O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Bo’rini nima uchun xafa qilishdi


Download 393.5 Kb.
bet38/43
Sana02.02.2023
Hajmi393.5 Kb.
#1147437
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
chekma

Bo’rini nima uchun xafa qilishdi.
Hammamizga tanish bo’lgan «Qizil qalpoicha» haqidagi ertakni davom ettir.
Maqsad: Bir xil holat, turli nuqtai nazardan qaraganda, har xil ko’rinishga ega bo’lishini ko’rsat. Sen jabrlanuvchi bo’ri nuqtai nazaridan holatni o’ylab ko’r.
Men o’rmonda yashayman. O’rmon mening uyim va u haqida men doimo qayg’urar edim. Yozning bir kunida, men sayyohatchilardan qolgan axlatni yig’ishtirayotgan edim va to’satdan oyoq tovushini eshitib qoldim. Daraxt orqasidan qaraganimda, men o’rmondagi yo’lakcha orqali pastga tushib borayotgan qo’lidagi savatchasi bor kichkina qizni ko’rib qoldim. Qizga, sen kimsan va qayerdan kelayapsan kabi oddiy savollarni berdim. Lekin u, men tanish bo’lmaganlar bilan gaplashmayman, deya keskin ravishda javob qaytardi. Men juda xafa bo’ldim. Nima? Men bu yerda «Begona» bo’ldimmi? Meni bu o’rmonda har bir jonzot taniydiku…
____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Bolalarning hamma falokatlarida kattalar aybdor deya e'tirof etilishini aniqlashtirish zarur?
Ayrim xollarda oddiy talabchanlikni – zo’ravonlik, tartibni – zo’rlash, baland ovozda gapirishni – qo’pollik deyishadi.
Bolalar o’zlarining huquqlaridan foydalanishni biladilarmi?
Oddiy dangasa bolaning xayolida huquq nimalarga aylanishini tasavvur qilish mumkin.
Masalan:
«Nonga borib kel» «Bu bolani zo’rlab ishlatish»
«Qo’lingni yuv» «Bu shaxs ustidan zo’ravonlik»
«Televizorni o’chir va dars tayyorla» «Bu qattiqqo’llikni namoyon qilish»
«Idish - tovoqni yuv» «Bu bola mehnatini ekspluatatsiya qilish»

Bu juda kulgili holat deyish mumkin, lekin aksariyat bolalar aynan shunday o’ylaydilar. Masalaning murakkabligi shundaki, bolalar huquqlarga ega bo’lib, ulardan doimo ham to’g’ri foydalana olmaydilar. Ularga balog’atlik yetishmaydi.





Download 393.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling