O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Download 393.5 Kb.
bet1/43
Sana02.02.2023
Hajmi393.5 Kb.
#1147437
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
chekma


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI
«Bioekosan» RESPUBLIKA YOSHLARINING O`QUV-USLUBIY MAJMUASI
CHEKMASDAN YOSHLIK GASHTINI SUR

TARBIYAVIY DASTUR





MAKTAB
O`QUVCHISINING AMALIY DAFTARI


Toshkent - 2010


CHEKMASDAN YOSHLIK GASHTINI SUR
MEN O`Z YO’LIMNI TANLADIM!
MAKTAB
O`QUVCHISINING AMALIY DAFTARI
Ismim_____________________________________________
Familiyam_________________________________________
Sinfim____________________________________________
Maktabim__________________________________________
Tuman, shahar______________________________________
__________________________________________________
Respublika, viloyat___________________________________
__________________________________________________

Dastur bo`yicha mashg`ulot o`tkazgan o`qituvchim__________


__________________________________________________
__________________________________________________
Aziz do`stim!

Inson dunyoga kelishi bilan unda huquq layoqati paydo bo`ladi. Bu esa unga yashash va yashash davomida, yoshidan qat'iy nazar, turli faoliyat «to`lqin»ida suzib yurish imkonini beradi. hayotiy faoliyat o`z navbatida muayyan qarorlarni qabul qilish orqali yuzaga kelishini hech kim inkor etmasa kerak. Qarorlarni qabul qilish shaxsning oilasi, do`stlari, jamoa va yurtimiz oldidagi obro`-e'tiborini ko`tarish, yoyinki pasaytirib yuborishi mumkin. Mustaqil fikr yuritish va qaror chiqarish insonni shaxs sifatida, barkamollik ko`rsatgichini belgilovchi omildir.


Siz, aziz do`stim, varaqlay boshlagan ushbu amaliy daftar har biringizning to`g`ri qarorlar qabul qilib, atrofdagi kishilar orasida yoki o`zingiz uchun kim ekanligingizni baholash imkonini beradi.
Esingizdan chiqmasin – hayot bu tanlov demakdir. Daftar bilan ishlash orqali Sizning har bir voqiea va hodisaga o’z fikringiz va dunyoqarashingizni ifoda etish imkoniyati beriladi. Qo’yilgan savol va topshiriqlarga to’g’ri va ob'ektiv ravishda javob berish, uni kundalik hayot bilan solishtirib va hayotdagi to’g’ri yo’lni aniqlashga urining. Chunki inson kechagi kundan to’g’ri xulosa chiqarish orqali o’z istiqbolini belgilaydi. Sizning istiqbolingiz esa oila, jamiyat va davlat istiqboli demakdir. Doimo o’z xulosa va tanlovingizni aniqlab boring va uni kundalik ish faoliyatiga tatbiq qiling. Sening tengdoshing, Respublika Nafis san'ati litseyi o’quvchisi Shahnoza Oydinova yozgan she'rida hayot yo’lini shunday ifodalaydi

UMR


Umr – oqar suv ekan,
To’xtamaydi bir fursat.
Bu suvda yaxshilik ham,
Yomonlik ham bor albat.

Bunda bisyor go’zallik,


Soflik barq urar unda.
Quyosh nurining aksi,
Tinmay charx urar unda.



Xayollardagi orzu,
Bu suvga ko’prik erur.
Bu ko’prikdan o’tganning,
Qalbida to’lur g’urur.

Umr nafaqat suvdir,


Balki u tinmas karvon.
Bu karvon-la boradi,
Yaxshiyu yomon inson.



Hurmat bilan, mualliflar.

Download 393.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling