxshi xulqlar qatoriga: poklik, aql qadrin bilmoq, o’z dinini suymoq, vaqtni bekor o’tkazmaslik, Olloh taologa ibodat qilmoq, ota-onasiga itoat va qarindoshlarni izzatu hurmat qilmoq, to’g’ri so’zlamoq, muhtojlarga yordam bermoq, saxovat, yumshoqlik, ochiq yuzlik(ochiq ko’ngilli), shafqat, muruvvat sifatlari; yomon xulqlar qatoriga: jaholat, yalqovlik, qo’rqoqlik, taassub, yolg’onchilik, hiylagarlik, hasad, isrof qilmoq, munofiqlik, behuda so’zlamoq, sir aytmoqlik, chaqimchilik, zulm qilmoq, g’azablik bo’lmoq sifatlari kiritilgan.


Dono fikrlar olamida


O’zi poku, ko’zi pokni inson desa bo’lur.


Alisher Navoiy
Ochiq chehra, mexribonlik va samimiylik. Menga xali muhabbatini in'om etadi.
Men haqiqatga do’stman, jaholat va siquvga olishdan dahshatga tushar edim.
Bo’lar odam yoshida bosh bo’lar.
Bo’lmas odam qirqida ham yosh bo’lar.
Amir Temur
To’g’rini de, to’g’ri ko’r, to’g’ri yur,
To’g’ri eshit, to’g’ri gapir, to’g’ri tur.
Abdurahmon Jomiy



Download 393.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling